M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/172
Sana16.02.2023
Hajmi8,11 Mb.
#911800
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172
Bog'liq
LOGISTIKA. Umarova D.M (1)

Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari. 
Logistik zanjir 
bo'g'inlaridan buyurtmalarning o'tish ketma-ketligi ishlarning 
taqsimlanish (buyurtmalarning bajarilish) qoidalari yordamida
44


3.5-rasm. Logistik tizim moddiy oqinalarining harakatii sxemasi.
o rnatiladi, ya’ni bu qoidalar ishlar bajarilishining u yoki bu 
birmchiligini belgilaydi.
Moddiy oqimlarni boshqarish amaliyotida quyidagi birinchilik 
qoidalari qo'llaniladi:
• FIFO (Fist In, Fist Out): «birinchi keldi, birinchi ketdi», 
ya’ni tizimga birinchi boMib tushgan buyurtmaga eng katta 
e’tibor qaratiladi.
• LIFO (Last In, Fist Out): «oxirgi keldi — birinchi ketdi», 
ya’ni eng katta e’tibor oxirgi kelib tushgan buyurtmaga 
qaratiladi. Bu qoida omborlashtirish tizimida tez-tez qoMla­
niladi, chunki om borda m ateriallar shunday tahlangan 
boMishi mumkinki, ularni faqat yuqoridan olish imkoni 
mavjud boMadi.
45


• SPT (Short Process Time): «eng qisqa jarayon qoidasi» 
berilgan bo'g'inda eng qisqa davomiyligiga ega b o ig an
buyurtma birinchi bo‘Hb bajariladi.
Ko'rsatilgan qoidalar kutish vaqtini va buyurtma bajarilish 
siklining o‘rtacha davomiyligini qisqartirish imkonini beradi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning maqsadi yetkazib berishning 
o'rnatilgan muddatlarini ta’minlash zarur boigan hollarda buyurt­
malar bajarilish vaqti haqidagi ma’lumotlami hisobga oladigan 
boshqaruv qoidalari qollaniladi:
• MST (Minimal Stock Time): «minimal vaqt zaxirasi», eng 
kam vaqt zaxirasiga ega boigan buyurtmaga eng katta e ’tibor 
qaratiladi. Vaqt zaxirasi — buyurtmaning bajarilish muddat- 
lari bilan jarayonlar orasidagi to ‘xtashlar mavjud bolm agan 
holatda, buyurtma bajarilishi mumkin boigan muddatlar 
orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
• EDD (Early Deadline Date): «bajarilishning eng qisqa 
muddati», ya’ni eng qisqa bajarilish muddatiga ega boigan 
buyurtma birinchi b o lib bajariladi.
Materiallar oqimini tashkil etish imkonini beruvchi texnik 
vositalar yiglndisi va unga nisbatan omborlaming va ishlab chi­
qarish uchastkalarining joylashuvi moddiy oqimlarning haraka­
tini tashkil etish shakllarini hosil qiladi.
Amaliyotda materiallar harakatini tashkil etishning uchta shakli 
qollaniladi:
• yig‘uvchi;
• transport — yig‘uvchi;
• nul zaxira.
Tashkil etishning yig‘uvchi shakli: logistik tizimlarning me’yorli 
ishlashi uchun ularning tarkibida omborlaming kompleksi ko'zda 
tutilishi bilan xarakterlanadi. Bularga metall va yarimtayyor 
mahsulotlar omborlari; detallar, boglovchi va yig‘uvchi qismlaming 
uchastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot omborlari; texnik 
ta’minot omborlari taalluqli boladi. Material metall va yarimtayyor 
mahsulot omborxonasidan oraliq omborlari orqali ishlab chiqarish 
uchastkalariga harakatlanadi va oxir-oqibatda tayyor mahsulot 
omborxonasiga kelib tushadi.
46


Moddiy oqimlar harakatini tashkil etish bu shaklining afzalligi 
tizimga kirish va chiqishda materiallarni katta hajmda yig‘ish 
inikonining mavjudligi, bu esa bir tarafdan, zarur detallar, yarim- 
tayyor mahsulotlar, yig‘uvchi qismlarning ishlab chiqarishga vaqti­
da yetkazib berilishini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan mahsulot 
iste’molchilari muhim buyurtmalarining bajarilishini kafolatlaydi. 
Materiallar harakatini yig‘uvchi shaklining asosiy kamchiligi, bu 
transport yo‘nalishlarining tarmoqlashganligi va omborlaming 
ko‘pligi natijasida moddiy oqimlar harakatini boshqarish va zaxi­
ralar ustidan nazoratning qiyinlashuvidir. Bundan tashqari mab- 
laglam i materiallarga immobillashtirish va omborlar tizimini tash­
kil etish uchun kapital quyilmalar zarurligi bilan asoslanadigan 
xarajatlar oshadi.
Tashkil etishning «transport — yig'uvchi» shakli aralash 
«transport — ombor» tizimining (TOT) mavjudligini nazarda tutadi, 
bu tizim m a’lum ish joylar (uchastkalar) sonini, har bir ish joyini 
(uchastkani) boshqasi bilan axborot va moddiy oqimlar orqaii 
aloqalar o'rnatish yo‘li bilan birlashtiriladi. Bunda mexanik qayta 
ishlash (yig‘ish), nazorat, ishlab chiqarishni tayyorlash, material- 
larni omborga joylashtirish va nazorat qilish jarayonlari TOT 
yordamida ishlab chiqarishning bitta umumiy jarayoniga birlash­
tiriladi. Moddiy oqim harakatini boshqarish quyidagi sxema orqaii 
amalga oshiriladi: zarur yarimtayyor mahsulotni ombordan qidirish
— ish joyiga tashish - qayta ishlash - detalni omborga qaytarish. 
M ateriallar markaziy om borda yoki demarkazlashgan holda 
uchastkalarda yig'iladi. Birinchi holatda, ombor bir qancha ishlab 
chiqarish bo‘linmalariga xizmat qiladi va detalni qayta ishlashning 
boshlanishi bilan tugatilishi o‘rtasida zaxira yig‘uvchi sifatida 
qo‘llaniladi. Ikkinchi holatda, omborlar alohida uchastkalarda hosil 
qilinadi va detalni qayta ishlash va tashishda yuzaga keladigan 
vaqt yutqazishlami qoplash uchun xizmat qiladi. Ba’zi hollarda 
aralash TOT qo‘llaniladi, bunda ham markazlashgan ombor, ham 
ish uchastkalarida zaxira yig‘uvchilari mavjud bo‘ladi.
Moddiy oqimlarni tashkil etishning bu shaklining qulayliklari 
quyidagilardan iborat: TOTni tashkil etish hisobiga ish joylarida 
zaxira hajmining kamayishi; ishlab chiqarish siklining tashkil
47


etuvchilari o‘rtasidagi to'xtashlarni yo'qotish orqali ishlab chiqarish 
jarayonining davomiyligini qisqartirish; zaxiralar ustidan doimiy 
nazorat; m ateriallar harakatini boshqarishning yaxshi tashkil 
etilgan tizimining mavjudligi.
Karnehiliklar qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: «transport
— yig‘uvchi» shakl konstmktiv va texnologik bir xil detal guruhlari 
uchun samarali, bu esa, birinchidan, uning qoMlanilish sohasini 
toraytiradi, ikkinchidan bir qator tayyorgarlik ishlarini oMkazish 
zaruriyatini tug‘diradi; bu shakl ishlab chiqarishni boshqarishning 
avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishga katta miqdordagi quyil- 
malarni talab etadi.
Nul zaxirani tashkil etish shakli avtonom holda o ‘z-o‘zini 
boshqaruvchi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari asosida nazorat qilishning 
birlashgan konturlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Konturning 
markazi boMib alohida uchastkalarni bir-biri bilan bogMovchi 
buferlari, ombor hisoblanadi.
Uchastkalarning har biri boshqasi bilan mos yig'uvchi orqali 
amalga oshiriladigan axborot va moddiy oqimlarni boshqarish yoMi 
bilan aloqador boMishi mumkin (3.6-rasm).
Nazorat qilishning birlashgan shaklining asosiy xususiyati 
bo‘lib butun texnik zanjir bo'ylab gorizontal aloqalarning shaklla- 
nishi hisoblanadi, bu esa ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining mustaqil 
ravishda va to ‘g‘rid a n -to ‘g‘ri bir-biri bilan aloqador b o iish
imkonini beradi. Detallarni ishlab chiqarishga berilishi va ularning 
qayta ishlanishi olingan buyurtmaga mos holda, kichik partiyalar 
bilan amalga oshiriladi. Bir ishlab chiqarish moduli chegarasidagi 
operatsiyalar bajarilgandan so‘ng detallar omborga kelib tushadi 
va u yerda keyingi qayta ishlovchi uchastkadan buyurtm a 
olinmagancha qoladi.
Bu shaklning qulayligi moddiy oqimlarni boshqarishning tortib 
chiqaruvchi tizim ni qoMlash im konining mavjudligi, bu esa 
minimal m e’yoriy ishlab chiqarish zaxirasini ta ’minlab beradi. 
Lekin korxonalarim izda u ni qoMlash qiyin, chunki ishlab 
chiqarishni boshqarishning kompyuterlashtirilganlik darajasi past 
va zarur m ateriallar bilan ta ’minlovchi tizim ishlashi zarur 
darajaga yetmagan.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish