1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitim loyihasi;
2) soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bogʻliq faoliyati haqidagi hujjatlar,
shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish taklif qilinayotgan
nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar;
3) soliq toʻlovchi taʼsis hujjatlarining koʻchirma nusxalari;
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq 4) band chiqarib tashlangan
4) soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma
nusxasi;
5) soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan
joydagi soliq organida
soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
6) soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti;
7) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud boʻlgan
boshqa hujjatlar.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, erkin shaklda
taqdim etiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchidan ushbu moddaning
birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur boʻlgan
hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu
moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani
va boshqa hujjatlarni
ular olingan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Mazkur muddat
toʻqqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
(5-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini
uzaytirish asoslari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni
koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqidagi qaror;
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror;
3) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini maromiga yetkazish
zarurligi haqidagi
qaror.
(7-q.)
Tegishli qaror soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh
kun ichida yuboriladi.
(8-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda,
qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt koʻrsatiladi.
(9-q.)
Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi boʻyicha qaror Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi.
(10-q.)
Quyidagilar narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzishni rad etish haqida qaror qabul
qilish uchun asos boʻladi, xususan:
1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning
taqdim etilmaganligi
yoki toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasida taklif etilgan narxlarni aniqlash tartibini va
(yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash natijasida bitimlar narxlarining bozor narxlariga
muvofiqligi taʼminlanmasligi haqidagi asoslantirilgan xulosa.
(11-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisida tuzilgan bitimning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchi
hisobda turgan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan eʼtiboran uch kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuboriladi.
(12-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim
etilgan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi arizani uning oʻzi chaqirib olishi mumkin.
(13-q.)
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim ushbu moddada
nazarda tutilgan tartibda
oʻzgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: