MAVZU: XALQARO HUQUQDA JAVOBGARLIK
REJA:
XALQARO HUQUQDA JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI
XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK TURLARI VA
SHAKLLARI
XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIKNING KELIB
CHIKISH ASOSLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH
XALQARO JINOYAT TUSHUNCHASI
XALQARO JINOYAT SODIR ETGAN JISMONIY
SHAXSLARNING JAVOBGARLIGI
XALQARO JINOYAT SODIR ETGAN XALQARO
TASHKILOTLARNING JAVOBGARLIGI
Xalqaro huquqda javobgarlik tushunchasi
Javobgarlik Xalqaro huquqning eng kadimiy institutlaridan biridir. Birok,
ushbu institutning huquqiy me`yorlari xanuzgacha kodifikatsiya
qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida
shakllangan oddiy-huquqiy me`yorlarga asoslanadi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik huquqbuzarlik sub`ektining Xalqaro
huquqni boshqa sub`ektiga etkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish
boyicha yuridik majburiyatlaridir.
Xalqaro huquqbuzarlik Xalqaro qilmishlarga va Xalqaro jinoyatlarga
bulinadi. Xalqaro jinoyatlarga Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan
tamoyillari va me`yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jaxon
hamjamiyati tizimiga salbiy ta`sir korsatadigan alohida xavfli qilmishlar
kiradi.
Xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga kura Xalqaro
gayrihuquqiy qilmishlar Xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chikaradi.
Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me`yorlar asosan Xalqaro
shartnomalarda uz aksini toptan, shuningdek, BMT va boshqa Xalqaro
tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiklangan. Xalqaro huquqda
Xalqaro javobgarlik deganda huquq me`yorlaridan kelib chikadigan
sub`ektiv majburiyatlarini buzgan, ya`ni Xalqaro huquqka xilof xatti-
harakat sodir etgan sub`ekt uchun nokulay salbiy yuridik oqibatlar
tushuniladi.
Xalqaro huquq me`erlari ichki davlat huquqi me`erlari singari uch
elementdan
birinchidan, belgilangan xulq-atvor qoidalari shart-sharoitini anglatuvchi
gipotezadan
ikkinchidan, ushbu qoidalarni ifodalovchi dispozitsiyadan uchinchidan,
ushbu qoidalarni buzgan sub`ekt uchun vujudga ke-ladigan salbiy
oqibatlar uchun kuzda tutilgan sanktsiyadan iborat. Xalqaro-huquqiy
javobgarlik Xalqaro-huquqiy me`yorlarda nazarda tutilgan sub`ektiv
majburiyatlarni buzish va ushbu me`yorlarda belgilangan sanktsiyalarni
qollash natijasida kelib chikadigan yuridik oqibatlardir.
Sanktsiya me`yorlarning zaruriy elementa ekanligi tugridan--tugri
ma`noda, huquqning har bir alohida me`yorida muayyan sanktsiya
korsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq. uchun ham,
Xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir. Xalqaro huquqda Xalqaro
javobgarlik me`yorlari tizimi uni huquq bilan tartibga solinadigan
Xalqaro munosabatlarning barcha soholariga oid bultgan umumiy
institutlaridan birini tashqil qiladi.
Xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning Xalqaro javobgarligi xususida
suz boradi. 1969 yildan BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tegishli
me`yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shugullanib kelmokda.
Davlatning har qanday Xalqaro huquqka xilof qilmishi ushbu davlatning
Xalqaro javobgarligini keltirib chikaradi.
quyidagi holatlar mavjud bo`lganda davlatning Xalqaro huquqka xilof
qilmishi
birinchidan, harakat yoki harakatsizlikda namoyon boladigan qandaydir
xulq-atvor Xalqaro huquqka muvofiq davlatga tegishli bo`lganda va,
ikkinchidan,
bunday
xulq-atvor
ushbu
davlatning
Xalqaro
majburiyatlarini buzish hisoblanganda ayon boladi.
Xalqaro huquqiy munosabatlarda davlatlar yuridik ahamiyatga molik
xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan huquqiy asosda (uz Xalqaro
majburiyatlariga rioya qilish bilan) yoki huquqka xilof (majburiyatlarini
buzish bilan) faoliyatni amalga oshiradi. har qanday davlat organining
xatti-harakati ushbu davlatning ichki huquqi asosida shunday makomga
ega bulsa (Xalqaro va milliy huquqning uzaro aloqadorligi), Xalqaro
huquqka muvofiq mazkur davlatning qilmishi deb hisoblanadi.
Davlat tomonidan Xalqaro majburiyatlarning buzilishi, davlatning
qilmishi ushbu majburiyat boyicha davlatdan talab qilinadigan harakatga
nomuvofiq bo`lgan takdirda namoyon boladi.
Faqat Xalqaro huquq sub`ektlarigina Xalqaro-huquqiy javobgarlik
sub`ekti bulishi mumkin. Jismoniy va mustaqil yuridik shaxslar oddiy
huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortilmaydilar, chunki bunda
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi.
Amaliyotda Xalqaro huquq sub`ektlarining xatti-harakatlari davlat
nomidan ish qurishga xakli bo`lgan davlat organlari va mansabdor
shaxslarning harakatlarida ifodalanadi. Ularning xatti-harakatlari uchun
davlat uzining butun milliy boyligi bilan javob beradi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari
Xalqaro huquqka xilof qilmish ikki toifaga, ya`ni Xalqaro huquqbuzarlik
va davlatlarning Xalqaro jinoyatlariga bulinadi. Sunggi toifa, agar
davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan Xalqaro huquqka xilof
qilmishlarni Xalqaro jinoyat toifasiga kiritilsa, mavjud boladi.
huquqbuzar davlat ikki turda Xalqaro javobgarlikka moddiy va siyosiy
javobgarlikka tortilishi mumkin.
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita siyosiy va moddiy turi mavjud.
Siyosiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi.
Bu zarar kurgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi
tugrisida ishontirish va uzr surash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq,
aybdorlarni jazolaщdir.
Siyosiy javobgarlik huquqbuzar davlat zimmasiga turli cheklash yoki
tiklash xususiyatiga ega boltan majburiyatlar yuklatishda
birinchidan, buzilgan Xalqaro majburiyatlarni tiklashda
ikkinchidan, huquqka xilof qilmish sodir etiщda gumon qilingan
shaxslarni javobgarlikka tortish va bunda aybdor bo`lgan shaxslarni
jazolashda
uchinchidan, jismoniy shaxslar va ularning birlashmalarini muayyan
faoliyatini ta`kiklashda
turtinchidan, yuridik shaxslarni javobgarlikka torgish va boshqalarda
namoyon boladi. Davlat tomonidan Xalqaro jinoyat sodir etilganda,
masalan, agressiya, ushbu davlatning siyosiy javobgarligi harbiy harakter
( qurolliy kuchlarni va qurollanishni cheklash kabilarda)dagi
majburiyatlar yuklatilishi, militaristik yoki boshqa turdagi tashqilot va
birlashmalarni takiklash, demilitarizatsiya chora-tadbirlarini amalga
oshirish, shuningdek, tajovuzkor davlat xududining bir qismini ajratib
olish mumkin.
Repressaliya deb yurtiladigan, huquqbuzarlikka javoban zarar kurgan
sub`ekt tomonidan amalga oshiriladigan zurlik xatti-harakatlari (masalan,
noqonuniy raviщtsa balik ovlagani uchun balik ovlash kemasini kulga
olish, mulkni xatlash yoki musodara qilish kabilar) singari siyosiy
javobgarlik shaklini ham eslab utish lozim.
Reprassaliyadan retorsiyani farqlash kerak. Retorsiya — huquqbuzarlik
hisoblanmaydigan, lekin dustona munosabatlarga zid bo`lgan xatti-
harakatlar bilan boglik bo`lgan (masalan, nodustona tarzdagi bayonotga
javoban elchilarni chakirib olish) javob choralaridir.
Individual
repressaliyadan
jamoa
sanktsiyasi
farqlidir.
Bunday
sanktsiyalar BMT Ustaviga muvofiq faqat Xavfsizlik Kengashining
qarori asosida qollanilishi mumkin.
Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli
hisoblanadi. Restitutsiya huquqbuzar davlat tomonidan nokrnuniy
raviщtsa egallab olingan moddiy boyliklarni zarar kurgan davlatga
qaytarish yoki ular yo’q. bo’lib ketgan takdirda, zararni boshkd teng
kiymatli moddiy boyliklar bilan koplaщtsir. Reparatsiya — talofat kurgan
davlatga etkazilgan moddiy zararni (shu jumladan, olinmay krlingan
foydani dam) pul yoki natura shaklida koplashdir.
Moddiy Xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquqbuzarlikka qadar
bo`lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar kurgan tarafga
etkazilgan zararni pul bilan yoki boshqa tarzda koplash) shakllarida
amalga oshirilishi mumkin bo`lgan, etkazilgan moddiy zararni koplash
majburiyatida ifodalanadi.
Urush nizolarini hol qilishning qonuniy vositasi hisoblangan paytlarda
moddiy javobgarlikning kontributsiya engilgan tarafdan golib uz harbiy
harajatlarini undirish shakli mavjud bo`lgan.
Xakikiy moddiy zarargina (bevosita va bilvosita) undirilishi mumkin.
Odatda kuldan boy berilgan foyda undirilmaydi.
Mutlak
(absolyut)
yoki
ob`ektiv
javobgarlik
singari
moddiy
javobgarlikning turlari faqat shartnoma asosidagina vujudga keladi. Bu
erda suz, zarar etkazgan tarafning aybsizligidan kat`i nazar vujudga
keladigan javobgarlik xususida bormokda. Zarar kurgan taraf faqat xatti-
harakat (harakatsizlik) bilan etkazilgan zarar urtasidagi sababli
boglanishni isbotlash talab qilinadi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari va uni amalga
oshirish
Siyosiy javobgarlik boshqa sub`ektlarning manfaatlarini ximoya qiluvchi
Xalqaro
huquq
me`yorlarini
buzish
(masalan,
diplomatik
vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chikdi.
Moddiy javobgarlik Xalqaro huquq me`yorlarini buzish holatlari
majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib
chikishi va huquqbuzarlik bilan zarar urtasida bevosita sababli
boglanishning mavjudligidan kelib chikdi.
Davlatning qilmishi faqat Xalqaro huquq asosida Xalqaro huquqka xilof
deb baxolanishi mumkin. Faqat sub`ektning harakati (harakatsizligi)
mazkur majburiyat boyicha undan talab qilinadigan xatgi-harakatlarga
mos kelmagan takdirdagina Xalqaro majburiyat buzilishi tan olinadi.
Bunda ushbu majburiyat shartnomaviy yoki oddiy-huquqiy harakterga
ega ekanligining ahamiyati yoq.
huquqbuzarlik holati (mutlak javobgarlikda moddiy zarar etkazish holati)
aniqlanganda zarar kurgan taraf da`vo kuzgatadi. Da`vo kuzgatuvchi
faqat bevosita Xalqaro huquqning zarar kurgan sub`ekti bulishi mumkin.
Xalqaro jinoyat tushunchasi
Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va Xalqlarning xayotiga, Xalqaro
huquqning asosiy tamoyillariga, Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tajovuz
qiladigan ogir Xalqaro huquqka xilof qilmishlar kiradi.
Umumjaxon tinchligi va Xalqaro xavfsizlik, davlatlar va Xalqlar
urtasidagi yaxshi kushnichilik va dustona munosabatlar, Xalqlar va
millatlarning uz takdirini uzi hol qilish huquqi, urush qonunlari va
odatlari, inson huquqlari Xalqaro jinoyatning ob`ekti bulishi mumkin.
Xalqaro jinoyatlarga tajovuzkorlik xatti-harakatlari, zurlik Bilan
mustamlakachilikni urnatish, genotsid, aparteid va boshqalar kiradi.
Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi
Xozirgi Xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat
xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun individual javobgarligi
tan olinadi. Jismoniy shaxslarning Xalqaro jinoyat uchun javobgarligi
ko`piroq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati Bilan boglik
ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat Xalqaro-huquqiy
javobgarlikka, jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Shaxs tomonidan buyrukni (uz hukumati yoki rahbarining buyrugini)
bajarish natijasida jinoiy xatti-harakat sodir etishi jinoiy javobgarlikdan
ozod qilmaydi. Bunday shaxslarni jazolash uchun Xalqaro va milliy
qonunchilik qollaniladi.
Shaxsning rasmiy makomi (davlat yoki hukumat rahbari) uni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish uchu nasos bulmaydi.
Ikkinchi jaxon urushidan sung asosiy harbiy jinoyatchilarni sudlash
uchun ikki Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbik tribunallari tashqil
qilngan. Xavfsizlik kengashining qarori (199q yil) Bilan sobik
Yugoslaviya xududida jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxslarni
sudlash uchun Xalqaro tribunal tashqil etish nazarda tutilgan.
Xalqaro jinoyat sodir etgan Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi
Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning Xalqaro shartnomalardan
va Xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chikadigan uz Xalqaro
majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi.
Xalqaro
tashkilotlar
uz
organlarining
nizomidagi
va
boshqa
majburiyatlariga rioya qilmasligi va Xalqaro mansabdor shaxslarning
xatti-harakatlari bilan keltirilgan zarar uchun javobgar boladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |