SMM atamalari lug'ati
B2B - (
business
to business
) bu tushuncha kompaniyaning korporativ
mijozlar bilan yuritadigan ishini anglatadi.
B2C - (business to Consumer) bu yerda sxemada natijadagi iste'molchi
xaridor vazifasini bajaradi.
ER - (Engagement Rate) auditoriyani jalb qilish darajasi.
KPI - (Key Performance Indicator) mutaxassis tomonidan amalga
oshiriladigan ishning unumdorligi va samaradorligi ko'rsatkichi.
Opinion-yetakchi – ma'lum bir sohadagi fikr mutaxassisi va yetakchisi.
PR - (Public Relations)
jamoatchilik bilan aloqa, ommaviy axborot vositalari,
blogerlar bilan ishlash va kompaniyaning boshqa aloqalari.
SMM - (Social Media Marketing) ijtimoiy media marketingi,
ijtimoiy media
orqali brendni reklama qilish.
Ban qilish - Kimnidir bloklash.
Bio - Instagram profili tavsifi.
Virusli kontent - Ko'plab repostlarni va auditoriya bilan o'zaro harakatga
erishgan, bir zumda ommalashgan va ko’p muhokama qilinadigan kontent.
Geotargeting - ma'lum bir joyda target qilingan reklama o'rnatish.
Givevey- Ijtimoiy tarmoqlardagi sovg'alar tanlovi. Odatda birorta mahshur
yulduz yoki bloger tomonidan o’tkaziladi, kompaniyalar esa
ushbu tanlovga
homiylik qilishadi va homiylik natijasida oldindan belgilangan miqdordagi
obunachilarga ega bo’lishadi.
GIF - Animatsiya.
Daydjest - Ma'lumotlar, faktlar, yangiliklar sara to’plami.
Dedlayn – topshiriqni bajarib taqdim etish uchun belgilangan oxirgi muddat.
Dayrekt – Instagramda muloqot qilish xizmati.
Kaver – Facebookdagi sahifa avatarining ustidagi banner.
Klikbeyt – havolaga o'tish.
Klikbeyt nashri - foydalanuvchilarni havolaga o’tishga undovchi nashr.
Komyuniti-menejer - Sahifa obunachilari bilan muloqot qiluvchi menejer.
Konkursmen – barcha tanlovlarda qatnashuvchi soxta akkaunt. Sahifasida
tanlovlar haqidagi 3ta va undan ko’p nashr joylashtirilgan. Ba'zan kimligini
yashirishga urinadi va shaxsiy suratlarini ham joylashtirib boradi, shunga
qaramay, obunalari soni (1000 dan ortiq) va tanlovlardagi juda
yuqori faolligi
sababli uni aniqlab olish oson. Uni sizning brendingiz emas, balki sovg'alar
qizitiradi.
Kontent-reja – ijtimoiy tarmoqlarda o'rtacha 1 haftadan 1 oygacha bo'lgan
davrda chiqariladigan nashrlarning har bir sana uchun belgilangan rejasi.
Dizayn konseptsiyasi - ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga tasviriy bezak berish
uchun tanlangan yagona uslub. Ko'pincha lenta, aktual
hikoyalar belgilari va
Facebook kaveri bitta konseptsiyada yaratiladi.
Kross-marketing – bu ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning umumiy
maqsad uchun olib borayotgan o’zaro faoliyati.
Lid – bo’lajak mijoz.
Longrid – ko’pincha ma’lumot taqdim etuvchi uzun matn.
Mem – yoshlarning biror vaziyat haqidagi hazili.
Nativ reklama – to’g’ridan-to’g’ri “sotib oling” ma’nosiga ega bo’lmagan,
kontentga organik ravishda kiritilgan, tabiiy shaklda taqdim etilgan reklama.
Sotishdan ko'ra ko'proq ma'lumot berish xususiyatiga ega.
Organika – Target qilingan reklama va boshqalardan
foydalanmagan holda
to’plangan obunachilarining qamrovi va qiziqishinining haqiqiy soni.
Qamrov - kontentning alohida ko'rilganligi.
Pleysment - reklama materiallarini joylashtirish uchun joylar (lenta, hikoyalar
va h.k.).
Ko’rgazmalar – reklamaning lenta/foydalanuvchi sahifasida necha marta
paydo bo'lishining soni.
Referens - bu misol, namuna.
Rubrikalar - ma'lum nashrlarni mavzular bo'yicha
birlashtiradigan va doimiy
ravishda chiqariladigan tematik bo’limlar.
Segment - bu bir yoki bir necha xil o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan
iste'molchilar guruhi. Mijozlarni yoshi, jinsi, yashash joyi,
qiziqishlari, faoliyat
yuritadigan sohasi va boshqalar bo'yicha segmentlarga ajratish mumkin.
Storitelling - bu matnni hikoya so’zlab berish shaklida taqdim etish.
Targeting - bu auditoriyani segmentlarga ajratish uchun mo’ljallangan
ko'rsatkichlar va vositalar to'plami. Shuningdek, bu so'z ko'pincha ijtimoiy
tarmoqlardagi reklamani ham anglatadi.
TV - texnik vazifa.
Trafik - Internet foydalanuvchilarining o'tishlari.
Fidbek – fikr
mulohazalar, muhokama.
Flud – guruh mavzusiga oid bo’lmagan suhbat/muloqot.
MA – maqsad qilingan auditoriya.