Epidemik jarayon haqidagi ta’limot. Epidemik jarayonning rivojlanishida ijtimoiy
va tabiiy sharoitlarning roli. Epidemik jarayonning rivojlanishida epidemiologik
nazariyalarning roli. Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Epidemiyaga qarshi
chora tadbirlar va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkillashtirish asoslari.
Epidemik jarayon deganda nimani tushunasiz?
Epidemik jarayon bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi va odam organizmi orasidagi o‘zaro
ta’sirning populyatsiya darajasida namoyon bo‘lishidir.
Epidemiya o‘chog‘i nima?
Epidemiya o‘chog‘i bu ma’lum vaqt oralig‘ida odamlarga yuqumli kasallik
qo‘zg‘atuvchilari yuqish ehtimoli bo‘lgan hudud chegarasidir.
Epidemiya o‘chog‘ining chegarasi va vaqt bo‘yicha davomiyligi nimalarga
bog‘liq ?
Epidemiya o‘chog‘ining chegarasi va vaqt davomiyligi uning 3 ta elementi
tabiatiga bog‘liq bo‘ladi:
1)
Kasallik chaqiruvchilarining tarqalish nuqtai nazaridan qaralganda kasal
kishilar
2)
Kasallik yuqtirish havfi nuqtai nazaridan qaraganda sog‘lom kishilar.
3)
Odamlarning kasallanish havfi nuqtai nazaridan qaralganda tashqi muhit.
Agar epidemiya o‘chog‘ida 1 ta kasallanishdan boshqa kasallanish
takrorlanmasa bu kasallik o‘chog‘i nima deb ataladi?
Agar epidemiya o‘chog‘ida 1 ta kasallanishdan boshqa kasallanish takrorlanmasa
bu kasallik o‘chog‘i 1 ta kasallik o‘chog‘i deb ataladi.
Agar kasallik o‘chog‘ida yana qayta kasallanish takrorlansa, bu qanday kasallik
o‘chog‘i deb ataladi?
Agar kasallik o‘chog‘ida yana qayta kasallanish takrorlansa, bu kasallik o‘chog‘i
ko‘p sonli kasallik o‘chog‘i deb ataladi.
Yuqumli kasalliklarning nechchi xil o‘chog‘i mavjud?
1.tabiiy o‘choq
2.antropurgik o‘choq (ya’ni insonlar tomonidan yaratilgan o‘choq).
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishida qanday kasallanish
turlarini bilasiz?
1.endemik kasallanish (endemiya)
2.ekzotik kasallanish.
Endemik kasallanish yakkam dukkam kasallanish hollari.
Epidemik kasallanish esa: 1) Muayyan hududda bir vaqtning o‘zida aholi orasida
kasallanishning ko‘payib ketishi( epidemik portlash). 2) epidemik kasallanish(tor
ma’noda tushuniladi). 3) pandemiya.
Sporadik kasallanish deb nimaga aytiladi?
Sporadik kasallanish deb ma’lum hududda, muaynyan vaqt oralig‘ida ma’lum
turdagi yuqumli kasallik bilan odatdagi kasallanishga aytiladi.
Epidemiya nima degani?
Epidemiya tushunchasi bilan kasallanishning vaqt va hudud bo‘yicha avj olib
rivojlanishiga aytiladi.
Pandemiya deb nimaga aytiladi?
Pandemiya deb, kasallanish ko‘rsatkichlari darajasi va ko‘lami bo‘yicha nihoyatda
keng tarqalishiga (bir necha mamlakatlar, qit’alar ) aytiladi.
Epidemiyaga qarshi tadbirlarning turlari qanday?
Epidemiyaga qarshi tadbirlar quyidagilardan iborat:
1.Kasallik manbai; tashxisiy, bemorni ajratish, davolash va qoidali chegaralab
qo‘yish. Sanitariya veterinariya va deratizatsion.
2.Yuqish mexanizmi; sanitariya gigienik. Dezinfeksion va dezinseksion.
3.Organizmning kasallikka moyilligi; immunoprofilaktika ...shoshilinch
profilaktika.
4.Umumiy; laboratoriya tekshirishlari.Sanitariya maorifi ishlari.
Tanlab olingan belgilar bo‘yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo‘shimcha
ravishda guruhlash nimalardan iborat?
Tanlab olingan belgilar bo‘yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo‘shimcha
ravishda guruhlash:
1.Epidemiyaga qarshi vositalar(dori darmonlar) talab qiluvchi; davolash,
deratizatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, immunoprofilaktika, shoshilinch
profilaktika, laboratoriya tekshirishlari.
2.Epidemiyaga qarshi vositalar(dori darmonlar) talab qilmaydigan; bemorni ajratib
qo‘yish, qoidali chegaralab qo‘yish, sanitariya veterinariya tadbirlari, sanitariya
gigienik tadbirlar, sanitariya maorifi.
3.Dispozitsion; immunoprofilaktika va immunokorreksiya, shoshilinch
profilaktika.
4.Ekspozitsion; ajratib qo‘yish va davolash, qoidali chegaralab qo‘yish tadbirlari,
sanitariya veterinariya tadbirlari, sanitariya gigienik tadbirlar, deratizatsiya,
dezinfeksiya, dezinseksiya.
5.Umumiy; sanitariya maorifi, laboratoriya tekshirishlari.
6.Profilaktik; ma’lum shart sharoitlardan kelib chiqadi.
7.Epidemiyaga qarshi epidemiya o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar; ma’lum shart
sharoitlardan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |