“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
590
BOSHLANG‟ICH SINF O‟QISH DARSLARIDA O‟QUVCHILAR NUTQINI
O‟STIRISHDA XALQ OG‟ZAKI IJODI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH
Yuldasheva Iroda Abduholiq qizi
FarDu Ta‘lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang‘ich ta‘lim) 1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar :f.f.n.dots
.
B.Q.Qurbonova
Vatanimiz kelajagini buyuk davlat darajasiga ko‘taradigan ijodkor shaxsni yaratishda
boshlang‘ich ta‘lim mutahkam poydevor rolini o‘ynaydi. Ma‘lumki, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilariga ta‘lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o‘qish
darslarida amalga oshiriladi. Darslarda o‘tilayotgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarning
izchil asosli, puxta bilim va malaka hosil qilishlarini ta‘min etish lozim. Buna o‘quvchilarga
ta‘lim berishning asosiy vositasi dars orqali erishiladi. Mavzularni o‘tishga o‘quvchilarning
o‘qish texnikasi bilim saviyasiga qarab darslarda ijodiy yo‘nalishlardan foydalanish lozim.
«O‘qish va nutq o‘stirish» dasturi DTS talablariga javob beruvchi konseptsiya asosia
tuzilgan. Unda tematik, estetik, qisman mavsumiy tizmlar hisobga olingan. U o‘z navbatida
bolaning tevarak –atrofdagi voqelikni idrok etishini ko‘zda tutadi. O‘qish kitobi bosh
mavzularining bunday tuzilishi, birinchidan ta‘lim-tarbiya berish uchun muhim bo‘lgan
adabiy, ilmiy-ommabop asar namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Ikkinchidan
o‘quvchilarni yuqori sinflarda adabiyot fanini o‘rganishga tayyorlaydi.
Dasturlarda darsliklarda o‘quvchilarning yosh hususiyat va ruhiy holatlari hisobga
olingan. Har bir o‘qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi.
Muomalaning asosiy vositasi - tildir. Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so‘zning
gadosi». Shunday ekan, o‘qituvchi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi:
«Shirin so‘z – ko`ngillar uchun bamisoli asaldir».
Shuning uchun ham o‘qituvchi har doim nutq madaniyatiga qattiq e‘tibor berishi,
o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi
muhimdir.
O‘qish faoliyati boshlang‘ich sinflarda barcha fanlarda amalga oshiriladi, lekin
o‘qishga o‘rgatish o‘qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o‘quvchini
o‘qishga o‘rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra t a‘lim
tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta‘limiy
tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta‘limini o‘qish
ta‘limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvisining faoliyati faqat darslarini o‘tish bilan cheklanmaydi,
uning vazifasiga «Ifodali o‘qish» to‘garaklari, «Yosh adabiyotchilar» klublarini tashkil etish
kechalari hamda tanlovlarni tayyorlash va o‘tkazish, o‘quvchilarning nutq madaniyatini
nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o‘qish va ulami uyushtirish, bolalar va qo‘g‘irchoq teatri
Do'stlaringiz bilan baham: |