“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
574
5-IYUN BUTUN JAHON ATROF -MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI.
Jumayeva Munira Toshevna
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji
Har yili 5-iyunda o‗tkaziladigan Atrof-muhitni muhofaza kuni BMTning butun jahon
jamiyati e'tiborini atrof muhitni muhofaza muammolariga jalb qilishdan iborat. Bu bayram
1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‗yicha Stokgolmda o‗tkazilgan
konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. Bu kunning nishonlanishi har bir
inson Atrof muhitni muhofaza qilish uchun o‗z xissasini qo‗shishga undaydi. Bu kunning
maqsadi - hamma davlatlar birlashgan holda atrof muhitni muhofaza qilish uchun
kurashishlari kerak. Bu kun butun dunyoda an‘anaga aylangan bo‗lib, bu kunda ko‗chalarda
mitinglar velosipedchilarning paradlari, ochiq maydonlarda konsertlar, maktablarda turli
ko‗rik tanlovlar va boshqa tadbirlar o‗tkaziladi, shuningdek bu kunda daraxtlar gullar
ekiladi, maydonlar tozalanadi. Har yili bu bayram quyidagi shiorlar ostida o‗tkaziladi:
"Yerimiz yagona‖, "Suv bu obihayot‖, "Zararli chiqindilarni yo‗q qilish‖, "Kelajak avlod
uchun - tinch hayot‖, "Daraxtlar tinchlik uchun‖, "Yoshlar: atrof-muhit‖ "Bizning uyimiz,
bizning yerimiz‖ va hakozolar. Halqaro bayram tadbirlarini o‗tkazish vaqti, kuni, mavzusi
BMT vakillari tomonidan tasdiqlanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari,
bugungi kunda hammani tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ularni
hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‗lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va
kelajagi ko‗p jihatdan ana shu muammolarning hal qilishiga bog‗liqdir. Atrof-muhitni
muhofaza qilish inson faoliyatiga bog‗liq. Buning uchun oiladan boshlab ekologik ta'lim va
tarbiyani yosh avlodimiz ongiga singdirib, ona - tabiatni - vatanni ardoqlashni o‗rgatishimiz
kerak. Prezidentimiz tasabbuslari bilan O‘zbekiston bo‘ylab ―Yashil iqtisodiyot-yashil
makon aksiyasining o‘tkazilishi atrof-muhitimizni asosan havo muhitini sog‘lomlashtirilishi
insonlarning sog‘ligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.Bu aksiyadan asosiy maqsad avvalombor
havo muhitining musaffoligi ,atmosferadagi zararli gazlarning kamayishi,atmosferadagi
ekologik muammolarni kamaytirish,sog‘lom va sof havo muhitidan bahramand bo‘lishdan
iborat.
Birinchi qo‘lyozma kitobimiz avestoda ham atrof-muhit muhofazasi bo‘ycha bir
qancha tadbirlar qilingan ,chunki o‘sha paytdan ajdodlarimiz barcha yuqumli kasalliklar
atrof-muhitdan tarqalishini yaxshi bilganlar va yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga
da‘vat etganlar.17 yoshdan yigitlar va 15 yoshdan qizlar oq namatda,ya‘ni oq kiyimda
qasamyod qilganlar, ―atrof-muhitga zarar yetkazmaymiz va isrofgarchilikka yo‘l
qo‘ymaymiz.Agarda atrof-muhitga zarar tetkazsak,har qanday jazoga loyiqmiz ―deb yoshlar
qasamyod qilganlar.
Hozir atrof muhitga ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy texnika
taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori sur'atlarda o'sishi, moddiy iste'molning
yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir
guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |