“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
584
O‟ZBEKISTONDA MAVJUD TEMIR KONLARIDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH
TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH
Tolibov Behzod Ibrohimovich
DSc, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
―Metallurgiya‖ kafedrasi professori.
Yuldoshev Sarvarbek Mavlon o‟g‟li
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
―Metallurgiya‖ kafedrasi o‘rindosh assistenti.
Anotatsiya.
Ushbu tadqiqotmizda biz ―Tebinbuloq‖ rudalasidan foydalangan holda
temir oksidlarini uglerodli tiklash va vodorod yordamida tiklash orqali sof holatdagi
temirni ajratib olishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordik.
Kalit so‟zlar:
oksidlangan temir, uglerod, vodorod, titan, vanadiy, mufel pechi.
Hozirgi vaqtda Tebinbuloq rudasi hamda mis shlaklaridan temirni olish bu katta
muammo bo‗lib turibdi, shunday ekan bugungi kunda OKMK ga tegishli 800 ming
tonnadan ortiq, tarkibida temir oksidlari 50% dan yuqori bo‗lgan misli shlaklar mavjud.
Undan tashqari O‗zbekistonda yana temirli ruda konlari juda ko‗p, jumladan Tebinbuloq
koni, Toshkent viloyatining Parkent hududida joylashgan Syurenota koni va Jizzax
viloyatida Quyitosh kabi temirli konlaridir. Endi shu 3 ta temir rudalardan hozirga qadar
birortasi ham ishga tushirilmagan, lekin juda ko‗p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Syurenota konidagi temirning foizi yuqori bo‗lsada, uni olish juda qiyin, chunki u tog‗ning
yuqori qismida va rudaning o‗zi pastgi qismida bo‗lganligi sababli qazib olish juda qiyin va
xom-ashyoning umumiy hajmi ham kam. Quyitoshdagi rudalar sement zavodlariga
qo‗shimcha sifatida foydalanilmoqda ammo u yerdagi xom-ashyo 10-20 yil Respublikani
temir metalli bilan ta‘minlash imkonini beradi holos. Demak faqatgina temirga boy kon
bo‗lishi Tebinbuloq rudasi bilan ishlash zarur. Tebinbuloq konidagi temirni ajratib olish
juda katta muammo bo‗lib turibdi. Biroq kon atrofida qulay sharoitlar mavjud; konga yaqin
joyda temir yo‗l trassasi, suv ta‘minoti, elektr podstansisi yaqin, avtomobil yo‗li kon
yaqinidan o‗tgan. Tarkibida temirdan tashqari vanadiy, titan ham mavjud. [5].
Demak temir ajratish iqtisodiy samara bermasa, uning tarkibidagi vanadiy va titanni
ajrtib olish iqtisodiy samara beradi.
Tebinbuloq temir tarkibli rudasini tashkil etuvchi komponentlar ro‗yxati:
1-jadval
Komponentlar
Fe
2
O
3
V
2
O
5
TiO
2
MnO
SiO
2
CaO
MgO
Miqdori,%
16,9
0,2
2,1
0,25
45,6
0,88
0,62
Olingan ruda ikki joydan olinganligi sababli biri 27.2 % temir, ikkinchisida 16.9%
temir miqdori aniqlandi. Analikit tahlil qilinib 2 xil ruda qayta ishlandi, birida 16.9 % li
temir bilan hamda 27.2 % li temir qayta ishlanildi. Birinchi usulda past haroratda uglerod va
vodorod bilan kuydirib tiklash usuli qo‗llanildi. Bu tiklash past haroratda erimasdan turib
Do'stlaringiz bilan baham: |