436
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
HUJJATLAR USTIDA ISHLASH
TARTIBOTI
Tashkilotga kelgan hujjat harakatda bo‘ladi, ko‘chma
m a’noda aytganda «yuradi». Bu harakat hujjat kelgan yoki
tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig‘majildga
yuborilishi yoki topshirilishigacha bo‘lgan jarayonni qamrab
oladi.
Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin:
1. Olinma hujjatlar - boshqa tashkilotlardan keladigan
hujjatlar.
2. Jo ‘natma hujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladi-
gan hujjatlar.
3. Ichki hujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv
jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar.
Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o‘tadi:
- qabul qilish;
- dastlabki ко‘rib chiqish;
- qayd etish;
- rahbar tomonidan ko‘rib chiqish;
- ijro uchun topshirish.
Hujjatlami qabul qilish va dastlabki ishlash markaz-
lashtirilgan holda ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘linma, de-
vonxona yoki kotib1 tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlar solingan xatjild yoki paket olinar ekan, ular
huquqiy jihatdan qanchalik to‘g ‘ri rasmiylashtirilganligi,
ularga ilovalar bor-yo‘qligi (bus-butunligi) tekshirib ko‘riladi,
so‘ng ochiladi. Hujjatlar yetishmasligi yoki yaroqsizlanganli-
gi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan
biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilot
ga jo ‘natiladi. Jo‘natilayotganda, qaytarilish sababi ko‘rsati-
lib, ilova xat yoziladi. Adashib jo ‘natilgan hujjatlar, hujjatga
birga kelgan xatjildni ilova qilgan holda, belgilangan joyiga
1 Bundan keyingi o ‘rinlarda bular qaytarilmay, «devonxona» deyiladi.
437
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
yangi xatjildlarda j o ‘natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi.
Kelib tushgan hujjatlar, xatjildlari jo ‘natuvchining manzilini,
hujjatning jo ‘natilgan va olingan vaqtini faqat xatjild b o ‘yicha
aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda, y o ‘q qilinmaydi. «Shax
siy» ustxati bo‘lgan yoki jam oat tashkilotlari nomiga y o ‘llan-
gan hujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi.
Hujjatlar devonxonada dastlabki k o ‘ruvdan o ‘tkazilayot-
ganda, bevosita tashkilot rahbari k o ‘radigan hujjatlar alohida
ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot faoliyatining asosiy
masalalari bo‘yicha axborotlar mavjud b o ‘lgan va rahbariyat
qarorini talab etuvchi hujjatlar, xususan, 0 ‘zbekiston R es
publikasi Prezidenti A dm inistratsiyasi, 0 ‘zbekiston Respub
likasi Vazirlar M ahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan
hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o ‘rinbosarlariga ular
o ‘rtasida vazifalam ing taqsim lanishiga muvofiq y o ‘llana-
di. Kundalik tezkor m a’lum otlami o ‘z ichiga olgan, tayin
bo‘linmaga yoki mansabdor shaxsga y o ‘naltirilgan hujjatlar
rahbariyatga ko‘rsatilmasdan o ‘tkazilishi ham mumkin. Bu
rahbam i boshqa m as’ul ijrochilar ham hal qilishi mum kin
b o ‘lgan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish im koniyatini
beradi.
Hujjatlami dastlabki k o ‘rib chiqish va ijro etuvchilarga
berish ulaming kelib tushgan kunida yoki, ish payti b o‘lma-
gan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amalga oshi-
rilishi kerak. Bir necha tarkibiy b o‘linmalar tomonidan ijro
etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o ‘zi-
da nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisida
birinchi ko‘rsatilgan ijrochiga beriladi. Hujjatlami ko‘payti-
rish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs to
monidan belgilanadi.
Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarura
ti tug‘Uganda, tashkilot rahbari ko‘rib chiqqungacha, uning
mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va
438
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar, olingandan so ‘ng
bir soat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |