Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

UMUMIY QOIDALARI 
85-modda. Soliq majburiyati 
86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati 
87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi 
88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari 


85-modda. Soliq majburiyati 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq toʻlovchilar zimmasiga yuklatilgan 
soliqlarni va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda oʻz vaqtida toʻlash majburiyati ularning 
soliq majburiyatidir. 
(2-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, oʻziga 
nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni 
toʻgʻri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻz vaqtida oʻtkazish majburiyati soliq majburiyatiga 
tenglashtiriladi. 
(3-q.)
Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda 
belgilangan asoslar mavjud boʻlganda yuzaga keladi, oʻzgartiriladi va tugatiladi. 
(4-q.)
Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq toʻlovchiga coliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni toʻlashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan 
eʼtiboran yuklatiladi. 
86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati 
(1-q.)
Soliq toʻlovchi oʻzining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda bajaradi. 
(2-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs boʻlgan soliq 
toʻlovchining soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq 
toʻlovchi uning soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan 
moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi. 
Oʻzga shaxs oʻzi tomonidan soliq toʻlovchi uchun toʻlangan soliqning qaytarilishini talab qilishga 
haqli emas. 
(3-q.)
Soliq majburiyati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi 
kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, 
oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi. 
(5-q.)
Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan 
voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish 
muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak. 
(6-q.)
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish 
(ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni 
hisoblanadi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. 
(8-q.)
Soliq majburiyatini bajarish muddati ushbu Kodeksning 97-102-moddalarida nazarda 
tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin. 


(9-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma 
yuborilishi uchun asos boʻladi. 
(10-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada 
bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi 
yuzasidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi va (yoki) uning 
bajarilishini taʼminlashga doir ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashi 
shart. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish