Gumanitar fanlar fakulteti O‘ta 20/5- guruh talabasi Jo’rayeva Shahlo Rahimjon qizining


so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana10.02.2023
Hajmi0,61 Mb.
#909860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil 
etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, 
tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur. 
 
Ko'makchi 
otlar 
qaratqich, 
jo'nalish, 
o'rin-payt, 
chiqish kelishiklari 
qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan: 
 
Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang 
turardi. (S.A.) Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mai.)
Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz 
oftobi ko'rindi. (P.Q.)
Ular ma'no jihatdan quyidagicha: 
 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa.
2. Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, 
ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur.
3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, xusus, 
yuza, 
 



 
Bog'lovchilar haqida ma'lumot 
So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan 
yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. 
Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan 
birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib 
kelmaydi. 
Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: 
1.
Yakka bog'lovchilar. 
2.
Takrorlanuvchi bog'lovchilar. 
Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, 
shuning uchun kabi. 
Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, 
ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi).
Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan 
ko'tarildimikan? (O.Yo.) 
Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil: 
1.
teng bog'lovchilar. 
2.
ergashtiruvchi bog'lovchilar.
3.
Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish 
asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: 
birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor 
bog'lovchisi. 


10 
Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va 
gaplarni bog'laydi. 
Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat tusiga 
kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi 
yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.) 
Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid 
qo'yilgan gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin 
unutmabdi. (O'. U.) 
-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Qzroq mizg'ib 
olmoqchi bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.) 
Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan 
takrorlangan holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-
gal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. 
Saltanat gohi g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.) 
Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor 
mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. 
(S.A.) 
Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun 
ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-
kim). 


11 
Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. 
Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov 
bog'lovchisi, sabab bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart 
va to'siqsizlik bog'lovchilari: 
Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov 
bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning 
biror bo'lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor 
chiqmadi. (A.Q.)
Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan 
qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun 
ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. 
(A. Q.) 
Maqsad bog'lovchisi: toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan 
qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi. 
Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni
narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni 
bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q 
bo'ldi-qoldi:(O.Yo.) 
Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda 
ham qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir 
temirchiga qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.)
Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar 
yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning 
yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi. 


12 
Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi. 
O‘zbek tili ta’limi bo‘yicha Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarida 
belgilangan mavzular mazmuniga “Mustahkam oila yili” davlat dasturi 
vazifalariga hamohang tushunchalarni singdirish, bu borada ommaviy 
axborot vositalari, internet materiallaridan o‘rinli va unumli foydalanish, 
o‘zbek tili ta’limiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha to‘plangan 
tajribalarni o‘rganish, tajriba-tadqiqot maydonlarida olib borilgan tajriba-
sinov ishlari natijalari, yutuq va kamchiliklar, fan olimpiadalari, bilimlar 
bellashuvi, fan oyliklarining ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli, 
aniqlangan kamchiliklar, o‘zbek tili darslarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish, elektron darsliklar bilan ishlash, 
yangilangan “O‘zbek tili” darsliklari bo‘yicha ishlashning yillik yakunlari, 
natijalari (5-sinf darsligi misolida) kabi masalalar yuzasidan ama-
liyotchilarning fikr-mulohazalari umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab 
chiqilishi, kelgusi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq. 
Barcha fanlarda bo‘lgani kabi o‘zbek tili ta’limida ham mashg‘ulotlarning 
sifat va samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida 
yaratilgan o‘quv-metodik adabiyotlarning ahamiyati katta. Shu maqsadda 
3-, 4-, 5-sinf «O‘zbek tili» darsliklari qayta ishlanib takomillashtirildi. 
2011-2012-o‘quv yilida o‘zbek tili fanidan 2-sinf uchun A.Rafiev rahbar-
ligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan «O‘zbek tili» darsligi 
tanlov 
asosida 
yangidan 
yaratildi. 
Mazkur darslikka kiritilgan quyidagi o‘zgarishlarni amaliyotchi o‘qi-


13 
tuvchilarga 
yetkazish 
tavsiya 
etiladi. 

ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan sinf o‘quvchilarini lotin yozuviga 
asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga o‘rgatish maqsadida 1-2 chorakda 
asosan harflarni yozish va o‘qishga o‘rgatish, bo‘g‘inlarni qo‘shib o‘qish 
va o‘rganilgan harflar ishtirokidagi so‘zlarni o‘zlashtirishga asosiy e’tibor 
qaratildi; 

3-chorakdan boshlab to‘g‘ri o‘qish va talaffuz qilish, so‘z birikmasi va 
qisqa jumlalarni tuzish, to‘g‘ri ko‘chirib yozish, ixcham matnlarni o‘qish 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish 
nazarda 
tutildi; 

yangilangan darslikda nutqiy mavzularning berilishida ketma-ketlik 
ta’minlandi, “Mening xonam”, “Hayvonot bog‘ida”, “Kim bo‘lsam ekan?” 
mavzulari 3-, 4-sinflarga o‘tkazilgani sababli o‘rniga “Hafta kunlari”, 
“Kitob”, “Qiziqarli harakatli o‘yinlar” mavzulari bo‘yicha materiallar 
kiritildi. 
Darslikning uslubiy qo‘llanmasi sifatida taqdim etilgan «O‘qituvchi kito-
bi»da darsni interfaol usullarda tashkil etishga oid ta’limiy o‘yinlar, so‘z 
boyligini oshirishga qaratilgan grammatik o‘yinlar orqali yozish va 
o‘qishni o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Darslarda samaradorlikka erishish 
uchun darslarning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadlari, ularning taqsimlanishi 
bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan, har bir mavzu bo‘yicha zamonaviy 
pedagogik texnologilardan foydalanishga qaratilgan dars ishlanmalari 
tavsiya 
etilgan. 


14 
2012-2013-o‘quv yilida 2-, 3-, 4-, 5-, 9-sinflarda A.Rafiev rahbarligidagi 
mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan, 6-, 7-sinflarda R.Tolipova 
rahbarligida, 8-sinfda H.Muhiddinova rahbarligida yaratilgan darsliklardan 
foydalanish 
tavsiya 
etiladi. 
Shuningdek, fan oyliklarini samarali tashkil etish, «Yilning eng yaxshi fan 
o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovi ishtirokchilarining hududlarda o‘z tajriba-
tayanch maktablarini yaratishlariga e’tibor qaratish, bundan keyingi 
faoliyatlari uchun aniq vazifalarni belgilab olishlari ham e’tibordan chetda 
qolmasligi 
kerak. 
Ya’ni: 

har bir amaliyotchi o‘z sohaviy bilimi va kasbiy mahoratini muntazam 
oshirib 
borishi; 

o‘zbek tili ta’limining xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’limning 
ilg‘or texnologiyalarini jarayonga tatbiq etish va o‘qitishning sifat-
samaradorligini 
oshirishga 
erishish; 

ustoz-shogird 
an’anasini 
rivojlantirish; 

o‘zaro tajriba almashish, ochiq darslarni tizimli tashkil etish, dars jarayo-
nida qo‘llaydigan usullarni amaliyotchilarga o‘rgatishi, maktab fan metod-
birlashmalari 
faoliyati 
samaradorligini 
oshirish; 

fan to‘garaklari faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar 
belgilash 
va 
h.k. 


15 
Dars murakkab jarayon bo‘lib, uning samaradorligi o‘quvchilarning 
faolligiga ham bog‘liq. O‘quvchilarni faollashtirish uchun esa pedagogik 
texnologiyalarning ilg‘or usullaridan o‘yin, bahs, suhbat, viktorina, 
musobaqa, sayohat, seminar, konferensiya, davra suhbati, rolli o‘yinlarini 
qo‘llash, kitob bilan ishlash va amaliy mashqlarga ko‘proq vaqt ajratish 
lozim. Bunda o‘quvchilarga bir-birlarining fikrini to‘ldirishga imkoniyat 
berish, o‘quvchi fikrini bilishga harakat qilish, mashg‘ulotlarni o‘quv-
chilarning imloviy va punktuatsion malakalarini puxta shakllantirishga 
yo‘naltirilish, matn bilan ishlash, shu asosda mustaqil matn tuzdirish
mashqlarga 
ko‘proq 
e’tibor 
qaratish 
kerak 
bo‘ladi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv maqsadini aniqlash va ta’lim 
jarayonini 
loyihalashda 
quyidagilar 
ko‘zda 
tutiladi: 
1. 
o‘quvchining 
faolligini 
oshirish, 
hamkorlikka 
chorlash; 
2. o‘quv materiallarini mustaqil mutolaa qilish ko‘nikma va malakasini 
shakllantirish; 
3. o‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga 
odatlantirish. 
Shuningdek, o‘zbek tili darslarida audiomatnlardan foydalanish ham ijobiy 
natija beradi. Audiomatnlarni tinglash rusiyzabon o‘quvchilarda ifodali 
o‘qish va so‘zlash madaniyatini shakllantiradi. Ular og‘zaki nutq 
qoidalariga amal qilish, dialogik va monologik nutqdan foydalanish, 
urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash kabi malakalarni egallab boradilar. Shu bois 


16 
yozib olingan audiomatnlar grammatik jihatdan ham, badiiy va mavzuni 
qamrab olish jihatidan ham, tarbiyaviy tomondan ham yuksak saviyada 
bo‘lishi, matnlarni o‘qishga eng yaxshi talaffuz va ovozga ega 
mutaxassislar jalb qilinishi yaxshi samara beradi, bu o‘quvchida katta 
qiziqish 
va 
emotsional 
zavq 
uyg‘otadi. 
O‘quvchilarning faolligini oshirishning muhim omillaridan yana biri 
mavzuga mos keladigan videolavhalarni tanlay bilishdir. Videolavhalar 
darslik materialiga to‘la muvofiq kelishi lozim. Ularning qulaylik tomoni 
shundaki, nutq o‘stirishda, matn tuzishda namoyish etilayotgan material 
yuzasidan 
o‘quvchilarda 
keng 
tushunchalar 
hosil 
qiladi. 
Til o‘rgatishda yana elektron darsliklardan foydalanishning ham o‘ziga xos 
xususiyatlariga alohida e’tibor berish lozim. Ta’lim boshqa tillarda olib 
boriladigan maktablarning 8-sinflari uchun “Info Media Technologies”, 9-
sinf uchun “Extremum press nashriyoti tomonidan “O‘zbek tili” elektron 
darsliklari yaratilgan. Elektron darsliklarning tarkibi quyidagicha: 
1. 
Nazariya: 
(darslik 
mazmuni). 
2. 
Test 
va 
mashqlar. 
3. Ko‘rgazmali materiallar: video, animatsiya, didaktik materiallar, 
fotorasmlar. 
4. Optimallashgan mavzular: darslardan namunalar, grammatik qoidalar, 
testlar. 


17 
5. To‘ldiruvchi materiallar: fonoteka, interaktiv topshiriqlar, dialog, 
kutubxona, 
lug‘at. 
Darsliklardagi 22ta nutqiy mavzulardan “Ona yurt manzaralari”, 
“O‘zbekiston sporti”, “Vatan himoyasi”, “Buyuk ajdodlarimiz”, 
“O‘lkamizga Navro‘z keldi”, “Yurtim manzaralari”, shuningdek, 
darslikdagi “Buyuk ipak yo‘li”, “Oltin kuz”, “Ali Qushchi”, “O‘zbek 
polvonim” matnlari bo‘yicha hamda qo‘shimcha “Fasllar”, “O‘tgan 
kunlar” 
mavzulari 
asosida 
videofilmlar 
kiritilgan. 
Animatsiyada: darslikdagi

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish