1) ushbu norezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan
foydalanganlik yoki
foydalanish huquqini berganlik uchun royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar;
2) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga koʻrsatilgan
xizmatlar uchun xarajatlar;
3) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga berilgan zayomlar boʻyicha pul
mukofotlari;
4) ushbu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali
faoliyatidan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan
xarajatlar;
5) ushbu norezidentning mazkur moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan, Oʻzbekiston
Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari.
(3-q.)
Agar qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi qoidalariga koʻra
Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining soliq
solinadigan daromadini
aniqlashda shu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirib
tashlashga yoʻl qoʻyilsa, bunday xarajatlar summasi shunday norezident tomonidan oʻz tanloviga
binoan quyidagi usullardan biri boʻyicha aniqlanadi:
1) xarajatlarni mutanosib
ravishda taqsimlash usuli;
2) xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish usuli.
(4-q.)
Ushbu modda uchinchi qismining maqsadida ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq
boʻlmagan boshqaruv va boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu norezidentning
boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:
1) norezidentning bevosita doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yoki
norezidentning vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Kodeksga muvofiq
chegirmalar jumlasiga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy
xarajatlari;
2) norezidentning bevosita vakolatxonasi yoki doimiy muassasalari tomonidan boshqa
davlatlarda qilingan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan
doimiy muassasasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy
xarajatlari;
3) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan
bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar.
(5-q.)
Norezident hisobot (soliq) davri mobaynida oʻz tanloviga koʻra boshqaruvga oid va
umummaʼmuriy xarajatlarni soliq hisobotiga ilovada koʻrsatiladigan
doimiy muassasaning
chegirmalariga kiritish usullaridan faqat bittasini qoʻllaydi.
(6-q.)
Norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari Oʻzbekiston
Respublikasidagi doimiy muassasaning chegirmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni
tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: