“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 556
JENSHEN –HAYOT ILDIZI Djurayeva Guloyim Sadivakkosovna Fargʻona viloyati Yozyovon tumani 12-umumtaʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi Qadim zamonlardan beri kishilar orasida jenshenning hayotbaxsh kuchiga bo`lgan
ishonchning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligiga unga berilgan ―HAYOT
MO`JIZASI‖ , ―ILOHIY O`T ‖ , ―HAYOTNING ILDIZI‖ kabi nomlar guvohlik bera oladi
Bundan 4000 yil muqaddam jenshen sharq xalq tabobatida juda muhim o`rinni
egallagan. Xitoy tabiblari uni turli tuman xastaliklarni davolovchi dori, keksalarni
yoshartiruvchi eleksir sifatida ishlatganlar. Qadimgi tibbiyotga oid kitoblarning birida ―Ildiz
sharbati hatto o`lim oldidan behush yotgan kishiga ichirilganda ham bu ajoyib o`simlik
o`zining shifobaxsh ta`sirini juda tez ko`rsata oladi‖ deb yoziladi.
Jenshenning bu xususiyatlari Xitoyda juda ajoyib usullar bilan aniqlangan.IX asrda
yashagan Xitoy tabibi Su Sunanning hikoyasiga ko`ra, barobar jismoniy quvvatga ega
bo`lgan ikki yigitning biriga tekshirilayotgan jenshen ildizidan bir bo`lakni tishlatib , 3
yoki 5 km ga yugurtirilgan. Agarda ildiz tishlagan chopqir marraga bemalol , hansiramay
yetb kelsa, ikkinchisi charchab halloslab qolsa , shundagina baobro` tabiblardan tashkil
topgan maxsus komissiya , tekshirilayotgan ildizning qimmati haqida xulosa chiqargan.
X asr boshlarida O`rta Osiyoliklar ham jenshen haqida yaxshi bilganlar. Buyuk tabib
Abu Ali ibn Sino o`z kitobida mufassal yozadi. Hozirgi davrgacha jenshen haqida yozilgan
asarlar juda ko`p
Jenshen uchun kishilar jinoyat qilishdan , hatto odam o`ldirishdan ham qaytmadilar.
Jenshen qidiruvchilar bu o`simlik iyunning boshlaridan to qishgacha qalbi pokiza kishilarga
ko`rinadi, degan ishonch bilan taygani kezishar edi. Jenshen ildizi odam tanasini eslatadi.
Jenshen teruvchining tashvishi juda ko`p bo`lgan , lekin u qidirgan o`simlikni topganda
ildizini kovlab, nam yo`singa o`rab yog`ochdan yasalgan qutichaga solganida katta boylik
egasiga aylangan. Chunki sharq bozorida jenshen o`z og`irligiga nisbatan 2-3 barobar ko`p
oltin bilan baholangan.
Shu davrgacha terilgan ildizlar orasida eng kattasi 1905-yil Suchan temir yo`li
qurilishida topilgan. U 200 yoshda bo`lgan ildizning og`irligi 600 gramm edi. Bu jenshen
ildizi Shanxayda 5000 dollarga sotilgan.
Universal shifobaxsh dori haqida habarlardan foydalanishga birinchi bo`lib urinib
ko`rgan yevropaliklar – golandiyalik savdogarlar edi. Ular katta foyda ko`rish maqsadida
1610-yili uzoq va hatarli yo`lga chiqadilar, lekin safardan omon –eson uylariga qaytgan
bo`lsalar ham orzulariga yetolmadilar. Chunki yevropaliklar bu yangi mahsulotga uncha
e`tabor bermadilar. Darmon topishga, hususan yosharishga ishtiyoqi baland bo`lgan bir
necha zodogon qariyalar bu ildizdan bahramand bo`lish orzusida edi. Jenshenning
Yevropada muvaffaqiyat qozonmaslik sababi savdogarlarning katta foyda ko`rish uchun
shoshilib ildizdan qanday foydalanishni yaxshi tushunmaganligidir.sarqning bebaho dorisi
yevropaliklar nazarida butunlay qimmatini yo`qotdi. Jenshen deyarli bir asr davonida