ADABIYOTLAR:
1. Лурия С.Л. Общая психология . Москва. 2005.
2. Немов Р.С. Психология. М. 2000.
3. Рогов И. Настольная книга практического психолога. 2005.
4. Хайдаров Ф.И., Халилова Н.И. Умумий психология. Электрон дарслик. Т.,
2009.
5. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т., 2011
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
619
OILAVIY ZO„RAVONLIK PSIXOLOGIYASI
Aslonboyeva Gulsanam Baxromjon qizi
Ijtimoiy Iqtisodiyot fakulteti
Amaliy psixologiya yo‗nalishi 201 guruh talabasi
Annotatsiya:
Oilaviy-maishiy zo‗ravonlik — oilaning bir a‘zosiga nisbatan boshqa
bir a‘zosi yoki a‘zolarining muntazam davom etib keluvchi, takrorlanib turuvchi
zo‗ravonligidir va u asosan oila ichida ro‗y beradi. Jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy
zo‗ravonlik kabi ko‗rinishlarda namoyon bo‗lishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
Ayollar psixologiyasi, haqoratlash, majburlash, zo‗rlash, iqtisodiy
cheklovlar qo‗yish.
Oilaviy zo‗ravonlikni hech qanday sharoitda oqlab bo‗lmaydi, chunki u insonning
asosiy huquqlariga (hayoti, sog‗ligi, sha‘ni, qadr-qimmati, erkinligi) daxl qiladi. Zo‗ravonlik
faqat jismoniy kuch ishlatish bilan emas, ruhiy, axloqiy, iqtisodiy va maishiy bosim
ko‗rinishlarida namoyon bo‗lishi va oilaning har qanday a‘zosiga nisbatan qo‗llanishi
mumkin. Haqoratlash, majburlash, zo‗rlash, iqtisodiy cheklovlar qo‗yish, muntazam ruhiy
qiynoqqa solish kabi holatlar ham zo‗ravonlik sifatida baholanadi. Qonun fuqarolarni
zo‗ravonlikning har qanday turidan himoyalaydi.
Oilaviy zo‗ravonlik nima? O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida «oilaviy-maishiy
zo‗ravonlik» atamasiga izoh berilmagan. Ammo xalqaro miqyosda bu termin keng
qo‗llanadi. Oilaviy zo‗ravonlik faqat bir mamlakat va millatga xos illat emas, u bilan butun
dunyo kurashib keladi. Shuning uchun ta‘rifni xalqaro manbalardan keltiramiz. Oilaviy-
maishiy zo‗ravonlik — oilaning bir a‘zosiga nisbatan boshqa bir a‘zosi yoki a‘zolarining
muntazam davom etib keluvchi, takrorlanib turuvchi zo‗ravonligidir va u asosan oila ichida
ro‗y beradi. Jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‗ravonlik kabi ko‗rinishlarda namoyon
bo‗lishi mumkin.
Jahon miqyosidagi statistika va umumiy tendensiyalarga nazar tashlasangiz, oilaviy
zo‗ravonlikdan asosan ayollar va bolalar jabr ko‗rayotgani ma‘lum bo‗ladi. Lekin bu mutlaq
xarakterga ega emas, ya‘ni oilada erkak kishining ham ayoli yoki ota-onaning farzandlar
yoxud boshqa oila a‘zolari tomonidan ruhiy bosim ostida yashab kelishi kuzatiladi. Bu ham
oilaviy zo‗ravonlikning bir ko‗rinishi sanaladi. Chunki, mazkur holatda shaxsning birlamchi
huquqlari buziladi, natijada jabrlangan shaxs jiddiy psixosomatik kasalliklar orttirishi yoki
boshqa ayanchli holatlari ro‗y berishi mumkin.
Oilaviy zo‗ravonlikning eng og‗ir oqibatlaridan yana biri farzandlar ruhiy holati va
axloqiga yetkaziladigan jiddiy zarardir. Ko‗pincha, bolalarning o‗zi ham oilaviy zo‗ravonlik
qurboni bo‗ladi. Kichik yoshdagi bolalarda oilaviy-maishiy zo‗ravonlik oqibatlari turli
kasalliklar shaklida namoyon bo‗lsa, o‗smir yoshdagilar orasida u hol suitsid holatlariga olib
kelishi ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |