Hisobot shakli va mazmuni
1.
Ishning nomi va maqsadi.
2.
G„ildiraklarda uchraydigan tipik nosozliklar va ularni bartaraf etish
usullarini o‟rganish.
50
3.
Avtomobilning oldi va orqa osmalarining nosozliklari, kelib chiqish
sababi va bartaraf etish usullarining tahlili.
4.
Olingan ma‟lumotlar bo„yicha 10.3-jadval to„ldiriladi.
Nazorat uchun savollar
1.
G„ildirak shinalaridagi bosim qachon tekshiriladi?
2.
Shinadagi me‟yoriy havo bosimini qachon tekshirish kerak?
3.
«DAMAS» avtomobili 155R12 C shinalar o„rnatilgan oldingi
g„ildiraklarda havo bosimi necha kg
sm2 bo„lishi kerak?
4.
Shinaning aylanish yo„nalishini ko„rsatuvchi strelka qaysi
g„ildiraklarning aylanishi bilan mos tushishi kerak?
5.
Davriy TXK rejasiga binoan g„ildiraklar necha ming km yo„l
bosgandan so„ng muvozanatlashtiriladi?
6.
Shinadagi bosim me‟yoridan ortiq bo„lganda, shina protektorining
qaysi qismi ko„proq yeyiladi?
7.
Shinadagi havo bosimining me‟yordan ancha pastligi qanday
oqibatlarga olib keladi?
8.
G„ildirakni muvozanatlashning qaysi turi avtomobilning o„zida
bajarish mumkin?
11-laboratoriya ishi
Akkumulyator batareyasining texnik holatini aniqlash va TXK,
nosozlikni bartaraf etish va rostlash texnologiyasini o‘rganish
Ishdan maqsad.
O„quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash,
chuqurlashtirish, akkumulyator batareyasining texnik holatini aniqlash va
TXK ko„nikmalarni shakllantirish.
Ishni bajarishga yo‘riqlar
. Akkumulyator batareyalariga 1-TXKda
chang va iflosliklardan tozalanadi. Batareyaning sirtida elektrolit bo„lsa
quruq latta yoki 10 % li kalsiyli soda eritmasi yoki nashatir spirtini lattaga
shimdirilib artiladi. Batareyani va simlar bilan ulanish joylarining
mahkamlanganligi tekshiriladi. Agar ulanish joylarida oksidlanish sodir
bo„lsa, ularni yaxshilab tozalanib, so„ngra texnik vazelin surtib, joyiga
mahkamlab qo„yiladi.
51
Akkumulyator batareyasidagi elektrolit sathi tekshiriladi. Agar
akkumulyatordagi elektrlit sathi me‟yoridan kamaygan bo„lsa, distillangan
suv quyib, me‟yoriga yetkaziladi. Sovuq kunlarda suv muzlab qolmasligi
uchun, dvigatelning o„t oldirishdan oldin quyiladi. Bunda suv bilan
elektrolit tez aralashib ketadi.
Elektrolit sathining tez tushib ketishi, generatorning yuqori kuchlanish
berishi hisobiga akkumulyatorning keragidan ortiqcha to„yinishida
elektrolitni batareya sirtiga chiqarib yuboradi. Bunday holda generatorning
sozligi tekshiriladi va rostlanadi.
Batareyaga 2-TXK da, yuqorida keltirilgan ishlarni bajarish bilan
birgalikda, qo„shimcha akkumulyatorning to„yinganlik darajasini,
elektrolit zichligi va yuklanish ostida bo„lganida akkumulyatorning
kuchlanishi o„lchanadi. Elektrolitning zichligi densimetr (areometr),
kuchlanishni esa yuklanish vilka (ayri) si yordamida o„lchanadi.
11.1-jadval
MATIZ avtomobili akkumulyator batareyasining texnik tavsifi
№
Turi
Qo„rg„oshin – kislotali, xizmat ko„rsatishni
talab etmaydi
1
Belgilanishi
RT 28-20 BL
2
Kuchlanishi
12 V
3
Sig„imi
28 (35) amper soat
Akkumulyatorni ishonchli va uzoq muddat ishlashida elektrolitning
tozaligi katta ahamiyatga ega. Shu sababdan elektrolit tayyorlashga katta
e‟tibor berish kerak.
Elektrolit tayyorlash uchun sulfat kislota va distillangan suv ishlatiladi.
Elektrolit tayyorlashda ebonit, farfor idishlardan foydalaniladi. Elektrolit
tayyorlashda albatta himoya ko„z oynak, rezina etik va qo„lqop hamda
fartuklardan foydalanish kerak.
Elektrolit tayyorlash uchun farfor idishga avval distillangan suv quyib,
so„ngra sulfat kislotani ingichka oqimda qo„yilayotganda, toza shisha
tayoqcha bilan aralashtirib turiladi.
Teskari tartibda elektrolit tayyorlash mumkin emas, chunki bunda
idishdan elektrolit otilib chiqib, inson a‟zosini kuyishiga olib kelishi
mumkin.
52
11.2-jadval
To„yingan akkumulyatorga quyilgan elektrolitning zichligi turli iqlim
sharoitlariga mo„ljallanganligini aniqlash jadvali
Iqlim sharoitlari,
yanvar oyida,
C
Yil fasli
Elektrolit zichligi
(g
sm3), 15
C haroratda
Juda sovuq (-50
-30)
Qishda
Yozda
1,30
1,270
Sovuq (-30
-15)
Yil mobaynida
1,290
Mo„tadil (-15
-4)
Yil mobaynida
1,270
Issiq (-15
Q 4)
Yil mobaynida
1,250
Issiq nam (Q 4
Q 6)
Yil mobaynida
1,23
Elektrolitning zichligini aniqlash uchun densimetr (areometr) dan
foydalaniladi, 11.1-rasm. Elektrolit zichligini o„lchash uchun rezina
so„rgich 1 ni siqib, naycha 4 ni elektrolitga botiriladi. So„ngra so„rgichni
ohista qo„yib yuborib, pipetka 2 ga elektrolit to„ldiriladi. Bunda densimetr
3 suyuqlikda qalqib chiqadi. Densimetrning shkalasi, elektrolit sathi bilan
mos kelgan joyida, elektrolitning zichligi aniqlanadi.
11.1-rasm. Pipetka (grusha) li densimetr:
1-rezina so„rgich; 2-pipetka; 3-densimetr; 4-naycha
53
Har bir akkumulyatorning yuklanishdagi kuchlanishi yuklanish vilkasi
yordamida o„lchanadi, 11.2-rasm.
11.2-rasm. AE-2 yuklanish vilkasi.
1 va 8 rezistorlar; 2 va 11 – oyoqchalar; 3 va 9 -qisqichlar;
4 va 10-kontakt gaykalari; 5-voltmetr; 6-dastak; 7-g„ilof
AE-2 yuklanish vilkasi sig„imi 40-135 A. soat bo„lgan akkumulyator
batareyalarining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |