faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan
boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bogʻliq xarajatlari
summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
(7-q.)
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi
norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy
boʻlinmalari oldidagi majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar Oʻzbekiston
Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(8-q.)
Agar norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati doimiy muassasa
shakllanishiga olib keladigan bittadan ortiq muassasasi boʻlsa, soliq solinadigan baza va soliq
summasi har bir muassasa uchun alohida hisoblanadi.
(9-q.)
Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni
toʻlangandan keyin oʻz tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va unga
ushbu Kodeks 353-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi
lozim.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(10-q.)
Ushbu modda toʻqqizinchi qismining qoidalarini qoʻllash maqsadlarida doimiy
muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq
stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida koʻrsatilgan tartibda qoʻllashga haqli. Agar
Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida dividendlar
tarzidagi daromadlar boʻyicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan boʻlsa,
ularning eng kami qoʻllaniladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻninchi va oʻn birinchi qismlari oʻn
birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin
(11-q.)
Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq
xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy
muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida olingan zararning (zararlarning) umumiy summasiga,
basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa,
kamaytiriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(12-q.)
Sof foydadan olinadigan soliqning hisoblab chiqarilgan summasi soliq hisobotini
taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Do'stlaringiz bilan baham: