Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

147-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni 
(axborotni) talab qilib olish 
(1-q.)
Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan 
soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan kontragentdan yoki 
boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli. 
(2-q.)
Tekshirilayotgan soliq toʻlovchining (soliq agentining) faoliyatiga taalluqli hujjatlarni 
(axborotni) talab qilib olish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq nazoratining 
qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori asosida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib 
chiqish chogʻida ham amalga oshirilishi mumkin. 


(3-q.)
Soliq tekshiruvlarini yoki soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshiruvchi 
soliq organi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab 
qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani mazkur hujjatlar (axborot) talab qilib olinishi kerak 
boʻlgan shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organiga yuboradi. Bunda topshiriqnomada soliq 
nazoratining qaysi tadbirini oʻtkazish chogʻida hujjatlar (axborot) taqdim etish zarurati yuzaga 
kelganligi koʻrsatiladi, muayyan bitimga taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu 
bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar koʻrsatiladi. 
(4-q.)
Topshiriqnoma olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi 
shaxsdan talab qilib olinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi 
ushbu shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. 
(5-q.)
Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaning 
koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. 
(6-q.)
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs talabnoma 
olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga 
(axborotga) ega emasligini oʻsha muddatda xabar qiladi. Agar talab etiladigan hujjatlarni 
(axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni boʻlmasa, soliq organi hujjatlar qaysi shaxsdan 
talab qilib olingan boʻlsa oʻsha shaxsning iltimosnomasiga koʻra ushbu hujjatlarni (axborotni) 
taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli. 
(7-q.)
Talab etiladigan hujjatlar ushbu Kodeks 146-moddasining uchinchi - beshinchi va oʻn 
birinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar hisobga olingan holda taqdim etiladi. 
(8-q.)
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi 
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilariga taalluqli hujjatlarni 
(axborotni) talab qilib olishda ham qoʻllaniladi. 
(9-q.)
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi 
soliq agentlariga tegishli boʻlgan hujjatlar va axborotni talab qilib olishda ham qoʻllaniladi. 
(10-q.)
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs ushbu 
moddaning qoidalariga muvofiq boʻlmagan talabnoma boʻyicha hujjatlarni (axborotni) taqdim 
etishni rad etishga haqli. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish