«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


-Mavzu. Yarmarka faoliyatini tashkil etish tarixi va rivojlanishi tamoyillari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

13-Mavzu. Yarmarka faoliyatini tashkil etish tarixi va rivojlanishi tamoyillari



212 
Reja: 
10.1.
Yarmarka faoliyatini tashkil etish maqsad va vazifalari. 
10.2.
Xalqaro yarmarka savdosi markazi tashkil etishning shart-sharoitlari. 
10.3.
Xalqaro yarmarka savdosi markazi faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
 
13.1. Yarmarka faoliyatini tashkil etish maqsad va vazifalari. 
Avvalgi mavzularda aytganimizdek, yarmarkalar kelishilgan bir vaqtda 
o‘tkazilib turuvchi savdogarlar va tovar ishlab chiqaruvchi sanoatchilarning o‘ziga 
xos yig‘ini - kurultoyi bo‘lib, ko‘pgina xollarda ulgurji savdo qilish maqsadida 
o‘tkaziluvchi tadbir sifatida qaraladi. Yarmarkalar o‘zining uzoq taraqqiyot yo‘lini 
bosib o‘tdi, avval tovar harakati uchun karvon yo‘llari paydo bo‘ldi. Manzildan-
manzilga ko‘chib yurishda karvon yo‘lida turli xolatlar vujudga kelishi mumkin va 
tabiiy edi (Tovar egasining kasal bo‘lib qolishi, rejaning o‘zgarishi, siyosiy va 
iqtisodiy voqealar yuz berishi), ushbu ahvoldan chiqishning eng ma‘qul yo‘li 
ko‘pincha, bor molni-tovarni sotib yuborish bo‘lar edi. Bu sotib yuborish katta 
samarani ko‘zlab, kim oshdi qonun-qoidalari asosida, mol-tovar namunalarini 
ko‘rsatish orqali amalga oshirilar edi.
Yarmarkalar buyuk davlat Rossiya hayotida ham juda katta ahamiyat kasb eta 
boshladi va 19-asrga kelib, ular butun savdoni nizom-tamoyillarini o‘rnatuvchisiga 
aylangan edi. ―G‘arb bilan Sharq uchrashuvchi‖ deb nom olgan bu yarmarkalardagi 
tovaraylanma xajmi o‘sha vaqtdagi qadr-qimmati juda baland bo‘lgan Rossiya rubli 
hisobida yarim milliardni tashkil etdi. 
Yaramarka Yevropaliklar tasavvurida butun bir ―shahar‖ bo‘lib, bu shahar 
ko‘chalari keng, elektr yoritkichli, son-sanoqsiz magazin va turli idoralarni 
birlashtiruvchi yagona organizm sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. Faqat Nijniy 
Navogoroddagi yarmarkada sakkizta maydon - xiyobonlar bo‘lib, ular atrofida 
to‘qqizta bank muassasalari, dallollar idoralari, mexmonxonalar, teatr va restoranlari 
mavjud edi. Ikki daryoning soxillarida kemalar to‘xtashi uchun moslashtirilgan 
joylar-pristanlar bor bo‘lib, yarmarka ―aholisi‖ 400 ming kishini tashkil etar edi. 
Yarmarka ziyraklik bilan jahon va Rossiya bozoridagi o‘zgarishlarga o‘z ta‘sirini 
ko‘rsatar edi. Ammo 20-asrga kelib, Oktyabr inqilobi natijasida Rossiyaning o‘ziga 


213 
xos hamyoniga aylangan Nijniy Novgoroddagi yarmarkasi inqirozga uchray 
boshladi. U asr davomida bir necha marotaba o‘z faoliyati yunalishini o‘zgartirdi. 
Yarmarkalarining 
vazifa va 
maqsadlari ular 
amalga oshirayotgan 
operatsiyalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Yarmarkada tovar ishlab chiqaruvchi va savdogar (yoki iste‘molchi) bir 
birlari bilan uchrashib, to‘g‘ridan - to‘g‘ri, mustaxkam aloqalar o‘rnatishlari uchun 
asos yaratish. 
Yarmarkalarning asosiy vazifasi ulgurji savdoni tashkil etish bo‘lib, 
mamlakatimizda vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatda yarmarkalarning ham asosiy 
vazifalari o‘tkazilayotgan islohotlarga mos ravishda bo‘lishi ko‘zda tutilgan: 
- Xalqaro, milliy, xududiy, mavzuviy, ko‘rgazma-yarmarkalarni tashkil etish 
va o‘tkazish; 
- Xorijiy va maxalliy firmalarga mamlakat ichkarisida, xorijda hamkorlar 
izlab topish va ishchan aloqalar o‘rnatish; 
- Import-eksport kontraktlari imzolash va ijrosi yuzasidan konsalting, 
marketing, informatsiya, tashqi savdo va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish; 
- Vatanimiz fani, sanoati, texnologiyasi eng yaxshi yutuqlarini informatsiya 
va reklama ta‘minotini amalga oshirish;
- Mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarini xalqaro 
yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etishini tashkil etish; 
- Mijozlarga turli xildagi keng ko‘lamdagi bojxona rasmiyatichiligi, 
transoprt-ekspeditsiya xizmati, sug‘urtalash, bank operatsiyalari va boshqa 
xizmatlar ko‘rsatish; 
- Boshqa qonun bilan ta‘qiqlanmagan barcha xizma turlarini ko‘rsatish. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish