“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
412
Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bosqichlarida yuzaga keladigan
alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet
daromadlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi kategoriyalar bo‗lib,
ularning har biri o‗ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy
asosi bo‗lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umumjamiyat
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan
pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‗laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‗rtasidagi mamlakat budjet fondining
shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Budjet daromadlari to‗lovchilariga ko‗ra, soliqqa tortish obyektlariga ko‗ra, undirish
usuliga ko‗ra, to‗lash muddatlariga ko‗ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning
hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga
to‗lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‗z egasini yo‗qotadi, ya‘ni
budjetga to‗lov to‗lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‗zlab to‗lov to‗lamaydi, budjet
daromadlarining shakl lanishi pul mablag‗larining bir tomonlama harakati asosida sodir
bo‗ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‗lida
ishlatiladi. Shu sababli davlat budjetining shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi. Demak, budjet
daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy
ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‗lmasa, davlat bunday ehtiyojni
qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma‘lum bir
davrda jamiyatning ixtiyorida bo‗lgan, hozirgi va o‗tgan avlodning mehnatlari evaziga
yaratilgan moddiy ne‘matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb
qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi.
Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha
bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat
daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarashli maqsadli
fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‗lgan korxona va tashkilotlarning
daromadlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‗z ichiga
oladi. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz
daromadlardan tashkil topadi.
Endi, davlat budjeti xarajatlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, u – davlat va mahalliy
hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta‘minlashga yo‗naltiriladigan pul mablag‗laridir.
Iqtisodiy maz muniga ko‗ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markaz lashgan pul
fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‗lib, bir qator omillarga bog‗liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‗rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining
ko‗lamiga;
– davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga;
Do'stlaringiz bilan baham: |