“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
17
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va
tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‗yicha xalqaro
hamkorlikni kengaytirish - dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo'nalishlari etib
belgilandi. Bulardan maqsad aholi orasida, ayniqsa, aholining asosiy qatlami hisoblangan
yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularda kitobga mehr-muhabbat
uyg'otish, kitob mutolaasi orqali yoshlarni turli xil yot g'oyalardan ogoh etish, milliy
qadriyat va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg'usini shakllantirish bugungi
kun uchun ustuvor vazifalardan biridir.
Darhaqiqat, bugungi globallashgan davrda yosh avlodning kitob mutolaasidan ko'ra
ko'proq ijtimoiy tarmoqlarda faolligi barchamizni birdek tashvishga solishi tabiiy. To'g'ri
hozirgi rivojlangan davrda ijtimoy tarmoqlarning o'rni biz uchun beqiyos, lekin ulardan
to'g'ri maqsadda foydalanish masalaning eng muhim jihatidir. Har qanday davrda ham kitob
mutolaasi bilim olishning eng samarali, afzal tomoni hisoblangan. Kitob mutaalasi nafaqat
bilim olishimiz, balki dunyoqarashni kengaytirish , insonni teran fikrlashga, ham o'tmish,
ham kelajak haqida erkin fikr yurita olishga yordam beradi.
Jamiyatimizdagi muhim muammolardan biri ham erkin fikrlashning sustligidir.
Chunki hozirgi davr - informatsiyalarga boy davrdir. Internet orqali istalgan mavzuda
cheksiz ma'lumotlar bazasiga ega bo'lish mumkin. Ammo ularning hammasi ham ishonchli
ma'lumot hisoblanavermaydi.Hozirgi kunda ko'ryapmizki, ko'pchilik yoshlar biron bir
mavzu haqida inshomi yoki biron bir maqola, referat yoki shunga o'xshash mustaqil ish
qilmoqchi bo'lishsa, internetdagi tayyor ishlardan foydalanishadi. Bu o'z navbatida ularni
ko'chirmachilikka va fikrsizlikka yetaklaydi. Eng rivojlangan davlatlar tajribalari bilan
tanishar ekansiz, ularning kitobxonlikka bo'lgan e'tibori, aholisi o'rtasida kitobxonlik
madaniyatining yuksak rivojlanganligi kitobxonlikning o'rni naqadar muhim ekanligini yana
bir bor isbot etadi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra Hindiston, Xitoy, Finlandiya , Yaponiya, AQSh eng ko'p
kitob mutolaa qiluvchi davlatlar ekanligi aniqlandi. Bizning yurtimizda ham kitobxonlik
madaniyatini oshirish maqsadida turli xil ko'rik tanlovlar joriy etilmoqda. Har yili
o'tkaziladigan " Kitobxon " ko'rik- tanlovi kitobxon yoshlarni aniqlab, rag'batlantirib
kelmoqda.
Xulosa sifatida shuni aytamanki, kitob o'qish yosh, vaqt, zamon va makon
tanlamaydigan jarayondir. Kimdir dam olish uchun, kimdir ma'lumotga ega bo'lish, kimdir
o'z kasbi yuzasidan kitob mutolaa qilishi mumkin. Ammo har qaysi holatda ham kitob bizga
bilim berish uchun xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev kitobxonlik to'g'risida
shunday degan edi: ―Kitob o‗qigan, o‗zini ustida ishlagan odamda qanot bo‗ladi. U befarq
bo‗lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‗ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi.
―Kattalar‖ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob
o‗qinglar deymiz. Kitob o‗qisangiz savol berishni bilasiz‖. Har bir narsaga tanqidiy ko'z
bilan qarash, fikr yuritish biz uchun muhim.Buning uchun esa ko'p kitob o'qish, keng
bilimga ega bo'lish zarur. Ishontirib aytamanki, dunyoning qaysi bir burchagiga bormang
eng baland martabadagi inson ham, eng nufuzli kasbdagi inson ham siz-u bizdan ko'ra
ko'proq kitob o'qigani uchun shu darajani egallab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |