PDP University tomonidan o‘tkazilayotgan “Matematika fanidan
Respublika fan olimpiadasi”ning o‘tkazilish tartibi, qatnashish
shartlari hamda ommaviy oferta
1. O‘TKAZILISH TARTIBI VA SHARTLARI
1.1.
Olimpiada 2 (ikki) bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich: saralash. 2-bosqich: asosiy.
1.2.
Olimpiadaning birinchi, ya’ni saralash bosqichi online tarzda PDP olimpiadasi
saytda bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichida ishtirok etish uchun nomzodlar shu yilning
(2023) 12-yanvaridan 1-fevraliga qadar ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi
lozim. 1-fevral kuni saralash bosqichiga start beriladi va 5-fevralga qadar davom
etadi. Ishtirokchilar mana shu 5 kun ichida saralash bosqichida qatnashishga
ulgurishlari kerak.
1.3
. Olimpiadaning ikkinchi, ya’ni asosiy bosqichi offline tarzda PDP University
binosida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda yuqori ball to‘plagan qatnashchilar 3 ta liga:
Silver, Gold, Platinum ligalariga taqsimlangan holda olimpiadada ishtirok etishadi.
1.4.
Ligalar kesimida olimpiadaning o‘tkazilishi. Silver ligasi: 12-fevralda, Gold ligasi:
19-fevralda va Platinum ligasi: 26-fevralda bo‘lib o‘tadi.
1.5.
Taqdirlash marosimi: 28-fevralda PDP University binosida bo‘lib o‘tadi.
2. TOMONLARNING MAJBURIYATI VA JAVOBGARLIGI
2.1. Ishtirokchining majburiyatlari.
2.1.1.
Ishtirokchi olimpiada saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarini
(FIO, tug‘ilgan sana, yashash hududi, maktab yoki litsey, sinf yoki kursni) to‘g‘ri
kiritishi kerak va bunga o‘zi javobgardir.
2.1.2.
Olimpiadaning saralash bosqichi boshlangach, ishtirokchi belgilangan muddat
ichida (1-fevraldan 5-fevralga qadar) o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, unda online ishtirok
etishi kerak.
2.1.3.
Yuqori ball to‘plab, asosiy bosqichga o‘tgan ishtirokchi qaysi liga tarkibida
ekanliklariga qarab belgilangan kun va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan PDP
University binosiga yetib kelishi kerak.
2.1.4.
Asosiy bosqichda ishtirokchining yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan boshqa
hech qanday buyumlar bo‘lmasligi kerak: telefon va turli gadjetlar, kalkulyator,
shpargalka, kitob va hokazo narsalar.
2.1.5.
Asosiy bosqichda ishtirokchi belgilan vaqt ichida topshiriqlarni bajarib, uni
nazorat xodimlariga taqdim etishi kerak.
2.1.6.
Asosiy bosqichda g‘olib deb topilganlar va sovrinli o‘rin ishtirokchilari
belgilangan sana hamda soatda “Taqdirlash marosimi”da qatnashish uchun PDP
University binosiga yetib kelishlari kerak.
2.2. Tashkilotchining majburiyatlari.
2.2.1.
Olimpiadaning har ikkala bosqichini respublika miqyosida to‘g‘ri tashkil etish:
Saralash bosqichi uchun ko‘p foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan maxsus olimpiada
saytini yaratish, ushbu saytga olimpiada topshiriqlarini joylashtirish; Asosiy bosqich
offline tarzda o‘tkazilishi sabab, olimpiada o‘tkaziladigan binoni barcha sharoitlar
bilan ta’minlash.
2.2.2.
Olimpiada topshiriqlarini matematikidan kuchli bilim va tajribaga ega
professional mutaxassislar tomonidan to‘g‘ri, aniq va bexato tuzlishini hamda
maxfiyligini ta’minlash.
3. MAXFIYLIK SIYOSATI
3.1.
Tashkilotchi ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlaridan ishtirokchining o‘zi
uchun foydalanish huquqiga ega.
3.2.
Tashkilotchi ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlarini 3-shaxsga taqdim
etilmasligini kafolatlaydi.
3.3.
Ushbu olimpiadada maktab va litseyni bitirganlar, talabalar, o‘qituvchilar
shuningdek, matematikidan xalqaro va mahalliy olimpiada g‘oliblari hamda
sovrindorlari ishtirok eta olmaydi.
3.4.
Agar yuqoridagi bandda (3.3.) sanab o‘tilgan toifaga kiruvchilar bunga amal
qilmay, olimpiadada ishtirok etib g‘olib bo‘lishsa ham, ularga olimpiada g‘oliblari
uchun ajratilgan mukofot va grantlar berilmaydi!
4. QUYIDAGI HOLLARDA SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN ISHTIROKCHILAR
OLIMPIADANING ASOSIY BOSQICHIDAN CHETLATILADI
4.1.
Ishtirokchi olimpiada o‘tkaziladigan binoga kirishda mikrokalkulyator, jadval,
kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar,
shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan topshiriqlarni
bajarish davomida foydalansa.
4.2.
Bir shaxs boshqa shaxs o‘rniga kirishga urinsa.
4.2.
Olimpiada materiallarini boshqa ishtirokchilarga uzatsa yoki ularga yordam
bersa.
4.3.
Olimpiada jarayonida ishtirokchilar bilan muloqotga kirishsa.
4.4.
Olimpiada materiallarini binodan tashqariga olib chiqishga urinsa.
4.5.
Olimpiada uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng olimpiada materiallarini
topshirishdan bosh tortsa.
4.6.
Olimpiada jarayonida videokuzatuvlar orqali ishtirokchining tartib va qoidalarga
amal qilmaganligi aniqlansa.
O‘tkazilish tartibi bilan tanishdim, qatnashish shartlariga roziman.
Do'stlaringiz bilan baham: |