“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
24
omillarda yangicha qarash talab etiladi, shu jumladan, uning diniy ijtimoiy psixologiyasini
shakllanishiga va jamiyat istiqboli uchun xizmat qilishga e‘tibor beriladi.
Ilmiy dunyoqarash va ma‘naviy qadriyatlarning o‗zaro munosabati hozirgi paytda
kishilarning dunyoqarashini muttasil o‗zgartirib bormoqda. Bu o‗zgarishlar ruhiyatdagi
larzalar, shubha-gumonlarni yengish, uzoq izlanishalar evaziga yuz bermoqda. Biroq, bu
o‗zgarishlar ba‘zan yangi, ba‘zan eski aqidalarga yug‗rildan hollarda sodir bo‗lmoqda.
Albatta, diniy qadriyat umumlashmasi maxsus tizimni tashkil qiladi. Bu tizim
xudojo‗y kishining onggigagina emas, uning jamoatchilikdagi xatti-harakatlarida o‗z
ifodasini topadi, o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Kishi o‗z xatti-harakatlari va muammolariga
ma‘suliyat his qilishi uchun avvalo, ongli so‗ngra mana shunday ongga ega, mana shunday
tushunchalar bilan qurollangan omma operatsiyasida yashayotgan bo‗lishi shart. Diniy
hurofot masalasi islom dini uchun ham ancha muammo sanaladi, avvalo, diniy hurofot
degan atamaning o‗zini tahlil qilish lozim. Islom dini o‗z qobig‗iga kirib qolgan va ilmiy
ateizm tomonidan ―diniy hurofot‖ degan tamg‗ani olgan illatlardan birday zarar ko‗radi. Bu
illatlarni kishilar ongidan quvib chiqarish diniy tashkilot kurashchilari uchun ham oson
emas edi. Islom dini asoschisi tomonidan ishlab chiqilgan axloq normalariga asrlar
davomida uning islohotchilari tomonidan shu qadar ko‗p qoidalar va to‗ldirishlar kiritib
tashlanganki, ulardan mosuvo bo‗lish uchun din vakillari juma namozlari, hudoyi va boshqa
diniy marosimlarda va‘z o‗qish yo‗li bilan omma ongiga ta‘sir o‗tkashish uchun
foydalanishga majbur. Bunday o‗z o‗zini tanqiddan din ustunlarini silkinmasmikin?
Jamiatda avj olgan oshkoralik va o‗zaro tanqid ruhi diniy institutlariga ham o‗z
ta‘sirini ko‗rsatib turibdi. Keyingi paytda avj olgan aroqxo‗rlik, isrofgarchilik kabi illatlar
davlat muassasalari qatori diniy ta‘limotlar tomonidan qat‘iyan qoralanmoqda o‗z
isrofgarchiligini diniy maqsadlar yo‗liga qilingan hayrsadaqa deb ta‘riflashga uringan
shaxslar shu masxab kishilari tomonidan qo‗llab-quvvatlanmaganligi boisidan ma‘lum
darajada bu ishlar takrorlanishini oldi olinmoqda. Aroqxo‗rlik, buzuqlik ko‗chalariga kirgan
insonlar ishxona, mahalla-ko‗y tomonidangina emas, shu kimsaga dahldor bo‗lgan din
e‘tiborlari, maxalladoshlari tomonidan ham tergalmoqda. Axloqiy poklik yo‗lida davlat
tashkilotlari qatorida diniy tashkilotlar ham keskin choralarni qo‗llamoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |