Amaliy metodlar
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o‗quv materialini
egallash ko‗rinishlari ta‘limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar
yordamida amaliy ko‗nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunda ko‗nikmani shakillantirish
jarayoni o‗quv faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ko‗nikmani egallashning
muvaf- faqiyati uni shakillantirish sharoitiga bog‗liq.
Interfaol metodlarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi
natijalar beradi. Bahsli, muammoli vaziyat – insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga
bog‗liq bo‗lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
214
u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar
o‗quvchilarning aqliy kuchini zo‗riqtiradi, vaziyatni oydinlashtirish uchun yo‗llar qidira
boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan to‗qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (to‗qnash)
kelgandagina fikrlay boshlaydi. O‗zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara
boshlaydi, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.
Biologiya fanini o‘qitishda quyidagilardan foydalanish mumkin: har bir mavzu
mazmuniga asosan ko‘rgazmalilikni amalga oshirish, ya‘ni multimediali taqdimot
materiallari; biologik jarayonlarning animatsiyasi; virtual laboratoriya va amaliy ishlar;
ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya; biologik jarayonlarning modellashtirilgan
dasturlari; biologik jarayonlarning ta‘limiy dasturlari; o‘quvchilarning mavzular bo‘yicha
o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun nazorat dasturlari;
o‘quvchilarning mustaqil ta‘limi va ishi uchun o‘quv-axborot saytlari; didaktik o‘yinga
asoslangan animatsiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan ijodiy topshiriqlar dasturi;
modul dasturlari orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish-boshqarish;
qo‘shimcha materiallar to‘plash va ular ustida mustaqil ishlash; didaktik o‘yinlar,
boshqotirmalarni yechish. Demak, biologiya fanini o‘qitishda innovasion texnologiyalaridan
foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan asoslarini o‘zlashtirishga
bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Biologiya fanidan axborot komunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish o‘qitishning
barcha shakllarida jumladan, darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda
foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, undan darsning barcha bosqichlarida, masalan, o‘tgan mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, yangi mavzuni o‘rganish,yangi mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, nazorat qilish, baholashda foydalansa bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarning asosiy shakllanish va rivojlanish davri ta‘lim
sohasiga bog‗liq holda kechar ekan. Demak, ta‘lim-tarbiya sohasida ularni psixologik
jihatdan shakllantiruvchi omillarga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |