Tarjimayi hoi namunasi
Ilova
T A RJIM A YI HOL
Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda
Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug'ildim. Otam - Salimov
Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universitetida o‘qituvchi, onam - Rahimova Gulnora Azimovna
122-bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
1987-yildan 1997-yilgacha Toshkent shahridagi 1-o‘rta mak-
tabda o‘qidim. 1997-yilda Toshkent texnika universitetining quri-
lish fakultetiga o‘qishga kirdim. 1998 - 2000-yillarda armiya
safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettirdim
va 2004-yilda shu universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib,
quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Yo‘llanma bi
lan Toshkentdagi 166-qurilish trestining 94-mexanizatsiyalash-
gan ko‘chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis
lavozimida, 2009-yildan buyon bosh muhandis lavozimida ish-
layapman.
2011-yilda rejadagi topshiriqlami muvaffaqiyatli bajarganim
va erishilgan natijalar uchun Respublika Qurilish vazirligining
faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qamashaman, jumladan,
166-qurilish tresti kasaba qo‘mitasining a’zosiman.
2001-yildan XDP a’zosiman.
Uylanganman. Xotinim Rasulova Muhabbat, 1982-yil-
da tug‘ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi.
0 ‘g‘lim - Salimov Nodir, 1996-yilda tug‘ilgan, 0 ‘zMU talabasi.
308
Tarjimai hoi
Qizim - Salimova Lola, 2001-yilda tuglilgan, 261-maktabda
o‘qiydi.
Mening turaijoyim: 100210, Toshkent shahri, Shota Rustaveli
ko‘chasi 5-uy 27-xonadon. Tel.: 71 272-28-61.
(imzo)
K. Salimov
2020-yil 15-yanvar
309
Ma lumot-axborot hujjatlari
TILXAT
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror
narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qim matba
ho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat).
2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, fa
miliyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruv
chi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi (zarurat
b o ‘lganda muassasa nomi);
d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va
ulaming miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi);
e) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina,
apparatlar va sh.k. bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning
soni tilxatda raqamlar bilan к о ‘rsatiladi, qavs ichida esa
so‘zlar bilan ham berilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatda-
gi yozuvlami o ‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda,
bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
1-3-ilovalarda tilxat namunalari berildi.
310
Tilxat
Do'stlaringiz bilan baham: |