Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 
Фойдаланилган адабиётлар: 
1.Arun N., Singh D.P. A review on pharmacological applications of halophilic alga Dunaliella.// 
Indian Journal of Geo-Marine Science. 2016. V.45 (3), P. 440-447
2. Yokthong wattana K, Savchenko T, Polle JE, Melis A. Isolation and characterization of a 
xanthophyll-rich fraction from the thylakoid membrane of 
Dunaliella salina
(green algae). Photochem 
Photobiol Sci. 2005 Dec;4(12):1028-34. Epub 2005 Oct 5.
3. Ye ZW, Jiang JG. Analysis of an Essential Carotenogenic Enzyme: ζ-Carotene Desaturase 
from Unicellular Alga Dunaliella salina. J Agric Food Chem. 2010 Oct 13. 
4. Yamano Y, Yoshizawa M, Ito M. Isolation of 9Z beta-carotene from Dunaliella bardawil and 
its stereoselective synthesis. J Nutr Sci Vitaminol (Tokyo). 1999 Jan;45(1):49-62.
5. Ben-Amotz A New mode of Dunaliella biotechnology: two-phase growth for β-carotene 
production. J. Appl. Phycol. 7, (1995) 65-68 
6. Chidambara Murthy KN, Rajesha J, Vanitha A, Swamy MM, Ravishankar GA. Protective 
effect of 
Dunaliella salina
-A marine micro alga, against carbon tetrachloride-induced hepatotoxicity in 
rats. Hepatol Res. 2005 Dec;33(4):313-9.
 
 
TABIAT VA QAHRAMON KONSEPSIYASI 
Abduraxmonov A. 
FarDU tayanch doktoranti 
Tabiat manzaralaridan barcha ijodkorlar o‘z asarlarida foydalanadi. Normurod Norqobilovning 
oʻziga xosligi shundaki, u tabiatni shunchaki tasvirlamaydi. Uni, avvalo, jonli mavjudot sifatida qabul 
qiladi va obraz darajasiga koʻtaradi, bu orqali qahramonning xarakter qirralarini yaratishga intiladi. 
Yozuvchining tabiatdan ayri holda tasvirlangan qahramonini toppish qiyin. Muallifning “Qoyalar ham 
yigʻlaydi” qissasida qoya, buloq, tosh, archa, ayiq, it, inson o‘rtasidagi uzviy, tabiiy bogʻliqlik 
tasvirlangan. Asar qahramoni Ernazar polvon borligʻi, oʻy-fikrlari bilan tabiat – tog‘ odami. Uning 
hayotga, insoniyatga bo‘lagan munosabati tabiat, tog‘ va undagi jonivorlarning xususiyatlari bilan 
uyg‘unlashgan. Nabirasi Bekqul bilan suhbatda buni ko‘rish mumkin. 
-
Iting tovda qoldi, bolam.
-
Nimaga qoladi? – bu gal bolaning ovozi zardaga to‘la edi.
-
Shu… jondorlar bilan bir maydon o‘ynashib qaytadi-da.
19
Yozuvchi asarning bu o‘rnida bobo obrazini donishmand chol sifatida tasvirlaydi. Bobo 
nabiraning it(Ziyrak) bilan do‘st, hamroxga aylanib qolganligini va unga nisbatan bo‘lgan mehrni 
e’tibordan chetda qoldirmaydi. Shuning uchun birdaniga “iting o‘ldi” demaydi. Umuman olganda, 
yozuvchining it obraziga murojaat etishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Chunki manbalarda it 
sadoqatning mujassami sifatida namoyon bo‘ladi. It Sharq she’riyatidagi an’anaviy obrazlardan biri 
bo‘lib, u goh ma’shuqa bilan oshiqni bog‘lab turuvchi, goh oshiq bilan ma’shuqa visoliga rahna 
soluvchi badiiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ma’shuqa itiga oshiqning iltifot ko‘rsatishi, u bilan yaqin 
bo‘lishga intilishidan ilinj visolga erishishdir. Tasavvuf adabiyotida esa it vafo, sadoqat va fidoiylik 
timsoli sifatida ulug‘langan.
20
Tabiat va insoniyatning yaqin munosabatida it muhim o‘rin tutishi sir 
emas. Bu yaqinlik bola xarakterini ochishda yordam beradi, albatta.
19
Норқобилов Н. “Тоғдаги ёлғиз одам” Тошкент.: “Ўзбекистон” 2011 б 183
20
Мингбоева Д. “Тимсоллар тилсими” Тошкент.: “Янги аср авлоди” 2007 б 85 


65 
Ernazar polvon nutqining so‘ngida yupatish ohanggida “bolam” so‘zini qo‘llaydi. Bu so‘z ham 
asarda polvonning xarakterini ochishda qo‘l kelgan. Bekqulning ko‘ngli o‘ksishini oldindan sezgan 
bobo unga shunday – yupatish ohanggida gapiradi. 
Nabiraning javobidan kutilgan o‘ksinish, it bilan yaqinlik munosabati seziladi. Buni “zardaga 
to‘la” ovoz, ohangda gapirishidan sezish mumkin. O‘zbeklarda bobo juda xurmatli inson hisoblanadi. 
Qissa qahramoni Ernazar polvon nafaqat oila, balki qishloq ahli o‘rtasida ham a’lohida hurmat 
e’tibordagi odam. Shunday insonga nabiraning zarda bilan gapirish uchun yetarli asos bo‘lishi lozim. 
Yozuvchi bunga asos sifatida it va bolaning do‘stligidan foydalanadi.
Qanchalik qattiqqo‘l bo‘lmasin tabiat va inson (Ziyrak va Bekqul) do‘stligi oldida bobo ham ojiz 
qoladi. U nabirasiga asl voqeani aytolmay qiynaladi, unga qandaydir yordam berishni, uning yuragini 
o‘rtayotgan do‘stlik o‘rnini to‘ldirishni chorasini topa olmaydi. Bu matnda olmosh, ko‘p nuqta va 
yuklama yordamida ochiladi. Ya’ni, bobonig “Shu…” jumlasida qo‘llangan olmosh noaniqlik, 
mavhumlik ma’nosini bildirsa, ko‘p nuqta to‘xtalish, nutqiy jarayondagi pauzani ifodalaydi. To‘xtalish 
o‘z-o‘zidan Ernazar polvonning psixofiziologik holatidan – nabiraga bo‘lgan voqeani ochiq aytishga 
qiynalayotganidan darak beradi.
Ilojsiz qolgan bobo tabu
21
usulidan foydalanadi. Ya’ni bolaning itini “jondorlar bilan bir maydon 
o‘ynashib” qaytishini aytish orqali tag ma’noda aksi bo‘lishini ifodalaydi. Bu o‘rinda bolaning 
dunyoqarashi ham ochilgan. Bola tog‘da tug‘ilgan, shu yerda katta bo‘lgan. U jondor – bo‘ri bilan 
“maydon o‘ynashib”, ya’ni kuch sinashib bo‘lmasligini, buning natijasi o‘lim ekanligini yaxshi biladi.
Bobo Ziyrakni o‘lganligini Bekqulga yaxshiroq anglatish uchun ta’kid yuklamasidan 
foydalanadi. Bu o‘rinda gapga ters ma’no yuklagan.Iboradan itning qaytmasligi ayon bo‘ladi. 
- Otib tashladim, - dedi rostiga ko‘chib. – Agar ko‘zingni siydigini oqizsang, seniyam ayab 
o‘tirmayman! 
- Yaxshi edi-ku,- dedi bola ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan judolik alamini bazo‘r yutib. – 
Yaxshi kuchuk edi u. 
- Zoti past jonivorning qilig‘i hamisha yarashimli bo‘ladi. Qishda tevadan jondorlar ensin edi, 
ko‘rarding o‘shanda itingning qilig‘ini. Qo‘ra bir yon qolib, momongni qo‘yniga urib ketardi uning. 
Bunday itni tirik qoldirib bo‘lmaydi. Issig‘ida yo‘qotgan tuzuk
22
.
Suhbat paytida Bekqulning ovozidagi mungni sezgach bobolarcha mehr tuyg‘usi o‘rnini o‘tkir 
nigoh va qahr egallaydi. Qissada Ernazar polvon jahl bilan aytgan yuqoridagi fikrlar faqat itning otib 
tashlangani haqidagi ma’lumotgina emas, balki, yigit kishi bo‘lgani holda Bekqulning ko‘zi 
namlanishidan noroziligi aks etadi.
Jonlimi, jonsizmi – har narsaning asli yaxshi aqidasiga amal qiladigan bobo halollik, poklik va 
mardlikni hayotda kurashish kerak bo‘lgan asosiy hislatlar deb biladi. “U har bir odamning hayotdagi 
asosiy shiori ma’naviy poklik bo‘lishini istaydigan, har qanday sharoitda ham to‘g‘ri yashashga o‘zida 
kuch topa oladigan to‘g‘riso‘z, qat’iyatli, o‘ta milliy qahramon”
23
.
Asli, voqea ulkan ayiqqa ro‘baro‘ kelishga hayiqqan Ziyrak va ikki itini Ernazar polvon otib 
tashlagani haqida. Polvon bu odat boʻyicha itlarini besh yildan buyon Maymoq ayiqqa gij-gijlab 
sinovdan oʻtkazib keladi. Bunaqa paytda, ayiqqa o‘q uzmaydi, u itlarni sinovchi obyekt sifatida xizmat 
qiladi. Toʻqnashuvda jarohat topgan yovqur it esa alohida parvarishlanadi. Chunki u nasli toza, noyob 
it hisoblanadi. Polvonning zotga e’tibor berishi, nasl tozaligini saqlash yo‘lidagi harakati qissada 
asosiy g‘oyaviy mazmunni tashkil qiladi.
Asar qahramoni naslni toza saqlashni faqat hayvonlarda emas, balki insonlarda, o‘z oilasida ham 
amalda joriy etadi. Muallif qahramonning qiz farzandga e’tiborsizligini ularga tug‘ilganlik haqida 
guvohnoma olishidagi kotib va polvonning qiziq suhbati bilan beradi. U oilani haybatli daraxtga 
qiyoslaydi. Bunda, o‘zini azim daraxt, o‘g‘illarini uning butoq – shoxi, nabiralarni shu shoxlarning 
yaprog‘iga qiyoslaydi. Qizlarga bu daraxtda o‘rin yo‘q, qiz tomondan nabiralar esa uncha 
xushlanmaydi. Sababi, ular o‘zga daraxtning butoqlari ekanlagida.
21
http:/uz.m.wikipedia.org
22
Норқобилов Н. “Тоғдаги ёлғиз одам” Тошкент.: “Ўзбекистон” 2011 б 183 
23
Рустамова М. Нормурод Норқобилов қиссаларида характер. Ўзбек тили ва адабиёти 2006 йил 3 сон 64 бет 


66 
Er yigit haqidagi polvonning qarashlari o‘ziga xos: “Ul deganlari xarsangtoshday dag‘al 
bo‘lsaykan, qizbetdan polvon chiqarmidi”
24
. Polvonning nazdida chiroy o‘g‘il bolaga kerak 
bo‘lmagan, ayni paytda erkakning asosiy o‘rnini yo‘qotadigan holdir. Dastlabiga o‘rtancha o‘g‘il O‘sar 
birdan-bir aybi xushsuratligida edi. Biroq Ernazarning qarashlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Kurashda 
davra aylanmaydigan, shaharda mushtumzo‘rlik qilib yuradigan, spirtli ichimlik ichadigan va eng 
asosiysi zino yo‘liga kirgan o‘g‘ilni ota qabul qila olmaydi. Uni o‘zining zaxa yegan shoxi deb biladi. 
Asar davomida O‘sarning farzandi ekanligiga, kuchuk bo‘lmaganiga Ernazar polvon afsuslanadi. Agar 
kuchuk bo‘lib yaralganda bu naslni buzuvchini otib tashlagan bo‘lardim deya ta’kidlaydi. Bu o‘rinda 
gap faqat o‘g‘ilning xarsangtoshday dag‘al, kuchda tengsiz polvon bo‘lishida emas, balki oilada 
mustahkam o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida boradi. Mustahkam o‘rin esa halollik, poklik, or-nomuslilik 
bilan belgilanadi. 
Asar davomida tog‘liklarga xos kurash va undagi xolatlar tasviri ifodalangan. Davrada Turkman 
polvonga ikki o‘g‘li yiqilib, O‘sar kurashishni hohlamagandan so‘nh nomusiga chidolmagan Ernazar 
polvon o‘zi davraga tushadi. Uning or-nomusi, yoshi va holatini hurmat qilib yiqilib bergan Turkman 
polvonni “Qiliq qilmay, tuzuk olish, otangni jiligiga..” deb qayta kurashganligi polvonning e’tiqodida 
halollikni o‘rni qay darajada muhim ekanligini anglatadi. Uyga qaytganda davrada bo‘lmagan, 
ishongan o‘g‘li Ko‘char polvonni kaltaklab, “Yiqitib berasan. Ernazar polvonni yer qilib ketti. 
Yiqitmasang, enangni taloq qilaman” deb g‘azabdan, uyatdan o‘zini bosolmaganligi, uning g‘ururi, or-
nomusini baland ekanligini ko‘rsatadi. 
“Qoyalar ham yigʻlaydi” qissasida tog‘, tabiat tasviri va polvon kelbatli kishilarning oʻzaro 
munosabati ifoda topgan. Muhimi, Ernazar polvon, Koʻchar polvon, Turkman polvon singari 
qahramonlar tabiati toshlar, xarsanglar bilan uygʻunlikda ifoda etilgan. Ernazarning polvonlarga xos 
tushunchalari oddiy, sodda, hatto eskirib ketganday. Aslida esa, tabiatning tuzilishi, ming-ming yillik 
hayoti oddiy, sodda, nihoyatda teran qonun-qoidalarga asoslangan. “Qoyalar ham yigʻlaydi” qissasida 
borliq insonlar feʼli-atvoriga qiyoslab koʻrsatilgan.
25
Ernazar polvon Oʻsardan ranjigan, uni yaxshi soʻz, pand-nasihat bilan haq yoʻlga tushirmoqchi 
boʻladi. Vaziyat qahramon hohlaganidek bo‘lmadi. Qissa so‘ngida qoyadan harakatga kelgan toshlar 
Oʻsarni halok qiladi. E’tiborlisi, muallif polvonning farzandkush bo‘lib qolishidan saqlaydi va O‘sarni 
xaromga, zinoga qo‘l urganligi uchun tabiat – toshlar orqali jazolaydi. Qissada O‘sarni qoya toshlari 
ostida qolishi yana bir karra mantiqan o‘rinli. Sababi, Ernazar polvon “Ul deganlari xarsangtoshday 
dag‘al bo‘lsaykan” deganda halol, pok, asl er-yigitni nazarda tutadi. O‘sar esa halol kurashdan 
qochgan, hayotiga xarom va zino singgan. Adolatning adolatsizlik, poklikning nopoklik ustidan 
g‘alabasini tasvirlash esa adabiyotning asosiy vazifalaridan sanaladi. 
Demak, “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasida qahramonning ichki dunyosi va xarakteri qoyaga 
hamohang tarzda tasvirlanadi. Umuman, muallif parallelizm usulini qo‘llagan holda asardagi 
qahramonlarining xarakteri, ruhiyatini yoritishda tabiat tasviridan o‘rinli foydalanadi. Muallifning 
barcha asarlarida tabiat, jonivorlar, inson tasviri o‘zaro uyg‘unlik hosil qiladi va bu Normurod 
Norqobilovning o‘ziga xos uslubini belgilashda asosiy ahamiyatga ega. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish