pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda buyurtma xat yuborilgan kundan eʼtiboran
beshinchi kun u berilgan sana deb hisoblanadi.
(4-q.)
Soliq organining qarori ustidan shikoyat berilgan taqdirda, mazkur qaror ushbu
Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
(5-q.)
Oʻziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxs qaror
kuchga kirguniga qadar uni
toʻliq yoki qisman ijro etishga haqli. Bunda shikoyatning berilishi shaxsni kuchga kirmagan
qarorni toʻliq yoki qisman ijro etish huquqidan mahrum etmaydi.
161-modda. Taʼminlash choralari
(1-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilinganidan soʻng soliq organining
rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur qarorni ijro etish imkonini taʼminlashga qaratilgan choralarni
(taʼminlash choralarini) koʻrishga haqli.
(2-q.)
Agar ushbu choralarni koʻrmaslik keyinchalik ushbu qarorning ijrosini va (yoki)
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda
koʻrsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin yoxud undirishni imkonsiz qilib
qoʻyadi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar boʻlsa, taʼminlash choralari koʻriladi.
(3-q.)
Taʼminlash choralarini koʻrish uchun soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari)
tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va soliqqa
oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ijro etiladigan va
(yoki) soliqlar qoʻshib hisoblanadigan kunga qadar yoxud yuqori turuvchi soliq organi yoki sud
tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilingan kunga qadar amal qiladi.
(4-q.)
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning oʻn birinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda taʼminlash choralarini bekor qilish yoki ularni almashtirish toʻgʻrisida
qaror qabul qilishga haqli.
(5-q.)
Taʼminlash choralarini bekor qilish (almashtirish) toʻgʻrisidagi
qaror u chiqarilgan
kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(6-q.)
Soliq organining roziligisiz mol-mulkni boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga
(garovga qoʻyishga) doir taqiq va ushbu Kodeksning 111-moddasida belgilangan tartibda
bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish taʼminlash choralari boʻlishi
mumkin.
(7-q.)
Boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq izchillik bilan
quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
1) koʻchmas mol-mulkka, shu jumladan mahsulotlarni ishlab chiqarishda (xizmatlarni
koʻrsatishda) ishtirok etmaydigan mol-mulkka;
2)
transport vositalariga, qimmatli qogʻozlarga, xizmat xonalarining dizayn buyumlariga;
3) tayyor mahsulot, xom ashyo va materiallardan tashqari boshqa mol-mulkka;
4)
tayyor mahsulotga, xom ashyo va materiallarga.
(8-q.)
Oldingi guruhlardagi mol-mulkning qiymati soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi
natijalari boʻyicha qaror asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq qarzining umumiy summasidan
kam boʻlgan taqdirda, har bir navbatdagi guruhning mol-mulkini
boshqa shaxs ixtiyoriga
oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq qoʻllaniladi. Bunda mol-mulkning qiymati
buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha belgilanadi.
(9-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha taʼminlash
choralari tartibida faqat mol-mulkni boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir
taqiq qoʻyilganidan keyin va faqat agar bunday mol-mulkning jami qiymati soliq qarzining
umumiy summasidan kam boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
(10-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq tekshiruvi
natijalari boʻyicha qarorda koʻrsatilgan soliq qarzining umumiy
summasi bilan boshqa shaxs
ixtiyoriga oʻtkazish (garovga qoʻyish) mumkin boʻlmagan mol-mulk qiymati oʻrtasidagi farqqa
nisbatan yoʻl qoʻyiladi.
(11-q.)
Oʻziga nisbatan taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan
shaxsning iltimosiga koʻra soliq organi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan
taʼminlash choralarini:
1) bankning javobgarlikka tortish va (yoki) soliqlarni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda
koʻrsatilgan soliq qarzi summasini oʻziga nisbatan shunday qaror chiqarilgan shaxs ushbu
summalarni toʻlamagan taqdirda soliq organi tomonidan belgilangan muddatda toʻlashga roziligini
tasdiqlovchi
bank kafolatiga;
2) qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarni
garovga qoʻyishga yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda
rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulkni garovga qoʻyishga;
3) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi
shaxsning kafilligiga almashtirishga haqlidir.
(12-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari
boʻyicha qaror asosida budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summaga doir amaldagi bank kafolati
taqdim etilgan taqdirda, soliq organi bu soliq toʻlovchiga ushbu
moddaning oltinchi qismida
nazarda tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
(13-q.)
Taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi qarorning va ularni bekor qilish haqidagi
qarorning koʻchirma nusxalari ular chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida oʻziga nisbatan
mazkur qarorlar chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib beriladi yoki olingan sana
toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi pochta orqali
buyurtma xat bilan yuborilganda ushbu nusxa buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran besh
kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: