Ikinchi bosqich
– ekspozitsiyani tayyorlash. Bu keng qamrovli tushuncha
o‘z ichiga bir qancha juda muhim parametrlarni qamrab oladi, jumladan:
- sizga kerak bo‘ladigan maydon o‘lchamlarini aniqlashtirish;
- stendingizning joylashish erini va uni bezatish yo‘llarini belgilab olish;
- ko‘rgazmada qatnashish shartlarini aniqlashtirib olish;
- zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar va eksponatlarni yetkazish yo‘llari va
vaqtini aniqlash. Tadbirning reklama kampaniyasi va korxona (firma) ni taqdim
qilish usuli sifatidagi ahamiyatini hisobga olgan holda, stend kompozitsiyasining
umumiy dizayniga alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Stendlarda, albatta, korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, shu
jumladan mahalliylashtirish dasturlari doirasida o‘zlashtirilgan, o‘zlashtirilishi
kutilayotgan, hozirgi vaqtda import qilinayotgan va boshqa tarmoqlarda
o‘zlashtirilishi taklif qilinayotgan mahsulotlar namoyish qilinadi. Stendlarda
tarqatma materiallarning (firmaning tovar markasi bo‘lgan bukletlar, prospektlar,
proektlar bo‘yicha takliflar), shuningdek korxona, u ishlab chiqaradigan
mahsulotlar, kooperatsion aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida batafsil
ma‘lumot beruvchi boshqa materiallarning ham bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Uchinchi bosqich –
tashrif buyuruvchilar bilan bevosita muloqot olib
borishga javobgar xodimlarni tanlab olish. Ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok
etish sizning mahsulotingiz xaridorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish
237
imkoniyatini
beradi.
Korxonaning
ko‘rgazmadagi
muvaffaqiyati
yoki
muvaffaqiyatsizligi ko‘p
jihatdan unda ishlovchi xodimlar ishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rgazma ishiga jalb qilingan xodimlar har qanday holatda zarur bo‘lgan quyidagi
sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
- professional chuqur bilim;
- ozodalik va tashqi ko‘rk;
- o‘z fikrlarini aniq va tushunarli yetkazib berish va tashrif buyuruvchilar
savollariga to‘la-to‘kis javob berish qobiliyati;
- zukkolik va hushmuomalalik;
- xorijiy tillarni bilish.
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish davridayoq xodimlar vazifalarini imkon
darajasida konkretlashtirish kerak bo‘ladi. Stendni loyihalash jarayonida har bir
xodimning o‘rnini aniqlashtirib olish zarur. Stendda
xizmat ko‘rsatuvchilar
ekspozitsiyani tomosha qilishga xalaqit bermasliklari kerak.
Xodimlar qaerda turishidan qat‘i nazar, ularning umumiy ko‘rinishi – ―Xush
kelibsiz!‖ deb turgandek bo‘lishi kerak. Xodimlarning kiyimi jozibador va qulay
bo‘lishi lozim. Xodimlar va tashrif buyuruvchilarning farqlanib turishi uchun
kiyimlar firmani ajratib turuvchi alohida belgilar bilan bezatilishi lozim.
Sur‘atkashlar va jurnalistlar murojaat qilganda, xushmuomalalik bilan ular qaysi
nashrdan ekanligini bilib olish va bu haqda matbuot bilan aloqalar uchun mas‘ul
hamkasbiga xabar berish kerak bo‘ladi. Ular bilan keyingi ishni davom ettirish
ushbu xodimning professinal vazifasidir. Fotomuxbir kadriga tushadigan xodim
eksponatlar yoki kompaniya nomini to‘sib qo‘ymasligi kerak. Shu bilan birga,
u
stendning mehmondo‘st egasi sifatida ko‘rinishi zarur. Ko‘rgazma savdoni
harakatlantiruvchi kuch
hisoblanadi. Bundan kelib chiqan holda, har bir tashrif
buyuruvchi bilan muloqot qilish, korxona va uning mahsulotlariga har qanday
qiziqish va umumiy mehmondo‘stlik – tovarning sotilishiga yoki uning sotilishi
uchun zamin yaratilishiga sabab bo‘lishi kerak. Bevosita muloqot qilishning aniq
natijasi esa, ko‘rgazmadan keyin ish yuzasidan muzokara o‘tkazishga kelishib olish
yoki, hech bo‘lmaganda, mahsulotingizning potentsial xaridori to‘g‘risida
ma‘lumot to‘planishi bo‘ladi.
238
Do'stlaringiz bilan baham: |