Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

111-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) 
tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq toʻlovchining 
(soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp muddatga 
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul 
qilinishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka 
yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga 
uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma 
buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi. 
(3-q.)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari 
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʻlovchilarning 
(soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi hollarda 
qoʻllanilishi mumkin: 
1) ushbu soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq 
hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn kun ichida 
taqdim etilmaganda; 
2) soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi 
natijalari boʻyicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda 
taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar 
taqdim etilmaganda; 
3) soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʻrsatilgan 
hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilishda. Soliq organi 
mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilinishi uning oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan 
imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi 
bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turadi; 
4) soliq toʻlovchining (soliq agentining) oʻzi koʻrsatgan manzilda yoʻqligida. 


(4-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning 
toʻxtatib turilishi banklar tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari 
boʻyicha barcha chiqim operatsiyalari toʻxtatib turilishini anglatadi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi 
tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgach oʻn kun 
ichida taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish 
toʻgʻrisidagi qaror masʼul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha 
ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan 
qabul qilinishi mumkin. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning 
toʻxtatib turilishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birinchi navbatda koʻrsatilgan toʻlovlarga, 
shuningdek qonunchilikka muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga 
tatbiq etilmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish