TAXOGRAF VA UNI TASHKILLASHNING HAYDOVCHILARGA FOYDALARI
VA UNDAN FOYDALANISH
Shovkatov Abduraxmon Muzaffar o`g`li
Toshkent Davlat Transport Instituti, magistranti
Annotatsiya:
Ushbu tezisda O`zbekiston Respublikasida haydovchilikni ish sifati
oshirish uchun, yo`llarda sodir etiladigan avto halokatlarni oldini olishga qaratilgan va shu
bilan birga insonlar orasida ishsizlikni amaytirishga qaratilgan xarakat ya`ni taxograf
haqida ma`lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar:
taxograf, haydovchi, charchoq, yo`l harakati, avtotransport, operatsiya,
ishsizlik, salomatlik, texnika, boshqarish.
Taxograflar- butun dunyoda bo`layotgan ishsizlikning oldini olish va haydovchilarning
mehnati va dam olishini tashkil etish uchun yaratilgan uskunadir. Bu uskuna orqali
haydovchi yo`lda orttiriladigan charchoqni o`z vaqtida bartaraf etishga , va kelajakda sodir
etilishi mumkin bo`lgan avto halokatlarni oldini olishga erishadi. Yo'l harakati xavfsizligiga
ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri bu inson omilidir.Avtotransportni boshqarish
mas'uliyatli va shiddatli faoliyatdir . Har soniyada haydovchi 10 tagacha operatsiyani
bajarishi, ikkita kuzatish va uchtagacha qaror qabul qilishi mumkin. Yo'l harakati og'ir
sharoitlarda haydovchi o'zining psixofiziologik imkoniyatlari chegarasiga yaqin tezlikda
haydash operatsiyalarini bajaradi. Obyektiv tibbiy tadqiqotlar asosida avtotransportni uzoq
vaqt davomida uzluksiz boshqarishda haydovchining e'tibori sezilarli darajada zaiflashishi
aniqlangan.Haydovchi tanasining majburiy harakatsiz holati tufayli mushaklarning
charchoqlari uzoq vaqt davomida rivojlanadi, bu tanadagi qon aylanish sistemasining
buzilishiga, haydovchining avtomobilni boshqarishdagi funktsional imkoniyatlarining
pasayishiga olib keladi. Vaqt o'tishi bilan doimiy ko'z zo'riqishi, ko'z qovoqlarining
charchashi kabi holatlarga olib keladi. Natijada, ko'zning masofani to'g'ri baholash
qobiliyati pasayadi.
Bundan tashqari haydovchilarning ish vaqtining o'sishi ham shu turdagi kasblar
orasida ishsizlikning ko'payishiga olib keladi. Ishsizlik muammosi esa keyingi yillarda
tobora keskinlashib bormoqda. Shu bois haydovchilarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish
muammolari ularning ish vaqtini tartibga solish va nazorat qilishni taqozo etadi. Har bir
ishchining dam olishi, bo'sh vaqtini o'tkazishi, oqilona cheklangan ish kuni, xavfsiz mehnat
sharoitlari va ishsizlikdan himoyalanishi bilan ta'minlash zarurati hozirgi kundagi dolzarb
muammolardan biridir.
Xalqaro yuk tashish bilan shug'ullanadigan haydovchilarning ishini o'ziga xos
xususiyati shundaki, u korxona rahbariyatining bevosita nazorati doirasidan tashqarida
ishlaydi. Shuning uchun haydovchining haqiqiy mehnat xarajatlarini, uning ish sifatini
hisobga olish va nazorat qilish, transport vositasidan foydalanishni nazorat qilish qiyin.
Ruxsatsiz tashishni, belgilangan yo'nalishlarga rioya qilishni istisno qilish uchun
haydovchining haqiqiy ishini obyektiv nazorat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |