Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

392-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq 
toʻlashning xususiyatlari 


(1-q.)
Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, qatʼiy belgilangan 
miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati 
amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan 
miqdorlarda toʻlaydi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik subyekti 
sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy 
tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga 
oshiradi. 
(3-q.)
Bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan soliq toʻlovchilar har bir faoliyat turi 
boʻyicha qatʼiy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan 
miqdorda toʻlaydi. 
(4-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash qoʻllaniladigan faoliyatdan olinadigan 
daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq toʻlovchilar bu daromad turlari boʻyicha 
alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar boʻyicha jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi 
deklaratsiya asosida, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda, ushbu 
Kodeksning 381-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydi.
(5-q.)
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini 
muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini 
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir 
vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni 
yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy 
tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish 
kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga 
topshiradi. 
(6-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha 
toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat 
roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq 
hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik 
subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi. 
(7-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni toʻxtatib turish uchun quyidagilar asos 
boʻladi: 
1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni 
amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) 
faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot; 
2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan 
xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari. 
(8-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchilar 
daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan 
daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart. 
(9-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir: 


1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) daromadlarini va 
xarajatlarini hisobga olish kitobi; 
2) Tovar cheklari kitobi. 
(10-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(11-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni 
(oilaviy tadbirkorlik subyektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka 
tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. 
(12-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati 
toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi 
yakunlari boʻyicha, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim 
etiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish