Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

397-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi 
deklaratsiyani taqdim etish tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar 
boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 
1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. 


(2-q.)
Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy 
yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda 
taqdim etishi mumkin. 
(3-q.)
Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun 
va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston 
Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan eʼtiboran bir oydan 
kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning 
tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi 
deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan 
tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
rezidenti deb eʼtirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi. 
(4-q.)
Grant olgan soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani 
topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini koʻrsatadi, 
shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi. 
(5-q.)
Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar 
olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida 
koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy 
shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish 
bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar - ijaradan daromadlar 
paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda; 
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, jami yillik daromad 
toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni toʻlaydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1-fevralidan 
kechiktirmay. Yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik subyekti davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi. 
(6-q.)
Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilayotganda 
dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
(7-q.)
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq toʻlovchi doimiy 
yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. 
(8-q.)
Joriy yilning 1-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet 
ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya 
topshiradi. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda 
belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini 
kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan 
boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda 
olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi 
hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar Oʻzbekiston 
Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1-fevraliga qadar chet 
elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim 
etilmaydi. 
(10-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan va taqdim etish 
tartibi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash deklaratsiya taqdim 
etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi. 


(11-q.)
Agar soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan 
boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan va (yoki) 
soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning oʻzgarganligi 
haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim 
etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va 
toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik 
muddatda toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi 
toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning 
yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish