(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga
maʼlum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs koʻrsatmalar berish uchun guvoh
sifatida chaqirilishi mumkin.
(2-q.)
Guvohning koʻrsatmalari bayonnomaga kiritiladi.
(3-q.)
Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas:
oʻzining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun
ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻgʻri idrok etishga qodir boʻlmagan
shaxslar;
oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini oʻtkazish uchun zarur
boʻlgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli boʻlgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi,
bunday shaxslar jumlasiga - advokat, auditor, soliq maslahatchisi kiradi.
(4-q.)
Guvohning koʻrsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga
kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin.
(5-q.)
Koʻrsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni koʻrsatmalar
berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolgʻon koʻrsatmalar berganlik
uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga
guvohning imzosi bilan
tasdiqlanadigan belgi kiritiladi.
(6-q.)
Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi
sababli ishda boʻlmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi.
150-modda. Ekspertiza
(1-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga
doir aniq harakatlarni
oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi mumkin.
(2-q.)
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert oʻrtasidagi shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
(3-q.)
Agar yuzaga keladigan masalalarni tushuntirish uchun ilm-fan, sanʼat, texnika yoki
hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar talab etilsa, ekspertiza tayinlanadi. Soliq organining
soliq nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsida bunday bilimlarga egaligi ekspertiza
tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
(4-q.)
Ekspert oldida qoʻyilgan masalalar va uning xulosasi ekspertning maxsus bilimlari
doirasidan chiqishi mumkin emas.
(5-q.)
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor
shaxsning iltimosnomasi asosida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) qabul qiladi.
(6-q.)
Qarorda ekspertizani
tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan
tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi,
ekspertning oldiga
qoʻyiladigan masalalar va uning ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi. Ekspert ekspertiza
predmetiga taalluqli tekshiruv materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim
etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli.
(7-q.)
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida oʻzi
oʻtkazgan tekshirishlar, ular asosida qilingan xulosalar hamda qoʻyilgan
masalalarga
asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
(8-q.)
Agar ekspertga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki u ekspertiza oʻtkazish uchun
zarur bilimlarga ega boʻlmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin.
(9-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tekshirilayotgan
shaxsni ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirishi va uning ushbu moddaning
oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma
tuziladi.
(10-q.)
Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish jarayonida tekshirilayotgan shaxs:
1) ekspertni rad etish;
2) ekspertni oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan tayinlash toʻgʻrisida
iltimos qilish;
3) qoʻshimcha savollarni taqdim etib, ular yuzasidan ekspert xulosasini olish;
4) soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va
ekspertga tushuntirishlar berish;
5) ekspertning xulosasi bilan tanishish;
6) ekspertning xulosasi yuzasidan asoslantirilgan fikr taqdim etish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: