133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq
organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyatlari
134-modda. Banklarning soliq
nazoratini amalga oshirish
bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari
126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish
toʻgʻrisida umumiy qoidalar
(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik
va jismoniy shaxslar soliq
organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qoʻyish ushbu Kodeks u
yoki bu soliqni toʻlash majburiyatining paydo boʻlishini bogʻlaydigan holatlar mavjudligidan qatʼi
nazar amalga oshiriladi.
(3-q.)
Soliq organlarida hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son
Qonuniga
muvofiq toʻrtinchi qism chiqarib tashlangan
(4-q.) Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida soliq organi
tomonidan berilgan guvohnoma yoki soliq toʻlovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida
u bir
vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan taqdirda -
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga
qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq beshinchi,
oltinchi va yettinchi
qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin
(4-q.)
Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish ularga
vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi hisobga
qoʻyilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida
u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan holda
berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga
qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son
Qonuniga muvofiq
kiritilgan qism)
(6-q.)
Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga
(shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq toʻlovchining
identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazilganligini
tasdiqlovchi hujjatdir.
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi
qismlari yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston
Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrini yuritadi.
(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan
maʼlumotlarning tarkibi hamda reestrni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(9-q.)
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organida hisobga qoʻyilgan paytdan boshlab
soliq siridir.
Do'stlaringiz bilan baham: