O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi farmakognoziya fanidan amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/107
Sana11.03.2023
Hajmi4,3 Mb.
#918174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
farmakognoziya fanidan o\'quv qo\'llanma

Mikroskopik tahlil. 
Mikroskopik tekshirish bilan dorivor maxsulotni chinligini aniqlash (identifikatsiya 
qilish) mumkin bo’lmagan xollarda (maxsulot mayda qilib qirqilgan yoki poroshok 
xolida bo’lsa), ular mikroskop yordamida tekshiriladi, yaʼni mikroskopik tekshiriladi. 
Mikroskopik tekshirish uchun, avvalo, mikroskopik preparat tayyorlanadi va unga 
yorituvchi suyuqlik tomiziladi, ustini qoplagich oynacha bilan yopib, so’ngra 
mikroskop ostida ko’riladi. Yorituvchi suyuqlik sifatida suv, glitserin, xloralgidrat 
eritmasi xamda KON va NaON ning 3% li yoki 5 % li eritmasini ishlatish mumkin. 
Mikroskopik preparatlarni ko’rish vaqtida ishqor eritmalarini kraxmal donachalari, 
yog’lar va boshqa birikmalar bilan reaktsiyaga kirishini unutmaslik lozim. Mikroskopik 
preparat tayyorlash vaqtida preparatga xavo kirib qoladi va u preparatni ko’rishga 
xalaqit beradi(xavo qora tugarak shaklida ko’rinadi). Shuning uchun preparat 
tayyorlanib bo’lgandan so’ng u extiyotlik bilan qizdiriladi (xavoni chiqarib yuborish 
uchun), keyin mikroskop ostida ko’riladi. Barg va gullardan preparat tayyorlash uchun 
ularni ishqor eritmasida 1—2 minut qaynatiladi, suvda bir necha bor yuviladi, so’ngra 
ishqor yoki xloralgidrat eritmasida ko’riladi. Baʼzan bargni ko’ndalangiga kesib (yoki 
barg va gullarning poroshogi) ishqor yoki xloralgidrat eritmasida ko’riladi. 
Kimyoviy tahlil 
Maxsulotlarni kimyoviy tekshirish vaqtida ularning tarkibidagi asosiy taʼsir etuvchi 
birikmalarga sifat reaktsiyalari qilinadi xamda shu birikmalarning miqdori aniqlanadi. 
Maxsulotlar tarkibidagi asosiy taʼsir etuvchi kimyoviy birikmalarning miqdori ko’p 


10 
sabablarga (o’sadigan yoki ekiladigan joyiga, tayyorlangan davriga, tayyorlash, 
quritish, saqlash jarayonlari va boshqalarga) ko’ra doimo o’zgarib turadi. Shu asosiy 
taʼsir etuvchi birikmalarning ko’p yoki ozligiga qarab, maxsulotning sifatliligi 
belgilanadi. Shuning uchun asosiy taʼsir etuvchi birikmalarning maxsulotdagi 
miqdorini aniqlash katta axamiyatga ega bo’lib, u maxsulotning sifatini ko’rsatadi. 
O’simlik tarkibidagi moddalarning kimyoviy — fitokimyoviy analiz jarayonida sifat 
reaksiyalari yordamida maxsulot tarkibidagi asosiy taʼsir etuvchi biologik faol (aktiv) 
xamda ular bilan birga uchraydigan boshqa birikmalar aniqlanadi. Bu reaktsiyalar 
maxsulotlarning chinligini aniqlash (identifikatsiya qilish) uchun xam axamiyatlidir 
O’simlik moddalariga sifat reaktsiyalar qilishda lyuminestsent xamda xromatografik 
usullardan xam keng foylalanilmoqda. Lyuminestsent usuli o’simlik moddalarining 
yoki ularning birorta reaktiv bilan birlashib xosil qilgan birikmalarnni maʼlum 
sharoitda (ultrabinafsha nur ta’sirida) tovlanib ko’rinishiga asoslangan bo’lib, 
lyuminessent mikroskop yoki boshqa asboblar yordamida olib boriladi. Masalan, 
maxsulot tarkibida antratsen unumlari, flavonoidlar, kumarinlar, turli alkaloidlar va 
boshqa birikmalarning bor-yo’qligi xamda qaysi to’qimalarda ko’p to’planganligini 
lyumnnestsent mikroskop ostida ko’rib aniqlash juda xam qulaydir. Xromatografik usul 
qog’oz, turli adsorbentlar yordamida va turli erituvchilar ishtirokida olib boriladi. 
Tahlil natijasida qaysi gurux va qancha birikma maxsulot tarkibida borligini xamda 
maʼlum bo’lgan standart-guvoh birikmalar yordamida shu moddalarni chinligini 
aniqlash — identifikatsiya qilish mumkin O’simlik tarkibida mavjud bo’lgan biologik 
faol moddalarni identifikatsiya qilish xamda ularning miqdorini aniqlashda qadimdan 
maʼlum bo’lgan umumiy usullar bilan bir qatorda fotoelektrokalorimetrik va 
spektrofotometrik usullar xam keng qullanilmoda. Bu usullar dorivor maxsulotlar 
tarkibidagi biologik faol (aktiv) moddalarning turli reaktivlar bilan xosil qilgan 
birikmalarning rangini, intensivligini yoki ularning maʼlum tulqinlarda (UF yoki IQ) 
spektrlarini fizik asboblar yordamida o’lchashga asoslangandir. Maxsulot tarkibidagi 
asosiy taʼsir etuvchi birikmalar turli kimyoviy moddalardan iborat. Shuning uchun 
ularni sifat va miqdor jixatdan aniqlash usullari xam turlichadir. 


11 

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish