Ключевые слова:
лингвистика, компьютер, корпус, программирование,
машинный перевод.
Respublikamizda davlat tiliga eʼtibor milliy qadriyatlarni eʼzozlashning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Milliy tilni asrab-avaylash, undan amaliy
foydalanish ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish, shu bilan bir qatorda, o‘zbek
tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishini taʼminlash
dolzarb vazifaga aylandi. Korpus tilshunosligi fanining asosiy maqsadi lingvistik
masalalarni
yechish
uchun
kompyuter
dasturlarini
ishlab
chiqishdir.
Korpus
tilshunosligining asosiy vazifalari tillarni o'rgatish, bilimlarni sinab ko'rish, matnlarni
tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdir.1(
http://compling.navoiy-
uni.uz/46
)
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
562
XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda ―mashina tarjimasi‖, ―mashina
lingvistikasi‖ atamalari qoʻllanila boshlandi. Bu asrning buyuk ixtirosi hisoblangan
hisoblash texnologiyasi tilshunoslikka ham kirib kelganining isboti edi. Mashina tarjimasi
yoki avtomatik tarjima deganda kompyuter dasturlari yoki elektron lug‗atlar yordamida
matnni bir tildan ikkinchi tilga tez tarjima qilish tushuniladi. Mashina tarjimasining
asoschilari muhandislar va matematiklar bo'lib, keyinchalik bu sohada tilshunoslar ham faol
qatnashdilar. Shunday qilib, mashina tarjimasi g‗oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy
tilshunoslik rivojida muhim rol o‗ynadi. Formal grammatika nazariyasi paydo boʻlgandan
keyin asosiy eʼtibor til modeli va uning oʻziga xos tomonlarini yaratishga qaratildi. Tilning
bu jihatlari matematik tilshunoslik fanida rivojlanib bordi, bu esa o‗z navbatida hisoblash
tilshunosligi fanining paydo bo‗lishiga asos bo‗ldi. Demak, shu asosda tilshunoslikning
yangi yo‗nalishi kompyuter lingvistikasi, tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy
yo‗nalishlari vujudga keldi.
Kompyuter tilshunosligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) til o‗rgatish;
b) bilimlarni tekshirish;
v) matnlarni turli usullarda avtomatik tahrirlash;
g) mashina tarjimasi uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish;
d) lug'atlar va matnlarni kompyuterda statistik tahlil qilish.
Bular ham hisoblash tilshunosligining o‗ziga xos sohalaridir. Xorijda va Rossiyada
mashina tilshunosligi bo'yicha tadqiqotlar doirasi keng. Bugungi kunda O‗zbekistonda ham
kompyuter tilshunosligi rivojlanib, ko‗plab ilovalar, mobil ilovalar, lingvodidaktik
platformalar, tarjimonlar uchun elektron lug‗atlar, eng muhimi, milliy korpus va uning ichki
korpuslari yaratilmoqda.2 (
http://www.disscat.uz
)
Аmaliy lingvistikaning alohida sohasi hisoblangan Korpus lingvistikasi o‘qitish
metodikasini takomillashtirishga asoslangani, grammatik xususiyatlarni tushuntirishda
ko‘nikma hamda malakaga eʼtibor qaratilgani, chet tillarini, milliy tilni ona tili va chet
tili sifatida o‘qitish masalalari, avtomatik tarjima bilan shug‘ullangani uchun unga
bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu soha o‘zbek tilshunosligi uchun yangi soha bo‘lganligi
sababli qator kamchilik va muammolardan holi emas, albatta. Davlat tilining axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib
o‘rin egallashini taʼminlash hamda o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish
dolzarb masalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda korpus lingvistikasining
taraqqiyot tamoyillarini, korpus yaratishning kompyuter usullari, matematik
modellarini belgilash, parallel korpuslar, kompyuter lug‘atlarining maʼlumotlar bazasi
sifatidagi ahamiyatini yoritish, korpus turlarini tahlil qilish, milliy til taraqqiyotidagi
o‘rnini ko‘rsatish, ijtimoiy sohalar rivojidagi, taʼlim jarayonidagi samaradorligini
aniqlash muhim qiymatga ega bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda amaliy tilshunoslik
sohalarini rivojlantirish, kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarini, lingvistik masalalarni
kompyuter imkoniyatlari asosida hal qilish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi funksional
doirasini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor berila boshlansada, bu borada sanoqli
ishlar amalga oshirildi, tizimli faoliyat olib borilmadi. Kirill alifbosidan yangi lotin
Do'stlaringiz bilan baham: |