O ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O z b e k tili, adabiyoti va folklori instituti va
QozogMston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi
A.Boytursunov nomidagi Tilshunoslik instituti o‘rtasida
ilmiy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan
MEMORANDUM
0 ‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ilm-fan hamkorligini
yanada rivojlantirish maqsadida 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori
instituti va Tilshunoslik instituti quyidagilar haqida o‘zaro kelish-
dilar:
1-modda. Tilshunoslik sohasida har ikkala tomon manfaatdor
bo‘lgan dolzarb masalalalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
olib borilishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik o‘matish.
2-modda. Ilmiy dastur, loyihalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqot-
lami amalga oshirish, zarurat tug‘ilganda, muvaqqat ijodiy jamoa-
lar tuzish.
399
Xizmat yozishmalari
3-modda. Tilshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqa
ro ilmiy kongress, anjuman, simpozium, seminar, uchrashuvlar
o‘tkazish.
4-modda. Tilshunoslik bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan il
miy tadqiqotlar natijalarini nashr etish.
5-modda. Monografiya, ilmiy to‘plam, ilmiy maqola va bosh
qa ilmiy-tadqiqot qo‘lyozmalariga har ikki tomon mutaxassislari
tomonidan taqriz berish amaliyotini joriy etish.
6-modda. Manfaatdor tomonlar tarafidan muntazam ravishda
ilmiy adabiyotlar almashinuvini tashkil etish.
7-modda. Tilshunoslik materiallarini to‘plash maqsadida
qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalar, xizmat safarlarini tashkil etish.
8-modda. Malaka oshirish, doktoranturada ta’lim olish, il
miy va boshqa kengashlar faoliyatida ishtirok etish orqali ilmiy
kadrlami tayyorlashga ko‘maklashish.
9-modda. Ushbu Memorandum tomonlaming har bir holatda
alohida hal qilinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy majburiyatlarini
nazarda tutmaydi.
10-modda. Ushbu Memorandumning amal qilish mudda
ti besh yil, agar tomonlardan biri Memorandumni bekor qilish
to‘g‘risida Memorandum tugashidan olti oy oldin xabar qilma-
sa, keyingi 5 yil mobaynida amal qiladi va uzaytiriladi. Zarurat
bo‘lganda, tomonlar o‘zaro kelishuv bo‘yicha ushbu Memoran
dumning matnini o‘zgartiradilar.
11-modda. Moliyaviy holatlar yuzaga kelganda, tomonlar
bunday holat shartlari yuzasidan yozma ravishda kelishib olishadi.
12-modda. Ushbu Memorandum manfaatdor tomonlaming
vakillari imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
Memorandum o‘zbek va qozoq tillarida to‘rt nusxada tuzildi
va to‘rtala nusxa ham teng huquqqa ega.
Rekvizitlar
A.Boytursunov nomidagi
Tilshunoslik instituti
0 ‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti
Manzil: 050010.
Manzil: 100060
Qurmong‘ozi ko‘chasi
29- uy. Olmaota shahri
Tel.: +7-727-272-69-61
Shahrisabz torko‘chasi
5-uy. Toshkent shahri.
Tel.: +99871-233-36-50
400
Xizmat yozishmalari
Faks: 8-727-272-55-47
E-mail: info@tbi.kz
Direktor:________
Erden Zadauli Qajibek
2018-yil 2-oktyabr
E-mail: uztafi@academy.uz
Direktor:________
Nizomiddin Mamadaliyevich
Mahmudov
2018-yil 2-oktyabr
Faks:+99871-233-71-44
Do'stlaringiz bilan baham: |