Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan, ushbu Kodeksning 
180 va 181-moddalarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. 
(2-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzi 
hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid 
yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat 
qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarda koʻrsatiladi. 
(3-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda quyidagi axborot boʻlishi 
kerak: 
1) tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilayotgan 
kalendar yil; 
2) bitimlarning predmeti; 
3) bitimlarning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 
a) yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (agar 
yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobda tursa); 
b) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning soliq 
toʻlovchining identifikatsiya raqami; 
v) yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi 
va fuqaroligi; 
4) narxlari tartibga solinishi lozim boʻlgan bitimlar boʻyicha daromadlar (xarajatlar) 
summalarini ajratgan holda nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha olingan daromadlarning 
summasi va (yoki) qilingan xarajatlarning (koʻrilgan zararning) summasi. Ushbu qismda 
koʻrsatilgan maʼlumotlar bir turdagi bitimlarning guruhi boʻyicha tayyorlanishi mumkin.
(4-q.)
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomada 
maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoki xatolar 
aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli. 


(5-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl 
boʻyicha qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. 
(6-q.) 
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning shaklini, shuningdek uni 
toʻldirish va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda taqdim etish 
tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-
741-son Qonuni tahriridagi qism) 
Qarang: VMning 2022 yil 10-martdagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Nazorat qilinadigan 
bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqida"gi Nizom 
(7-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan soliq organi u olingan 
kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi. 
(8-q.)
Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazishda soliq organi ushbu 
moddaning ikkinchi qismiga muvofiq maʼlumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar 
tuzilganligi faktini aniqlagan boʻlsa, soliq organi aniqlangan faktlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va oʻzi olgan bunday bitimlar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi. 
(9-q.)
Soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazayotgan soliq organi xabarnoma 
yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabarnoma va tegishli maʼlumotlar 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilganligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga 
xabar qilishi shart. 
(10-q.)
Xabarnomaning shaklini va uni yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi. 
(11-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar 
toʻgʻrisidagi oʻzi tomonidan olingan maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasiga yuborilishi bunday tekshiruvni davom ettirish va (yoki) tugatish hamda tekshiruv 
materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra qaror chiqarish uchun toʻsqinlik qilmaydi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish