“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
638
boshqaruv kengashida Rossiyaning vakilidir. Mazkur ish borasida O‗zbekistonlik
hamkasblarimizga ilk tayyorgarlik uchun Moskvada seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu
seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik
ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‗lgan mutaxassislar tashrif
buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‗yilgan
mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‗lgan edi. Zero, mamlakat
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‗z oldiga aniq maqsad qilib qo‗ygan. Prezident va
hukumat tomonidan ta‘lim tizimi oldida aniq vazifalar belgilangani, bu shunchaki ta‘lim
holatini nazorat qilish emas, balki ta‘lim tizimining qanday darajadaligi haqida ma‘lumot
beradigan, ta‘lim sifatini yaxshilashga yordamlashadigan va uni yanada raqobatbardosh
qiladigan yo‗nalish ekanligi barchaga tushuntirilganligiga guvoh bo‗ldik. Bizning
nazarimizda, birgalikda o‗tkazayotgan seminarlarimiz O‗zbekistonning raqobatbardoshligini
global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash
uchun juda muhim. PISA xulosalari 2023 yil yakunida e‘lon qilinadi.
Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki
holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi.
Mamlakatimiz ushbu tadqiqotlarda birinchi marta qatnashayotgani sababli hozircha aniq
natijalar mavjud emas va xulosa qilish qiyin. Lekin bu bo‗yicha o‗z taxminlarimni
ochiqlashim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‗yicha natijalar o‗qish savodxonligi
bo‗yicha ko‗rsatkichlardan yuqori bo‗ladi deb o‗ylayman. Gap shundaki, PISAda o‗qish
savodxonligini baholash vositalari keskin o‗zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018
yilda bir oz yomonlashganini ko‗rdik. Shuningdek, o‗quvchilarning test sinovlarini baholash
uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki
o‗quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‗p o‗lchovli matnlar, ziddiyatlarni
aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‗lgan matnlar. Shuning
uchun bu yo‗nalishda o‗zbekistonlik maktab o‗quvchilarining natijalarida uncha katta siljish
bo‗lmasligi mumkin, deb o‗ylaymiz.
Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy fanlardan, Qozog‗iston, Ozarbayjon
va Gruziya kabi mamlakatimiz ham dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‗rsatadi. Biz
bundan umidvormiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |