O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsion menejmentning uch jihati



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

Innovatsion menejmentning uch jihati
15
 
Faoliyat turi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni sifatida 
innovatsion menejment IK da innovatsiyalarni boshqarishning umumiy texnologik 
sxemasini tashkil qiluvchi amallar to‘plamidan iborat. Ushbu to‘plam boshqaruv 
15
Mualliflar tomonidan tuzildi.


21 
faoliyatining alohida yo‘nalishlaridan tarkib topgan bo‘lib, ular ko‘p hollarda 
menejmentning funksiyalari (vazifalari) deb yuritiladi. Ularning har biri muayyan 
ketma-ketlikda bajariladigan ayrim bosqichlarga bo‘linadi. 
Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun ham quyidagilar xos: 
maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash, davrning to‘rtta bosqichi: 
-rejalashtirish; 
-shartlarni belgilash va tashkil qilish; 
-ijro etish; 
-rahbarlik. 
Innovatsion 
menejmentning 
bosqichlar 
quyida 
chizma 
shaklida 
berilgan.Davrning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi.
Birinchi bosqich - rejalashtirish bosqichida - strategiyani amalga oshirish 
rejasi tuziladi. Ikkinchisida - shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya‘ni 
innovatsion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni 
belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish kiradi. Ijro etish 
bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. 
Rahbarlik bosqichi nazorat va tahliliy harakatlarga tuzatish kiritish va tajriba 
to‘plashni ko‘zda tutadi.(1.5-rasm) 
 
1.5-rasm. 
Innovatsion menejmentning bosqichlari
16
 
16
Mualliflar tomonidan tuzildi.
Maqsadni qo‘yish va strategjyani tanlash 


22 
Boshqaruv vazifalarining tarkibi innovatsion tizimning darajasiga (butun xalq 
xo‘jaligi, sanoat tarmog‘i, IK, alohida innovatsion loyiha yoki xususiy ishlanma) 
va uning faoliyat ko‘rsatish sharoitiga ko‘ra reglamentlanishi (chegaralanishi) 
mumkin. Har bir boshqaruv vazifasining bajarilishi yoki menejment alohida 
funksiyasining amalga oshirilishi qat‘iy ravishda muayyan boshqaruv qarorlarining 
qabul qilinishi bilan bog‘liqdir. 
Innovatsion menejmentning pirovard maqsadi innovatsion korxonalarning 
(IK) innovatsion jarayonlarini samarali tashkil etish va innovatsion mahsulotning 
yuksak raqobatbardoshligi asosida uzoq vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatishini 
ta‘minlashdan iborat. Hozirgi sharoitda firmada innovatsion jarayonlarni samarali 
tashkil etishning mezonlari innovatsion faoliyatga sarflangan xarajat va 
innovatsion mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlarni taqqoslagan holda 
o‘lchash imkonini beruvchi iqtisodiy parametrlardir. Bunda IK ning foydaliligi, 
daromadliligi maqsad sifatida chiqmaydi, balki innovatsion faoliyatni amalga 
oshirishning muhim sharti va natijasi hisoblanadi. Menejment IK ning barcha ichki 
va tashqi elementlarining samarali va muvofiqlashtirilgan holda faoliyat 
ko‘rsatishini ta‘minlashga qaratilgan. Innovatsion tizimning bunday holati 
uyg‘unlik deb ataladi. Innovatsion korxonalarning rivojlanishida uyg‘unlashtirish 
innovatsion 
menejmentning 
asosiy 
maqsadli 
vazifasini 
tashkil 
qiladi. 
Uyg‘unlashtirish vazifasi IK ga nisbatan qaralganda, endogen va ekzogen 
jihatlarga egadir.
17
Endogen uyg‘unlashtirish IK ning barcha ichki tarkibiy 
elementlarini, uning subtizimlarini kelishtirishni anglatadi. Uni ta‘minlash uchun 
innovatsiyalarni firma ichida boshqarishning maxsus tizimini yaratish zarur. Bu 
tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi: 
-strategik innovatsion konsepsiyani ishlab chiqish; 
-faoliyatning mavzuga tegishli yo‘nalishlarini aniqlash hamda innovatsion
loyiha va dasturlarni shakllantirish; 
-tashkiliy tuzilmani va innovatsiyalarni boshqarish tuzilmasini tuzish; 
17
Endogen ta‘sir – ichki muhit ta‘siri. Ekzogen ta‘sir – tashqi muhit ta‘siri, Ekonomik-matematik lug`at,2013- b .45.


23 
-ishlab chiqarish jarayonlarini va innovatsion mahsulotning sotilishini 
rejalashtirish; 
-qadriyatlarni tanlash va joylashtirish. 
-IKning salohiyatidan samarali foydalanish; 
-ishlarni taqvim bo‘yicha taqsimlash va ularning ijrosini nazorat qilish; 
-ijodiy muhitni yaratish va intellektual mehnatni yuqori darajada 
motivatsiyalash. 
Ekzogen uyg‘unlashtirish IK ni tashqi muhitning supertizimlariga 
moslashtirishni ko‘zda tutadi va innovatsion faoliyatni maqsadga yo‘naltirish 
hamda ushbu muhitdagi cheklovlarni inobatga olish bo‘yicha maxsus amallarni 
bajarish orqali ro‘yobga chiqariladi. 
Innovatsion menejmentda ekzogen uyg‘unlashtirish quyidagi vazifalarning 
hal qilinishini taqozo etadi:
-innovatsion faoliyatning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini shakllantirish; 
-marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish; 
-ekologik vaziyatni hisobga olish va tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni 
rejalashtirish; 
-raqobatchilarning ilg‘or tajribasi va yutuqlarini baholash hamda ulardan 
foydalanish (innovatsiyalarni benchmarkinglash);
18
-innovatsion dasturlarda kooperatsiyani tashkil etish; 
-iste‘molchilar talabini va FTT ning obyektiv tendensiyalarini inobatga olish. 
O‘zining mazmuniga ko‘ra va vaqt jihatidan IK ni uyg‘unlashtirish strategik 
hamda operativ (tezkor) shakllarga egadir. Uyg‘unlashtirishning strategik shakli IK 
ning uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashadi va strategik 
innovatsion maqsad hamda loyihalarni shakllantirishga qaratilgan strategik 
menejment orqali ta‘minlanadi. Operativ uyg‘unlashtirish esa tanlab olingan 
rivojlanish strategiyasini amalga oshirish vositasi sifatida chiqadi va IK dagi 
operativ menejment tizimlari orqali ta‘minlanadi. 
18
Млоток Е. Принципы маркетингового исследования конкуренции на рынке // Интернет. - 
http://www.marketing.spb.ru/read/m3/index.htm.


24 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish