el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish)
soliq organi tomonidan
hisobga olish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa
hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq
organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
(13-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning oʻn
uchinchi qismida koʻrsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq
organiga mazkur xizmatlar
koʻrsatish boshlangan (tugallangan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay
beriladi. Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan tegishli ariza va roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan
boshqa hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.
(14-q.)
Chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida
koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligi
talablari buzilgan
taqdirda, soliq organi bunday yuridik shaxsni tegishli ariza taqdim etmagan holda soliq hisobidan
chiqarishga haqli.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(15-q.)
Soliq organida avval koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobdan
chiqarilgan chet el
yuridik shaxsini hisobga qoʻyish soliq organi tomonidan hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu
moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(16-q.)
Ushbu modda oʻn uchinchi - oʻn oltinchi qismlarining qoidalari mazkur xizmatlarni
elektron shaklda koʻrsatuvchi yoki bunday xizmatlarni bevosita vositachi sifatida oʻzining
Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslariga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
(17-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga
qoʻyish ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan organlar taqdim etadigan maʼlumot yoki
jismoniy shaxsning arizasi asosida mazkur jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
(18-q.)
Yashash joyi soliq solish maqsadlari uchun jismoniy shaxsning turgan joyi boʻyicha
aniqlanadigan jismoniy shaxslar oʻzi turgan joydagi soliq organiga soliq organlarida hisobga
qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
(19-q.)
Soliq toʻlovchida hisobga qoʻyish joyini aniqlash xususida
qiyinchiliklar yuzaga
kelgan taqdirda, qaror u taqdim etgan maʼlumotlar asosida soliq organi tomonidan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: