(2-q.)
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(3-q.)
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim
boʻlgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz
summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq toʻlash
muddatini oʻzgartirish mumkin.
(4-q.)
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib
toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
(5-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, shu soliq boʻyicha tegishlicha
bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich qarz summasini toʻlagan holda, ushbu soliqni toʻlash muddatini
oʻzgartirishdan iboratdir.
(6-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash soliqlarni toʻlashni kechiktirish
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga
kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi
mumkin.
(7-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, agar ushbu Kodeksning 99-
moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi.
(8-q.)
Soliq toʻlash muddati oʻzgartirilishiga talabgor shaxs (bundan buyon ushbu bobda
manfaatdor shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida
ariza berishga yoxud bu haqda xabardor qilishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa
nisbatan berilishi mumkin.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(9-q.)
Manfaatdor shaxsning soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi
arizasini koʻrib chiqish chogʻida, soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga u bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin
boʻlgan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa shartlarini
taklif etishga haqli.
(10-q.)
Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha mavjud
majburiyatlarni bekor qilmaydi va yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
(11-q.)
Ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organlarning qaroriga koʻra soliq
toʻlash muddatini oʻzgartirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
ushbu Kodeksning 107-109-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati
bilan taʼminlanishi mumkin.
(12-q.)
Ushbu bob qoidalari penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash
imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi.
(13-q.)
Ushbu bobning qoidalari soliq agentlariga va ushbu Kodeksning 482-moddasida
nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(OʻzR 01.12.2020-y. OʻRQ-652-son Qonuni
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: