‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Chandragupta

podsholigi davrida podsho maslahatchisi 
Kautile Bishnugupta 
tomonidan 
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa 
qilib qo‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu 
asarda 
«buyumning qiymati»
muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori 
«ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga 
mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo‘lib, 
bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mah- 
sulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq 
aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan 
oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga 
alohida urg‘u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning 
miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy 
mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import 
o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim 
iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga 
ko‘ra, 
zardushtiylik (zoroastrizm)
dinining (islomgacha) muqaddas 
kitobi bo‘lgan «Avesto» ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» (asli 
«Ovasta»)
da 
ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.
«Avesto» bo‘yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zaxira oziq-ovqatlar 
barpo qilish qo‘Uab-quwatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda 
ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi 
daviga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori 
Tim
to‘g‘- 
risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo‘ylaming mo‘l-ko‘lligi haqida 
so‘z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, qor va suv 
to'fonidan hayvonlar va odamlami qutqarish uchun «varu» (qo‘rg‘on) 
qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, 
barcha o'simliklar urug‘i va yonib, porlab tuigan olovni keltiradi (Nuh 
payg'ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turaijoy, hayvonlar 
uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) 
«Vandidot»
bo‘lib, nisbatan keyingi 
davr voqealarini aks ettiradi. Unda, asosan, dehqonchilik va dehqon 
mehnati ulug'lanadi (awalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda 
ko'proq ekin ekiladigan, don, o‘t, mevali ekinlar o‘stiriladigan, suvsiz


joylami sug‘oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug'orish 
bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko‘p go‘ng 
solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish 
tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko‘rinib turibdi.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.av. VI-III asrlarda shakllangan. 
Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari m.av. II ming yillikda 
paydo bo'lgan. 
Konfutsiylik
g'oyasi muhimdir. Uning muallifi 

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish