FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Khonboboev, X. O. Tasviriy sanʼatni oʻqitishda interfaol metodlardan ketkazish / X.
O. Xonboboev, F. U. Polatov, M. X. Ikromov. - Matn: bevosita // Yosh olim. - 2016. - No
3.1 (107.1). - S. 22-23. —
2.
URL: https://moluch.ru/archive/107/25912/ (kirish sanasi: 19.05.2022).
3.
https://muhaz.org/fani-boyicha.html?page=5
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
108
OʻTKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" ASARI HAQIDA
Ahmedova Sanobar Odilovna
Namangan shahar 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ―Dunyoning ishlari‖ qissadagi Oʻtkir Hoshimov
obrazlari talqini oʻrganiladi. O‗tkir Hoshimov ijodida ―Dunyoning ishlari‖ qissasi alohida
o‗rin tutadi. Asarda O'tkir Hoshimov tomonidan yaratilgan ona obrazining sharq ayoli
matonatiyu muruvvatini nechog'li aks etgani tahlil etilgan. Ishdagi umumlashma xulosalar
asarning ma'naviy-axloqiy qimmatini yoritishga xizmat qilgan.
Kalit soʻzlar:
badiiy joziba, iste‘dodli publitsist, obraz, fikr-mulohazalar va ichki
kechinmalar, insoniylik, ideal ona.
O‗zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika Davlat mukofoti laureati O‗tkir Hoshimov
adabiyotga 60-yillarda kirib kelgan avlod vakillaridan biridir. U ko'plab qiziqarli, o'ziga xos
hikoyalar va romanlar muallifi U.Hoshimov iste‘dodli publitsist hamdir. Uning
zamonamizning
dolzarb masalalariga bag‗ishlangan maqolalari ijtimoiy-madaniy
hayotimizda e‘tiborga molik voqea bo‗ldi.
O‗tkir Hoshimov asarlarida ularni o‗ziga rom etgan, badiiy joziba bag‗ishlagan ikki
muhim xususiyat bor edi. Ulardan biri yozuvchining badiiy ijodni ibtidoiy targ‗ibot quroliga
aylantirmasligi, davrning dolzarb vazifalari haqida shior va nidolar aytmasligi edi.
Aksincha, u aksariyat asarlarida muhim umuminsoniy muammolarni badiiy yoritishga
intiladi. Uning nasrida yo‗qolib borayotgan insoniy qadriyatlar yetakchi o‗rinni egallaydi.
Muallif dolzarb ijtimoiy muammolarni talqin qilish bilan bir qatorda ko‗p hollarda
personajlarning ichki dunyosida kechayotgan juda nozik psixologik jarayonlarni mohirona
aks ettiradi.
Salkam qirq yil muqaddam yozilgan O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi
ushbu ta'kidning dalili sifatida keltirilishi mumkin. O'zining adabiy janriga ko'ra, qisqa
hayotiy qissalarning jamlanmasi, ko'p hollarda insholar yig'indisiga qiyoslanishiga
qaramasdan, ushbu "doston" o'z ichiga nafaqat muallifning onasi haqidagi fikr-mulohazalari
va ichki kechinmalari, balki zamonning, uning atrofidagi insonlarning ichki va tashqi
ko'rinishlariga bag'ishlangan.
Qissadagi "Ona" obrazi, muallifning faqatgina o'tgan voqealarni tasvirlash bilan
chegaralanib qolgan yoki o'z onasi timsolida ideal ona obrazini tadbiq etishga harakat
qilgan, deb ta'kidlash o'quvchining asarni to'liq o'qib tushunchaga ega bo'la olmaganidan
dalolat beradi. Muallifning onasi o'z harakatlari, qarashlari, fikr-mulohazalari bilan aynan
sharq ayoli obrazini to'liq tasvirlaganini yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Zamonning tartib-taomillari, ateistik targ'ibotning jamiyatning barcha jabhalariga
qaratilganiga qaramasdan, insoniylik, insof singari yuksak xislatlarni saqlab qolish va uni
o'z farzandlarining tarbiyasida qo'llashi aynan sharq ayolining fazilatlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |