O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Yangi mahsulot ishlab chiqarishning yettita bosqichi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

3.5. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning yettita bosqichi 
Yangi mahsulot ishlab chiqarish (NPD- New Product Development). Bu 
termin yangi mahsulot bozorga kirib kelish jarayonini tushunturish uchun 
ishlatiladi. Bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish taraftan tushuniladi. 
Yangi mahsulot ishlab chiqarish: 
-
G‘oya tuzish 
-
Mahsulotni dizayni va loyihasini tuzish 
-
Bozorni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. 
Biznes sohasida yangi mahsulotni ishlab chiqarish uni bozorga olib kirish 
ham hisoblanadi. Adabiyotda yangi mahsulotni yaratish deganda bozor 
imkoniyatlarni mahsulotga jamlash deb tushuniladi. Yangi mahsulotni omadli 
bo‘lishi iste‘molchilarni ehtiyojlarini bilishga ham bog‘liqdir. Narx, vaqt va sifat 
ist‘emolchilar ehtiyojini boshqaruvchi o‘zgaruvchan omillar hisoblanishadi. 
 
Har bir yangi mahsulot g‘oyadan boshlanadi so‘ngra ist‘emolchiga kerak 
mahsulotga aylanadi. G‘oya tug‘iladigan, baholadigan va yangi mahsulotga 
aylanadigan jarayon yangi mahsulot ishlab chiqarish(NPD- New Product 
Development) deb nomlanadi. Biz mahsulot ishlab chiqishning yetita bosqichini 
ko‘rib chiqamiz: 
1.Yangi mahsulot strategiyasini tuzish. 
2.Yangi mahsulot g‘oyasini shakllantirish. 
3.Biznes – tahlil. 
4.Mahsulotni ishlab chiqarish. 
5.Yangi mahsulotni bozorda tahlil qilish. 


88 
6.Tijorat.
Bu ro‘yhatda turli xil o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ya‘ni bosqichlar soni 
ko‘proq yoki kamroq, boshqacha ketmaketlikda tuzulishi mumkin. 
Bosqichlar o‘zgaruvchanligini test qilish bosqchida ko‘rishimiz mumkin. Test 
qilish bosqichi o‘z ichiga laboratoriyadagi test, tajriba partiyasini ishlab chiqarish 
va sinov marketingini qamrab oladi. Shunday qilib bozor tahlilini ham ishlab 
chiqarishning birinchi bosqichi sifatida ko‘riladi, a so‘nggi biznes – tahlil bosqichi 
mahsulot dizayni va investitsiyalar soni aniqlanmaguncha tugallanmagan
hisoblanadi. Shunga qaramay keltirilgan ro‘yhat yangi mahsulot ishlab chiqarishda 
amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rsatib beradi. 
1. Yangi mahsulot strategiyasini tuzish. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning 
birinchi bosqichi - strategiya tuzish. Yangi mahslot ishlab chiqaruvchi 
tashkilotlarning 75% yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun strategiiyaga ega, va 
bu strategiya ishlab chiqarish jarayonini yo‘naltirishga va nazorat qilishga yordam 
beradi. Shundaqy qilib yangi mahsulot ishlab chiqarish nazariyasida 1960 yilga 
nisbatan oldinga katta qadam qo‘yildi. Shu bilan birga bu qo‘yilgan qadam 1970 
yilda taniqli bo‘lgan strategik rejalashtirishni yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. Bu 
bosqich yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga kiritilgani bois mahsulot 
g‘oyasini shakllantirish, tanlash, baholash va bizne- tahlil orasidagi aloqa yanada 
yaqinlashdi. Bu bosqichda yangi mahsulotning strategic talablari aniqlanadi ya‘ni 
bozorbagi joyni olib qolish yoki texnologiyalar orasida oldingi o‘rinlarni saqlab 
qolish. Agar tashkilot bozorda liderlikni saqlab qolmoqchi bo‘lsa yangi mahsulot 
ishlab chiqarish uning asosiy vazifasiga aylanadi. Yangi mahsulotning strategic 
rejasi aniqlangandan so‘ng uning moliyaviy chegarasining talablari o‘rnatiladi – 
sotuv soni, yalpi daromad va investitsiyalar qaytishi. Yangi mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoniga strategic rejalashtirishni qo‘shilgani yangi g‘oyalar 
kamayishiga olib keldi. 1982 yil ma‘lumotlariga qaraganda bitta yangi mahsulot 
paydo bo‘lishi uchun yettita g‘oya kerak bo‘ldi. 
2.Yangi mahsulot g‘oyasini shakllantirish.Yangi mahsulot g‘oyalari hammada 
bor - menedjerlada, kotibalarda, mijozlarda, savdo vakillarida, aksionerlarda va 


89 
boshqalarda. Olimlar va muhandislar yangi mahsulot g‘oyasini shakllantirish 
uchun guruhlarga birlashadilar. Bunga qo‘shimcha qilgan holda yangi mahsulot 
g‘oyasini shakllantirish uchun hammaga tushunarli g‘oya yeg‘ish tartibi bo‘lishi 
lozim. Turli hil manbalardan yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha g‘oyalar 
kelib tushishi mumkin. Bundan tashqari g‘oyalar yeg‘ilishi yangi mahsulot ishlab 
chiqarish uchun poydevor bo‘la oladi.Yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun 
g‘oyalar yeg‘ish tartibi, tajribali hodimlar bo‘lishini talab qiladi, chunki ular 
mijozlarda paydo bo‘layotgan yangi g‘oyalar bilan tanishib ularni tashkilotga 
yetqazishligi lozim. Bunday tartibda teskari aloqa o‘rnatilishi lozim. Yangi 
mahsulot g‘oyasini shakllantirish – yangi mahsulot ishlab chiqishdagi eng muhim 
bosqichlaridan hisoblanadi. Sanoat bozorida mijoz yangi g‘oyalar manbasi bo‘lishi 
mumkin, ayniqsa bu g‘oyalar unga moliyaviy o‘sish olib kelsa, ta‘minotchi esa 
ishlab chiqarish texnologiyasini nazorat qilmasa. 

3.G‘oyani tanlab olish. G‘oya yeg‘ish va shakllanishi effektiv bo‘lsa yangi 
mahsulot uchun juda ko‘p g‘oyalar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham kerakli 
g‘oyani tanlab olishni bilish lozim. So‘nggi qaror yangi mahsulot ishlab 
chiqarilguncha o‘zgarishi mumkin. Yangi mahsulotlar uchun g‘oyani tanlab olish 
tartibli yoki tartibsiz bo‘lishi mumkin. Tartibli tanlovda turli xil yeg‘ilishlar, 
hujjatlar bo‘lishi mumkin. G‘oya tanlab olishda asosiysi «bu g‘oya boshqalar 
uchun qiziqarlimi va tahlil uchun to‘g‘ri keladimi ? degan savvolarga javob 
berishdir. Tashkilotning tanlovdagi asosiy vazifasi - kerakli g‘oyani tanlab olish 
emas, g‘oyani qanday faziltlarga ega ekanligini aniqlash, biznes – tahlil uchun 
mo‘ljallangan harajatlarni oqlash. Tashkilotdagi yangi g‘oya uning strategik 
rejasiga asoslanib tanlab olinishi lozim. Lekin ba‘zi tashkilotlarda strategik reja 
bo‘lmagani sababli yangi g‘oyalar tanlashda qiynaladi.
Yangi g‘oyalar tanlovida ba‘zi savollar paydo bo‘ladi, tashkilotlar esa ularga 
javob izlashadi: 
-
Tashkilot kerakli resurslar topa oladimi? 
-
Tashkilotning moliyaviiy ahvoli bunday loyihani amalga oshirishga 
yetadimi? 


90 
-
Yangi mahsulot eskilari bilan bog‘lana oladimi? 
-
Hozigi iste‘molchilaringiz bozor tashkil qila oladimi yoki tashkilot yangi 
bozorni o‘rganishi lozimmi? 
-
Yangi mahsulotni sotuvchilar sota oladimi? 
-
Bu g‘oya tashkilotning mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘limga to‘g‘ri 
keladimi? 
-
Bu mahsulotning ishlab chiqaruvi tashkilotimiz uchun ijobiy yoki salbiy 
oqibatlar olib keladimi? 
-
Bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tashkilotning ishchi kuchi 
yetarlichami? 
Ba‘zi savollarga berilgan salbiy javoblar bu g‘oyaga qiziqishini kamaytiradi. 
4. Biznes - tahlil
Biznes – tahlil – bu yangi mahsulotni g‘oyasini investitsiyalar, narxi, 
xarajatlar, rejalashtirilyotgan daromad tarafidan baholash. Bu o‘z ichiga bozor 
tahlilini va sotuv prognozini qamrab oladi. Tahlilning vazifasi – raqobatlarni 
baholash, raqobatbardoshlik shartlarini o‘rganish, asosiy raqobatlarni kuchli va 
kuchsiz taraflarini o‘rganish. Qanchali kuchli tashkilotlar bozorda faoliyat yuritsa, 
bu bozorga qiziqish shunchali pasayadi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish