“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
35
qo‘yishdan cho‘chimaslikka da‘vat qilishi, oxirida esa bildirilgan fikrlarning har birini
o‘qituvchi tahlil qilib berishi kerak.
3. Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid
bahsmunozara natijasida yuzaga kelgan xulosaviy fikrlar eshitilib, o'qituvchi tomonidan
yangi fikrlar bilan to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi. Ta'limda
innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad – o'qituvchining o'z pedagogik xazinasini
qayta ko'rib chiqishiga yordamlashish, yanada yuqori sifatli metodik yo'nalishga intilishini
hosil qilish, kelgusi o`ylar, izlanishlar, tajribalarga undashdir.
Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir
masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi, o'quvchini
qo'zg'atishga qaratilganligi, pedagogning o'z tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishini
kuchaytiradi.
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
36
BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Masharipov Boboxon Tazoboyevich
Xorazm viloyati Shovot tumani
8- maktab Biologiya fani o'qituvchisi
Bobojonova Jamila Allayarovna
Xorazm viloyati Shovot tumani
17- maktab Biologiya fani oʻqituvchisi
Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalarini
o'rganuvchi ilmiy-tadqiqot fani hisoblanadi. Uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan
o'qitish jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan me'yoriy
hujjatlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg'un foydalanish muhim vazifa
sifatida belgilangan. Darhaqiqat, axborotlar globallashgan davrda ta'lim-tarbiya
jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitish
samaradorligini oshirish dolzarb muammo sanaladi. Tabiiy fanlar, jumladan,
biologiyani o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish uchun biologiya
ta'limi mazmunining o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zarur: tirik ob'ektlar
bilan ishlash, ularda kechadigan hayotiy jarayonlarni kuzatish, tajriba qo'yish va
boshqalar. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy,
ko'rgazmali, interfaol bo'lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o'quvchining o'z
tempi bo'yicha bilim olish, o'qituvchida esa, o'quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va
individuallashtirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan
bir qatorda o'qitishda natijalarini nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi.
Biologiyani o‗qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Aqliy
hujum»,«Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag‗i», tezkor
o‗yinlar va o‗yin mashqlaming turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalami o‗qitishda «Keys»dan
foydalanish yuqori samara beradi. «Keys» — case studies ingliz tilidan olingan bo‗lib,
jarayon yoki vaziyat degan ma‘noni beradi. Biologiyani o‗qitishda dastur mazmunidagi
evolutsion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek, munozarali «o‗simliklarning paydo
bo‗lishi va rivojlanishi», «hayvonot olamining paydo bo‗lishi va rivojlanishi» kabi
mavzulami o‗qitishda foydalanish mumkin. Ta‘lim-tarbiya jarayonida keysdan foydalanish
uchun o‗qituvchi: dastur mazmunidagi muammoli mavzulami aniqlashi, shu mavzularni
o‗qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi; dars davomida muammoli savol-
topshiriqlaming qiyinchilik darajasiga ko‗ra yakka tartibda yoki o‗quvchilarning kichik
guruhlarida mustaqil ishlami tashkil etilishini aniqlashi; o‗quvchilarning bilish faoliyatini
mazkur muammolarni hal etish, o‗quv munozaralari orqali bahsda qatnashtirish yo‗llarini
rejalashtirishi; muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o‗quv munozaralarida
yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.
Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o‗rganish nazarda tutilgan mavzularda
Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert — lokal darajadagi pedagogik texnologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |