31
II. BOB. TA’LIM JARAYONIDA NOMSHUNOSLIK
II.1. Oliy Ta’lim sohasida nomshunoslikning o‘rganilishi
Onomastika –
yunoncha
onomastike
– so‘zidan olingan bo‘lib,
“nom
qo‘yish san’ati”
degan ma’noni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin ikki
ma’noda qo‘llaniladi:
1. Ma’lum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning
yig‘indisi.
2. Atoqli otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga
xos xususiyatlarini
o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi
18
.
XX asrning 60-70 yillarida o‘zbek tilshunosligida bir qator ilmiy
yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya,
morfonologiya,
frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati,
ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar.
O‘zbek onomastikasi ham o‘sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning
yangi sohalaridan biri sanaladi.
O‘zbek onomastikasi (nomshunosligi) o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan
boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O‘zbek
nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbek
onomastikasi sohasini
bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p
sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi
19
.
Shu sababli mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining gumanitar yo‘nalishlarida
nomshunoslikning o‘rganilishi bo‘yicha tanlama fanlarni o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi. Bu tanlama fan yoshlarga tilshunoslikda
va uning hozirda jadal
rivojlanayotgan sohasi nomshunoslik bo‘yicha qilinayotgan yangiliklar haqida
qimmatli fikrlarni berishga harakat qiladi.
“O‘zbek onomastikasi masalalari” tanlanma fanini o‘rganish uchun
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas
kuch” asarida bildirilgan quyidagi fikr-mulohazalar asosiy dasturilamal bo‘lib
xizmat qiladi: “Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari,
18
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 60.
19
Бу ҳақда қаранг: Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси. Библиографик кўрсаткич (Х1Х аср
охиридан – 2008 йилгача эълон қилинган ишлар олинган). – Наманган, 2008. – 168 б.
32
metro
va avtobus bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan
o‘zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko‘rib bularning barchasini odatiy bir hol
sifatida qabul qiladi. Vaholanki, yaqin tariximizda
bu manzara butunlay
boshqacha ko‘rinishga ega edi. Birgina Toshkent shahridagi ko‘chalarning
nomlarini o‘qib, beixtiyor qaysi mamlakatda yurganingizni bilmay qolar
edingiz:
Marks, Engels, Lunacharskiy, Kirov, Voroshilov, Lopatin
va hokazo.
Shunisi
ajablanarliki, bolsheviklar partiyasining dohiylari bo‘lmish bu
insonlarning birortasi ham umrida yurtimizga qadam qo‘ymagan, bizning
tariximiz va qadriyatlarimizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan kimsalar edi. Yoki
shahardagi aksariyat turarjoy mavzelari
“S-1”, “S-2”, “S-15”
degan, odamda
hech qanday his-tuyg‘u, xotira uyg‘otmaydigan
mavhum nomlar bilan atab
kelinganini eslaylik.
Bularning barchasi zamirida odamzotni tarixiy xotira, vatan tuyg‘usidan
judo qilishga qaratilgan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushunish
qiyin emas.
Holbuki, ajdodlarimiz o‘zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar,
xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e’tibor bergan.
Misol uchun,
Toshkentning o‘n ikki darvozasiga berilgan chuqur ma’noli, go‘zal nomlarni
olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: