Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet584/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 


767 
Xulosalar 
 
1.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. 
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va 
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, 
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo 
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo 
aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
2.
Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital 
eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo‘yilmalar 
kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi 
mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan 
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning 
mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning 
keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki 
dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
3.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning 
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport 
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning 
o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi 
mumkin bo‘lgan qismi.
4.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. 
Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida 
bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga 
to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat 
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar. Har 


768 
qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki 
tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va 
kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi. 
6.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga 
ishonchsizligi to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy 
valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka 
qaratilgan talabni rag‘batlantiradi. 
7.
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga 
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va 
subsidiyalar oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat 
qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari 
deb ataladi. U pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga 
keladi. 
8.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta 
kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi. 
9.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish 
layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) 
nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash 
uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab 
qilinadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish