Innovatsion korxona tomonidan taqdim etilgan patent
xizmatlari
123
Bundan kashfiyotning yangiligi ushbu mamlakatda ariza berilgan kundan
emas, balki dastlabki ariza kundan boshlab belgilanadi. Bu imtiyozli (bir yil)
kashfiyotdan
foydalanishining
tijorat
imkoniyatini
belgilash
(masalan,
litsenziyalarni sotish), xorijda arizalarni rasmiylashtirish uchun zarur materiallarni
123
Mualliflar tomonidan tuzildi.
207
sinchiklab tayyorlash, kashfiyotning reklamasini amalga oshirish imkoniyatini
beradi. Konvensiya kashfiyotlarga, agar ular xalqaro ko‘rgazmalar va
yarmarkalarda namoyish qilinsalar, vaqtinchalik himoyani beradi.
Kashfiyotga huquqlarni rasmiylashtirish mualliflik guvohnomasi yoki patent
olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. mualliflik guvohnomasi kashfiyot tomonidan
taklifni tan olinishini, kashfiyotning ustuvorligini va shaxsning u tomonidan
kashfiyotga olingan mualliflikni tasdiqlaydi. U hududiy harakatga ega, ya‘ni u
tomonidan tasdiqlangan kashfiyotdan boshqa davlatlarda agar u yerda
patentlanmagan bo‘lsa, to‘siqsiz va tekinga foydalanish mumkin emas.
Patent
-
bu mualliflikni va ixtiro huquqi faqat uning egasiga tegishliligini
tasdiqlovchi hujjatdir. Bu patent egasining ruxsatisiz ixtirodan hech kim foydalana
olmasligi anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra bu - mulk egasining sanoat namunasi yoki
tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan mustahkamlanuvchi unvonidir.
Ixtirodan foydalanishga rozi bo‘lish patent huquqlaridan qisman yoki to‘liq
foydalanish uchun litsenziya berish (sotish) orqali ifodalanadi.
IK tomonidan taqdim etilgan patent xizmatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashkilotlarning talabnomalari bo‘yicha patent fondida qidiruvni, texnika
obyektining
patent
sofligi
ekspertizasini,
talabnoma
materiallarini
rasmiylashtirishga oid hujjatlarni shuningdek, tovar belgilarini ishlab chiqishni
xorijda patentlashda chop etilmaydigan patent ko‘rsatkichlari bo‘yicha
ma‘lumotnomalarni tayyorlashni, patent-axborot ishlarini tashkil etishda yordam
ko‘rsatishni amalga oshirish.
ITTKIni o‘tkazishda texnika obyektlarining yuksak texnikaviy darajasi
mamlakatimizda hamda xorijda yaratilgan eng yaxshi namunalarning darajasidan
yuqoriroq bo‘lishini ta‘minlash kerak. Texnika obyekti patentga layoqatli va patent
sofligiga ega bo‘lishi kerak. Sanab o‘tilgan maqsadlarga axborot tayyorgarligi
bo‘yicha ishlar yordamida, jumladan ilmiy kashfiyot va ixtirolarga tegishli bo‘lgan
patentli va ilmiy-texnikaviy axborotlarni izlash, tanlash, tahlil qilishga oid patent
tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan erishish mumkin.
208
Patent tadqiqotlari mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘yish
tizimining standartlarida ko‘zda tutilgan ITTKI, loyihaviy va texnologik ishlarning
tarkibiy qismini tashkil qilgan holda texnika obyektlarining texnikaviy darajasini
va rivojlanish tendensiyalarini, ularning patentga layoqatliligi va patent sofligini
patentga oid va boshqa ilmiy-texnikaviy axborotlar asosida tadqiq etishni o‘z
ichiga oladi.
Innovatsion faoliyat subyektlarining huquqlarini himoyalash intellektual
mulk, davlatning patent-litsenziya tizimi masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari
blokining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ilmiy – ishlab chiqarish siklining hamda
muhim innovatsion loyihalarning raqobatgacha bo‘lgan bosqichlari borasidagi
antimonopol mexanizmlarning amal qilishi cheklab qo‘yilishi kerak. Innovatsion
subyektlar uchun sanatsiyalash mexanizmlari va bankrotlik amallari ancha
yumshatilishi lozim. Qonunchilik me‘yorlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda
davlat tomonidan ularning real amal qilishini ta‘minlovchi mexanizmlarning ishlab
chiqilishi va qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Chunonchi, intellektual mulk (IM)
huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarish, uni sanktsiyalanmagan (qaroqchilik)
foydalanishdan himoyalash maxsus sud va arbitraj organlari, masalan patent
sudlarining yaratilishini talab qiladi. Shu maqsadda intellektual mulkka bo‘lgan
maxsus huquqlarga doir ishlarni olib borish bo‘yicha sudyalarni ixtisoslashtirishni
joriy qilish zarur. Shundan so‘ng intellektual mulk bo‘yicha ishlarni ko‘rib
chiqadigan ixtisoslashtirilgan kollegiyalarni yaratish tashabbusi bilan chiqish
maqsadga muvofiqdir. Intellektual mulk obyektlarini baholash va ularni turli
xo‘jalik operatsiyalarida (aktsionerlashtirish, qishloq xo‘jaliklarini yaratish va h.k.)
iqtisodiy subyektlarning moddiy aktivlari sifatida hisobini olib borishni ta‘minlash
zarur.
Litsenziyalashtexnologiyalar bilan savdo qilishning asosiy shakllariddan
biridir. Litsenziya ayrim shaxs va tashkilotlarga patent bilan himoyalangan
ixtirolardan, texnikaviy bilimlar, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik
sirlaridan, tovar belgisi va h.k. dan foydalanishga ruxsat beradi. Litsenziya berish
tijorat operatsiyasi bo‘lib, sotish (sotib olish) haqidagi shartnoma hisoblanadi.
209
Unga ko‘ra patent egasi (litsenziar) o‘zining kontragenti (litsenziat)ga patent, nou-
xau, tovar belgilari va h.k.larga bo‘lgan o‘z huquqlaridan ma‘lum bir doirada
foydalanishga litsenziya beradi.
Litsenziyalardan foydalanishga bo'lgan huquqlar xususiyati va hajmiga ko'ra
quyidagi turlarga bo'linadi:
124
-
patent (tegishli nou-xausiz patentdan foydalanish huquqi beriladi);
-
patentsiz (faoliyatning har xil sohalarida innovatsiyalardan foydalanish
huquqi beriladi);
-
oddiy (patentdan foydalanish huquqlariga litsenziat va litsenziya beruvchi
ega bo'ladi;
-
mutlaq (litsenziat tomonidan patentdan monopol foydalanish);
-
to'liq (litsenziat patentdan shartnomada qayd etilgan muddat mobaynida bir
o'zi foydalanadi).
Litsenziyalash manfaatdor tomonlarning litsenzion kelishuv
–
shartnomani
qabul qilishlari orqali amalga oshiriladi. Unga ko‘ra ixtiro, texnologik bilimlar,
ishlab chiqarish tajribasi va sirlarining sohibi o‘zining kontragentiga intellektual
mulkdan foydalanishga litsenziya beradi. Kelishuvda litsenziya predmetidan
foydalanishning ishlab chiqarish sohasi va hududiy chegaralari belgilab qo‘yiladi.
Litsenzion kelishuvda bir necha patentlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan nou-
xaularning majmuaviy tarzda berilishi ko‘zda tutilishi mumkin. Bu holda litsenzion
kelishuv qoida bo‘yicha litsenziar tomonidan litsenzion ishlab chiqarishni
loyihalashtirish, tashkil etish, ishga tushirish, sozlash, kadrlar tayyorlash va h.k.ni
o‘z ichiga oluvchi yo‘ldosh injiniring (injenerlik-maslahat) xizmatlari majmuini
ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Litsenzion shartnomalar mustaqil va yo‘ldoshshartnomalarga bo‘linadi.
Mustaqil shartnomalar texnologiya yoki texnologik bilimlarning, ulardan
foydalanishning joyi va shart-sharoitlaridan qat‘iy nazar berilishini nazarda tutadi,
yo‘ldosh shartnomalarda esa litsenziya berish bilan bir vaqtning o‘zida qurishga,
124
Красникова Е.О., Евграфова И.Ю. Инновационный менеджмент. М.: Окей-книга. - 2009 –C.68.
210
uskunalar va butlovchi qismlarni yetkazib berishga yoki injiniring xizmatlarini
ko‘rsatishga shartnoma tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |