Toshboyev Chakan
- 1902 yili
tug’ilgan. Pastdarg’om rayoni Beshbarmoq qishlog’idan. 1924 yildan 1928
yilgacha Islom qo’rboshi bosqinchilar to’dasida faol ishtirok etgan. 1935 yilgacha
bosmachilar to’dasida bo’lgan. Hibsga olingan vaqtda Ittifoq kolxozi raisi
o’rinbosari bo’lib ishlagan. 10 yil mehnat-tuzatuv koloniyasiga hukm etilgan.
Jazoni o’tash muddati 27 noyabr 1937 yildan belgilangan…”.
97
Samarqand shahridan shu kishilarga o’xshab vatan ozodligi uchun harakat
qilganlar bir qanchadir. Jumladan, Hamidboyev Qori Zikr, Q.H.Abduhayumov,
M.Karimov, A.Hotamov, I.Rahmatullayev, Rahmatullin(asl ismi Mulla Lutfi
Rahmatboyev), Mulla Elchi O’rozov, Mirza Puli N izomiddinov va hokazo.
Mustabid tuzum boshqacha fikrlashga mutlaqo toqat qilolmasdi va unga
qarshi qat’iy kurash olib bordi. 20-yillarning ikkinchi yarmi — 30-yillar mavjud
tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazish davri bo‘ldi.
Respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi rahbar xodimlarni birlashtirgan
«g‘ayripartiyaviy»
guruhlar
(«18
lar
guruhi»,
«Inog‘omovchilik»,
«Qosimovchilik») birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi.
20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida mustabid tuzumning jazolovchi qilichi
mustabid tuzum kirdikorlariga qarshi fikr bildirgan milliy ijodkor ziyolilarning
ko‘pgina vakillariga zarba berdi. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Saidnosir
Mirjalilov, Mahmud Hodiev (Botu), Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Ashurali Zohiriy,
Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, Usmon Nosir va
boshqalar qatag‘onga uchradi.
98
Faqat 1929 yil yanvardan 1933 yilgacha mustabid
tuzum respublika milliy ziyolilarning 217 vakilini — yozuvchilar, jurnalistlar,
o‘qituvchilar va hokazolarni qatag‘on qildi, ulardan ko‘plari otildi.
99
97
O’sha joyda.
98
Турсунов И.Й. Узбекистан маорифчиларининг истиқлол йулидаги кураши тарихидан (1917—1930 йиллар):
Тарих фанлари доктори... автореферата. Т-1995, 27-bet.
99
Узоқов Ҳ. Узбекистонда мустақиллик учун кураш тарихи (1900—1940 йиллар): Тарих фанлари доктори...
76
Qatag‘on balosi faqat ziyolilarnigina o‘z komiga tortmadi, istibdodning
olovida barcha baravar yondi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida dehqonlarga
nisbatan ham misli ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligini
jamoalashtirish davrida O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq»
qilinib, ulardan 31,7 mingi qatag‘on qilingan edi
100
.
Bolsheviklar tuzumining 30-yillar oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan
qatag‘onlari ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida
birorta rahbar «xalq dushmani» ga aylantirilgan bo‘lsa, uning «dumi» sifatida yana
50—60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun
ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotini larzaga keltirdi,
kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik uyg‘otdi. 1936 yilning
oxirida o‘z konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid
tuzum oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining qonli
panjalari bilan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning
respublikadagi tuzilmalari hech bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib
chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, minglab jamoat arboblari, yirik
olimlar, adabiyot va san’at arboblari, xo‘jalik kadrlari, ishchilar, dehqonlar, din
vakillari va boshqalar sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandilar. Kommunistik rejim
shu yo‘l bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qismini, mustabid
tuzum mohiyatini tushunib etadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu
qabihlikni amalga oshirar ekanlar, ular avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta
«aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topdilar va ularni «fosh etish»ga kirishdilar,
go‘yo ular imperialistik davlatlarning agentlari bo‘lgan emish. Jumladan, 1937—
1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi
“nazoratchilari” O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni “fosh etdilar” va
“tugatdilar”, bular: respublika rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jaev
boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”; Abdurauf
Qoriev rahbarligidagi “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”;
“Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”; S.Xo‘janov
автореферата. Т-1996. 39—40-betlar.
100
История коллективизации в союзных республиках. М-1969. С-25.
77
boshchiligidagi “Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti”; “Buxoro va
Turkiston baxt-saodati” nomli sovetlarga qarshi
aksilinqilobiy tashkilot;
respublika komsomoli
MQ kotibi I.Ortiqov rahbarligida
“Yoshlarning
aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”; “Uyg‘urlarning aksilinqilobiy
josuslik-isyonchilik tashkiloti”; Mirzoyan, Amelyan va boshqalar rahbarligidagi
“Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti”; “Ingliz josuslik
rezidenturasi”; «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” edi. Endilikda
ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida
ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, haqiqatda bunday “aksilinqilobiy tashkilotlar”
respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |