Mavzuning maqsadi va vazifasi:
ko'zlangan asosiy maqsad madaniy marifiy
faoliyat jarayonini tashkillashtirish
sog'lom mafkurali insonni tarbiyalashning
o'ziga xos uslub va usullarini ishlab chiqish. Madaniy-marifiy faolyat orqali sog'lom
mafkurali insonni tarbiyalashning asosiy mezonlarini o'rganib chiqish; komil insonni
tarbiyalashning tarixiy ko'rinishlarini tahlil qilish; - turli mafkuraviy tahdidlardan
yoshlarni asrash va mafkuraviy immunitetni shakillantirish asoslari bilan tanishish.
Mavzuning
predmeti va obyekti:
o‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga
singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni va ahamiyatini tahlil va tadqiq etish
jarayoni tashkil etadi. O‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarning o‘rni va ahamiyatini tahlil va tadqiq etishning shakl, uslub va
vositalari tashkil etadi.
5
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi, maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi o‘rni, mavqei,
ahamiyatini belgilovchi ijtimoiy omillardan biri – ma’naviyatdir. Bu O‘zbek
davlatchiligining uch ming yillik tarixidagi taraqqiyot tajribasida tasdiqlangan va shu
sababli milliy mustaqillikning ilk yillaridayoq ma’naviy qadriyatlar masalasi, ularni
tiklash istiqlol davrining dolzarb ehtiyojiga aylandi. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning mohiyatini to‘la ochib berish uchun “ma’naviyat” va “ma’rifat”
tushunchalarining lug‘aviy ma’nosini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Ma’naviyat
juda chuqur va keng ma’noga ega. Ma’naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki
jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va
tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahm-shafqat, mehr-oqibat, iymon-
e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e’zozlash, ilm va
fanni, adabiyot, san’at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va
an’alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’naviyat inson hayotini bezaydi, go‘zallashtiradi
1
.
Prezidentimizning milliy taraqqiyotimiz dasturi darajasiga aylangan birinchi
asari “O‘zbekistonning o‘z istiqloli va taraqqiyot yo‘li” dayoq ma’naviyatning inson
hayotidagi ahamiyatini ochib berib shunday yozgan edi: “Ma’naviyat insonga havodek,
suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi
shuningdek inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat
chashmasini izlaydi”. Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar
ekan: “Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil
davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik –
ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng” deb ta’kidlaydi. Ma’naviyat o‘z-o‘zidan
shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning ichki ma’naviy salohiyatini
shakllantirish yo‘lida barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, Vatan va
millat manfaatlari yo‘lida halol, fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi.
Shu ma’noda ham Prezidentimiz “Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat
inson qalbida kamol tapishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi
kerak” ligini ta’kidlaydi
2
.
Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o‘rganib borar ekansiz, ularda oldingi
asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunan va
mohiyatan boyitilganligini ko‘ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitish
jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar bilan
bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari o‘z
ifodasini topgan. Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir
vaqtda bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohatlarning strategik
yo‘nalishlarini ham belgilab beradi. Shu jumladan, u “Fidokor” gazetasi muxbiri
1
Qayumov. A - Yoshlar tarbiyasida moddiy va ma’naviy xayot uyg’unligi masalalari. Toshkent., 2012. 61-bet
2
Xasanxonov. D - Milliy g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati. BMI.
Toshkent., 2016. 18-bet
6
savollariga bergan javoblarida quyidagilarni ta’kidlaydi: “avvalambor yoshlarimizning
iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikrga
ega bo‘lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini
unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish
fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor
bilan yashashiga erishishidir». Ma’naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudotlardan
ajratib turadigan fazilatdir. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda
uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda
tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Ma’naviyat har doim ma’rifat
bilan uyg‘un holatda rivojlanib boradi.
Ma’rifat - bilish, bilim, tanish va ma’lumot, - degan ma’noni anglatadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir yangi
tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, millatning eng
yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi
ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanganlar. Chunki, ma’rifat -
ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat,
mislsiz salohiyat baxsh etadi. Mamlakat, millatning ozodligi - uning ma’rifiy
uyg‘oqligidadir. Odamzod naslining ulug‘ligi esa bilimdan. Bilingki, bilim va
ma’naviyat o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas
ishlardan, ya’niki ma’naviyatsizliklardan tiyib turadi. Shu tufayli ota-bobolarimiz,
avlod-ajdodlarimiz doimo ma’rifat va ma’naviyatga intilib yashaganlar. Ular
ma’naviyat va ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar.
Yuksak ma’naviyat va ma’rifat tufayli Turon zamin yer yuzida shuhrat
qozongan. Har qanday jamiyat va uning ma’naviy taraqqiyotini ma’rifatsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Ma’naviyat va ma’rifatning o‘zaro ta’siri va munosabatlari to‘g‘risida
so‘z yuritishdan avval ma’rifat tushunchasi, uning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini
bilib olishimiz zarur. Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy adabiyotlarda ma’rifat tushunchasiga
turlicha ta’riflar berilib, turlicha izohlanib kelinmoqda. Bu esa ma’rifatning ma’naviyat
singari keng qamrovli tushuncha ekanligini bildiradi. “Ma’rifat” so‘zi yakka va ko‘plik
ma’nolarda ishlatiladi. U arab tilidan olingan bo‘lib, “bilish”, “bilim”, “tanish” kabi
ma’nolarni bildiradi. Ma’rifat tushunchasi Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy
Osiyoda yashagan, ijod etgan mutafakkirlarning asarlarida qadim zamonlardan tortib,
to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan
ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nosida qo‘llab kelingan
1
.
Yevropa adabiyotida bu tushuncha XVII asr oxiri- XVIII asr boshidan beri
qo‘llanila boshladi. Bu tushunchani G‘arb falsafiy faniga birnchi bo‘lib Vol’ter va
Gerder kabi ma’rifatparvar olimlar olib kirgan. Nemis mumtoz falsafasining
asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga
harakat qilgan. U o‘zining “Ma’rifat nima? degan savolga javob” nomli maqolasida
bayon qilishicha, ma’rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi
1
Alimasov. V – Ma’naviyat asoslari. Toshkent., 2013. 52-bet
7
imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya’ni yuksaklik tomon taraqqiyoti
manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. Ma’rifat – bilim va ilm, uni egallash ma’nosida u
yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik
darajasi va unga aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir. Ma’rifatli
degani esa – muayyan sohada ma’lumoti bor, ko‘p narsani biladigan, mushohada
qiladigan, bilimli, o‘qimishli demakdir. Fanlar keng va chuqur rivojlangan va
rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, fan
namoyondasi ilmning ya’niki ma’rifatning ma’lum sohasi, yo‘nalishinigina egallashga
erisha oladi.
Masalan, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, matematika va boshqalarning ham
ma’lum, o‘zi qiziqqan yo‘nalishlarini egallaydilar. Kishilarni ma’naviyatli va
ma’rifatli qilib tarbiyalash ishlari barcha zamonlarda ta’lim va tarbiya orqali amalga
oshirib kelingan. Bu haqda Islom Karimov shunday deb yozadi: “ta’lim-tarbiya-ong
mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq
ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-
tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib
bo‘lmaydi”. Ta’lim va tarbiya tushunchalarining mazmuni va mohiyatini, ularning
o‘zaro nisbati va munosabatlarini bilib olish ma’naviy – ma’rifiy tarbiya samaradorligi
hamda ta’sirchanligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim – biror
ma’lumotni kishilarga ma’lum bir tartibda berish va uni o‘zlashtirish, qabul qilish
jarayoni. Ta’lim – axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Abu Nasr
Farobiy ta’lim to‘g‘risida to‘xtab, ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish
asosida nazariy bilim berish; tarbiyaning nazariy fazilatlarini, ma’lum hunarni egallash
uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deb
ko‘rsatgan edi.
Tarbiya-inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan keng
qamrovli tadbirlar tizimi bo‘lib uning turlicha talqinlari mavjud: 1. Farzandni boqib,
voyaga yetkazish; 2. Kishining ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay
olishlikka o‘rgatish, ko‘nikma hosil qilishi: Masalan, hunar – kasbga o‘rgatishni hunar
tarbiyasi; ahloq-odobga o‘rgatishini axloqiy tarbiya; shariat qoidalariga o‘rgatishni
diniy tarbiya deb yuritiladi va boshqalar. Bir so‘z bilan aytganda, tarbiya ta’limsiz
amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning ketidan tarbiya berish, ya’ni ta’lim
orqali egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlikka o‘rgatishdir. Ta’lim- tarbiyani
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish bilan bevosita
chambarchas bog‘liq. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish – har bir shaxsda
muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan
amaliy pedagogik jarayon bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun
zarur bo‘lgan axloqiy-jismoniy, badiiy-estetik va axloqiy ma’naviy xususiyatlarni
tarkib toptirishga yo‘naltirilgan chora tadbirlar majmuidir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xar qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning umuman jamiyatning xar bir azosining tarbiyasi
bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikga yuz tutadi va oxir oqibatda
8
inqirozga mahkum bo‘ladi. Ma’naviy ma’rifiy ishlar yetarlicha olib borilmasa
ma’naviy tahdidlarga yo‘l ochiladi. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish ham ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik jihatlariga ega. Masalaning
ijtimoiy – siyosiy jihati respublikamizda keng amalga oshirilayotgan O‘zbekiston
mustaqilligini mustahkamlash, halqning milliy tafakkurini rivojlantirish, buyuk
davlatni barpo etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan
fuqarolik jamiyatni qurish va buning uchun ma’naviyat va ma’rifatni takomillashtirish
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Mustaqillikni mustahkamlashda, asrlar davomida shakllangan milliy, ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlarning roli va ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Sharqona bosiqlik,
yetti o‘lchab bir kesishlik, har qanday ijtimoiy-siyosiy voqealarni chuqur tahlil qilib,
so‘ng munosabat bildirmoqlik kabi yuksak siyosiy madaniyat - shular jumlasiga kiradi.
Aynan milliy g‘oya darslarida o‘quvchi yoshlar ongiga ana shunday milliy
xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni singdirib borish
alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars jarayonlarida milliy g‘oya tamoyillarini
demokratiyaning umumiy tamoyillari bilan uyg‘un holda yoshlar ongi va qalbiga
singdirib borish lozim. Asosiy Qonunimizning 13-moddasida: “O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson,
uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya
qilinadi”.
Demak, o‘quvchi yoshlarga insoniylikning mohiyatini tushuntirib berish, ularda
xalq, millat, Vatan manfaatini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ya olish fazilatini
shakllantirish uchun ham milliy g‘oya fanini o‘qitishni yaxshilash, qolaversa, ta’lim-
tarbiya tizimida olib borilayotgan ishlar sifatini sifat bosqichga ko‘tarish talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti akademik
I.A.Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “Bizdan
ozod va obod vatan qolsin”, “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Bunyodkorlik
yo‘lidan”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari”, “Yangicha fikrlash va ishlash
davr talabi”, “Barkamol avlod orzusi”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Buyuk
kelajak sari” nomli asarlari va risolalarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
2001, 2003, 2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 2-chaqiriq VI, VII, IX, XI, XIV sessiyalarida
so‘zlagan nutqlarida, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da O‘zbekistonda ta’lim tizimini, barkamol avlod
tarbiyasi bilan bog‘liq yo‘nalishlar faoliyatini tubdan yaxshilashning nazariy- huquqiy
asoslari chuqur ilmiy – falsafiy tahlil qilib berilgan.
Fikrimiz hulosasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida keltirilgan
meyoriy-huquqiy hujjatlarda o‘quvchi yoshlarni ma’naviy barkamol inson sifatida
tarbiyalash sohasida quyidagi yo‘nalishlarni ilmiy asoslab berilganligini ko‘rish
mumkin: birinchidan, o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda yuksak ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarga tayanish; ikkinchidan, o‘quvchilarda mustaqil dunyoqarash va erkin
9
tafakkurni shakllantirish; uchinchidan, o‘rta umumiy ta’lim va o‘rta maxsus kasb hunar
ta’limi muassasalarida ta’lim tarbiya tizimi faoliyatini tubdan yaxshilash orqali
hurfikrli, mutelik va jur’atsizlikdan xoli bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib
yashaydigan insonni tarbiyalash; to‘rtinchidan, o‘quvchi yoshlarning irodasini
baquvvat, iymon-e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muhit
yaratish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |